Gap haqida umumiy ma'lumot
Download 219.89 Kb.
|
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.
So’roq gaplar.
So’zlovchiga noma’lum bo’lgan voqea-hodisa haqidahi so’roqni bildirgan gap so’roq gap deyiladi. Bunday gap o’ziga hos innovasiya bilan aytiladi. Masalan: Kel, ko’zim, nima ishing bor?. (O). So’roq gaplarda suhbatdoshni o’z fikrini anglatishga yoki ifodalanayotgan fikrga bo’lgan munosabatini bildirishga chaqiriladi. So’roq gaplar quyidagi vositalar yordami bilan tuziladi: 1. So’roq yuklamalari: - mi, - chi, a (ya), ba’zan-da, ku. Masalan: Nazira, shahar aylangani chiqamizmi? – Men imtihonga tayyorgarlik ko’rayapman. – Sen-chi? Demak, olg’a, g’arb tomonga ekan-da? – mi, - chi yuklamalari vositasida hosil bo’lgan so’roq gaplarda intonasiya kuchli bo’lmaydi. – da, - a,- ya,-ku yuklamalari yordamida tuzilgan so’roq gaplarda intonasiyaning roli katta bo’ladi. 2. So’roq olmoshlari-kim?, - nima?, - qanday?, - qanaqa?, -qaysi?, -necha?, nechanchi?, kabilar. Shaxs va narsalar haqida kim, nima, predmetining belgi qancha, necha, harakat-holatning bajarilishi yoki pretning bajarilishi yoki pretningmavjudlik o’rni, payti, holati, sababi maqsadini aniqlash uchun qaerda, qachon, qanday qilib, nechuk, nima uchun, nima sababdan, nima maqsadda kabi olmoshlar xizmat qiladi. Masalan: Uy vazifasini kim bajarmadi? G’ulom aka, o’sha vaqtlarda qancha xosil olar edingiz? (A.K.). Xey yigitlar, bugun nima uchun bunchalik sust ko’rinayapsiz? 3. Nahot, nahotki kabi yuklamalar yordamida: Nahotki bugun yomg’ir yog’sa? Bunday vositalar bilan hosil qilingan so’roq gaplarda taajjub, shubha ottenkalar ham ifodalanadi. 4. So’roq intonasiyasi katta rol o’ynaydi. Masalan: - Bugun dam olaman. - Bugun dam olaman? Ba’zan so’roq gaplarning kesimi sostavida – (a) grafikasi va kerak, shekilli, muncha, balki kabi so’zlar bo’ladi. Bu tip so’roq gaplarda intonasiya rol o’ynaydi. Masalan: Sizni qiziqtiradigan savollar border? Bu imorat otangizdan qolgan bo’lsa kerak? – deb so’radi. (Ask.M) Ilgari durust edi shekilli? (A.K) So’rash ma’nosi ta’kidlangan so’roq gaplarda grammatik vositalar birdan ortiq bo’lishi ham mumkin. Download 219.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling