Gap haqida umumiy ma'lumot
Gapning shakliy va mazmuniy tuzilishi
Download 219.89 Kb.
|
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ho‘roz qichqirdi
- O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. vosita kelishiklaridagi ot yoki olmosh: Mehrimiz – senga; v) ko‘rsatish olmoshi: Maktab-shu.
- Biz hamma narsaning qadrini o‘zi yo‘qolganidan keyin bilamsiz. (O‘.H.) Siz bu yerga davolanish uchun kelgansiz. (O‘.H.)
- Donishmandlar to‘g‘ri aytgan
- Men talabaman. Men talaba.
- : Men ishchiman, xizmatchiman
1.2 Gapning shakliy va mazmuniy tuzilishi
Har bir gapda ma’lum ob’ektiv mazmun ma’lum moddiy vositalar – sintaktik shakllar vositasida ifodalanadi. Gapning ana shu moddiy ifodalanish tomoni uning sintaktik tuzilishi hisoblanadi. Sintaktik birlik hisoblangan gapning shakliy tuzilishi jihatidan quyidagicha bo‘linishi mumkin: 1) sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar; 2) sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar. Bularning birinchi guruhi an’anaviy gap bo‘laklari hisoblanadi. Gap bo‘laklari o‘z shakliy, mazmuniy tuzilishiga ega bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munosabat mavjud. Ana shu munosabat negizida gap bo‘laklarining darajalanishi namoyon bo‘ladi. Tobe aloqa tarkibida muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap bo‘lagi sanaladi. Gap bo‘lagi gapning boshqa bo‘laklari bilan o‘zaro grammatik bog‘langan, uzviy munosabatga kirishgan organiq qismdir. Gap bo‘lagi bilan gap orasidagi munosabat qism bilan butun orasidagi munosabatdek bo‘lib, dialektik xarakterga ega. Har qanday gap bo‘lagi shakliy jihatdan moddiy asos (morfologik shakl) va sintaktik vaziyat (sintaktik shakl) qarama-qarshiligi va birligidan iborat. Morfologik shakl sintaktik shaklning vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi. Morfologik shakl moddiy asos bo‘lsa, sintaksis shakl uning vazifasidir. Morfologik shakl ma’lum bir sintaktik shaklning ichki tomonini ko‘rsatadi. Sintaktik shakl birlashtiruvchilik, morfologik shakl esa farqlovchilik xususiyatga ega. Ya’ni ma’lum sintaktik shakl bir necha morfologik shakllarni birlashtirish asosida maydonga keladi. Gap bo‘lagi mazmuniy jihatdan ham bir necha unsurlardan tashkil topgan butunlikdir: u, bir tomondan, borliqdagi narsa va hodisalar, harakat-holatlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi, ikkinchi tomondan, gap tarkibida ishtirok etib, boshqa ma’noga munosabatda bo‘ladi. Sintaktik ma’no morfologik ma’nolar asosida vujudga keladi. Morfologik ma’no sintaktik ma’noning mundarijasini belgilaydi. Sintaktik ma’no esa jumla tarkibida boshqa sintaktik ma’no bilan munosabatda vujudga keladi. Sintaktik ma’no bilan morfologik ma’no o‘zaro bog‘liq, biri ikkinchisisiz yashay olmasa ham, lekin ular bir hodisaning ikki tomoni bo‘lganligidan har qaysisi butun ichida ma’lum mustaqillikka ega bo‘ladi. Sintaktik ma’no morfologik ma’noga nisbatan umumiylik (invariant) bo‘lsa, morfologik ma’no sintaktik ma’noga nisbatan xususiylik (variant) bo‘ladi. Gapning bo‘laklari gapni tashkil qilishgdagi, uning strukturasidagi rollariga qarab, ikki xil bo‘ladilar: bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklar. Gapning tuzilish asosini tashkil etgan gap bo‘laklari bosh bo‘laklar hisoblanadi. Gapning tuzilish asosini ega va kesim munosabati tashkil etadi. Gapdagi qolgan bo‘laklar odatda bu ikki bo‘lakdan biriga bog‘lanadi. Bu ikki bo‘lakka bog‘langan elementlar shu bo‘laklarga tobe bo‘ladi. Ikkinchi darajali bo‘laklarning vazifasi bosh bo‘laklarni aniqlash, ulardan anglashilgan fikrni to‘ldirib kelishdir. Ikkinchi darajali bo‘laklar egani, kesimni aniqlab keladi yoki bir ikkinchi darajali bo‘lak boshqasini aniqlab keladi. Shunda ham aniqlangan, ya’ni bosh bo‘lakning biriga bog‘lanadi. Ikkinchi darajali bo‘laklarga to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol kiradi. Gapning bosh bo‘lagidan biri bo‘lgan ega gapda kesim orqali ifodalayotgan belgi predmetini anglatuvchi bo‘lakdir. Ega fikr sub’ektini, nutq predmetini bildiradi. Bunda predmet keng ma’noda (narsa shaxs, voqea-hodisa, belgi, xususiyat, harakat, holat va boshqalar) tushuniladi. Ega kim? nima? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Ega gapda absolyut hokim bo‘lak sanaladi. U o‘z tarkibiga hokim bo‘lish bilan birga, kesim tarkibiga ham hokimlik qiladi. Bu nuqtai nazar gapning nominativ tomonini aks ettiradi. Bunga muvofiq, substantiv so‘zlardan ifodalangan ega fikr predmetini, absolyut aniqlanmish sanaluvchi gap bo‘lagini bildiradi. O‘zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni uyushtiruvchi va shakllantiruvchi markaziy bo‘lak kesimdir. Kesim gapning markaziy bo‘lagi bo‘lganligidan gapning butun tavsifigrammatik kategoriyalari: tasdiq-inkorlik, shaxs (personallik), zamon (temporallik), kommunikativ maqsad va hokazolar kesimga qarab belgilanadi. Kesim predikativ shakliga ega bo‘lganligi uchun, u gapda boshqa bo‘laklarga nisbatan emas, balki bavosita belgilanadi. Gapning yangi axborot tashuvchi qismi ham kesim sanaladi. Kesim shakliy jihatdan morfologik va sintaktik shakllardan tashkil topgan butunlikdir. Uning morfologik shakllari invariant shakl bo‘lgan sintaktik shaklning turli variantlari sifatida namoyon bo‘ladi. Kesim quyidagi morfologik shakllarda aks etadi: Fe’l shakllarida: Qor allaqachon erib ketgan, ammo hali bahor kirmagan. (O‘.H.) Bosh kelishikdagi ot shaklida: Siz yaxshi odamsiz. (O‘.H.) Vosita kelishikdagi ot shaklida: - Manavinisi sarig‘idan. (O‘.H.) Sifat shaklida: Ko‘pchilikning haqi yetim haqidan yomon. (Maqol) Ravish shaklida: Ish ko‘p, kun qisqa...(A.Q.) Olmosh shaklida: Biz tinchlikni istaymiz; yaxshi niyatli kishilarning ahdi-shu (Gazetadan). Son shaklida: Berishda sanog‘i-to‘qqiz, olishda sanog‘i o‘ttiz (Maqol). Undov shaklida: Orqada qolganlarning hayotiga voy! (U.) Modal shaklida: Halq orzusini amalga oshirishdan kattaroq baxt bormi? (O.) Bu morfologik shakllar kesim sintaktik shaklining paradigma a’zolari sanaladi va invariant shakl ana shunday paradigma a’zolarining biri orqali ro‘yobga chiqadi. Kesim morfologik shakliga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) bevosita kesim vaziyati uchun xoslangan morfologik shakllar – fe’l kesimlar; 2 ) bilvosita kesim vaziyatida keladigan morfologik shakllar – ot kesimlar. Fe’l va uning xoslangan shakllarining kesim sintaktik shaklli vaziyatida kelishi fe’l kesim sanaladi. Fe’l kesimning xarakterli belgisi shuki, bevosita kesimlik shakllarini olib, ega bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Masalan, Ho‘roz qichqirdi. Morfologik shakli fe’ldan boshqa shakllardan bo‘lgan kesim vaziyatidagi sintaktik shakl ot kesim sanaladi. Ot kesim ham shakl va ma’no birligidan tashkil topgan butunlikdir. Ot kesim morfologik va sintaktik shakl munosabatidan tashkil topgan shakliy butunlikdir. Ot kesim vaziyatidagi sintaktik shakl bir butun sifatida quyidagi morfologik shakllarni birlashtiradi: bosh kelishikdagi ot yoki olmosh: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. vosita kelishiklaridagi ot yoki olmosh: Mehrimiz – senga; v) ko‘rsatish olmoshi: Maktab-shu. g) sifat: Bu harakating yaxshi; d) ravish: Ish oz, gap ko‘p; y) son: Ikkita ikki-to‘rt. Ikki sostavli gaplarda ega va kesim moslashadi. Bu shaxs-son qo‘shimchalari fe’lning birgalik nisbati orqali ifodalanadi. Ega va kesim ham mantiqiy jihatdan, ham grammatik jihatdan moslashadi. I va II shaxsdagi fe’l kesimlar ega bilan ham shaxsda, ham sonda moslashadi. Masalan, Biz hamma narsaning qadrini o‘zi yo‘qolganidan keyin bilamsiz. (O‘.H.) Siz bu yerga davolanish uchun kelgansiz. (O‘.H.) Kesim ega bilan doimo shaxsda moslashadi. Lekin sonda doimo mos bo‘lavermaydi. Quyidagi holatlarda ega bilan kesim o‘rtasida qisman moslik mavjud bo‘ladi: ko‘plik shaklidagi ega vaziyatida shaxs biliruvchi ot morfologik shakli bo‘lganda kesim birlikda ham, ko‘plikda ham kela oladi: Donishmandlar to‘g‘ri aytgan. (O‘.H.) ko‘plik shaklidagi ega vaziyatida jonsiz predmetlarni, hayvon, parrandalarni bildiruvchi ot morfologik shakli bo‘lganda kesim doimo birlik shaklda qo‘llanadi: Itlar hurdi. Kesim ot kesim bo‘lganda: ega I va II shaxs olmoshlari bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs-sonda moslashadi. Lekin kesim tarkibidagi shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘llanmasligi ham mumkin. Masalan, Men talabaman. Men talaba. ega III shaxsning ko‘plik shaklida kelganda, kesim ko‘plik shaklida ham, birlik shaklida ham kelishi mumkin: Ular talabalar. Ular-talaba. Kesimlar tuzilishimga ko‘ra sodda va tarkibli kesimlarga bo‘linadi. Kesim vaziyatidagi sintetik-morfologik shakldan tashkil topgan sintaktik shakl sodda kesim sanaladi. Qanday sintetik-morfologik shakldan tashkil topganishiga ko‘ra sodda kesim ikki xil nom bilan yuritiladi: sodda ot kesim: Men ishchiman, xizmatchiman. (H..H.) sodda fe’l kesim: O‘rik gulladi. Download 219.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling