Gap haqida umumiy ma'lumot


Download 219.89 Kb.
bet8/14
Sana18.06.2023
Hajmi219.89 Kb.
#1577789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.

Masalan: Kuz… acchiq shamol. (O).
2000 yil. Mart (Gazetadan).
Darak gap turlariga qaraganda ko’proq qo’llaniladi. Bu hol darak gapning ifodalanishi xilma-xilligidan kelib chiqadi. Xatto butun-butun matnlar darak gap harakterida bo’ladi.
Darak gap darak intonasiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko’tariladi. Ikkinchi qismida esa pasayadi.
Masalan: Biz butun mashg’ulotlarda aktiv ishtirok etamiz.
Darak gapning mazmun turlari.
Darak gaplar turli mazmunni ifodalaydi va uning har bir turning o’ziga hos intonasiyasi bor.
1. Darak-habar: Yo’li menga besh qo’ldek ravshan bo’ladi. (Yo.Sh.). Quyosh g’arbga botib, bulutlar etagini istayman. (X.O.).
2. Orzu-umid mazmuni ifodalangan darak gaplar sifatdoshning kelasi zamon formasi, - moqchi qo’shimchasi yordami bilan tuzilgan fellaprdan va mazmunan orzu-umidni anglatuvchi istamoq, orzu qilmoq, tilamoq kabi fe’llar bilan ifodalanadi.
3. Ishonch, taqdir, g’urur:
Nomingga munosib, huddi quyoshdek, abadiy yashaysan, Mustaqil O’zbekiston!
Qo’ldan berganga qush to’ymas, degan gapni bilasiz-ku!
O’qituvchilar ichida eng yaxshisi bizning o’qituvchimiz – deyishdi qizlar.
4. Sevinch: Ha, aytmoqchi, bu – Tursunoy-a!
Sevinch mazmuni ko’tarinki intonasiya bilan aytildi. Bu tur gaplarda ko’pincha ta’kid yuklamalari bo’lib, ular ma’noni yanada kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
5. Taajjub: Tavba, bunday ustomonni ko’rgan emasman. (O).
1. Gumon: Bu ishimizning kelajagi yo’q shekilli.
2. Achinish, tashvish, kinoya.
a) Juda ko’p g’am chekding, bolam.
b) Hozir ushlaydilar, qo’lga tushdim. (M.G.)
c) Ey Akramjon, nafasing muncha saraton! (Ya)
Darak gaplar odatda, xabar ma’nosini ifodalaganda, o’rtacha, tinchintonasiya bilan talaffuz etiladi. Ammo darak gaplar o’z mazmunidan tashqari, sevinch, g’azab, kinoya kabi ma’nolarni ifodalaganda ularning intonasiyasi ham shunga mos bo’ladi.

Download 219.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling