boshlangan deb hisoblaydilar. Vizantiya madaniyatining ilk bosqichlariga (III-VI asrlar) xos xususiyat shuki, unda hali o'z ta'sirini yo'qotmagan antik madaniyat bilan shakllanayotgan xristian madaniyati yonma-yon, bir-biriga aralashmagan holda yashaydi. Tabiiyki, agar yangi madaniyat va yangicha dunyoqarash mavqyeini mustahkamlashga, eskisi esa saqlab qolishga intilishi e'tiborga olinsa, bu holning o'zgarishsiz qolishi mumkin emas, ikkisi orasida keskin kurashlar kechishi muqarrar. Masalan, o'z davrining yirik notig'i - imperator Yulian (332-363) xristianlikning ashaddiy dushmani, antik madaniyat muhibi bo'lgan. Yulian antik madaniyat mavqyeini saqlab qolish uchun ham imperatorlik, ham ijodiy faoliyatidan foydalangan. Jumladan, u xristianlarni quvg'in qilgan, Gomer, Platon kabi qadimgi yunon mualliflarining asarlarini ilohiylashtirishga, shu yo'l bilan xristian cherkoviga muqobil majusiy cherkovini yaratishga intilgan . - boshlangan deb hisoblaydilar. Vizantiya madaniyatining ilk bosqichlariga (III-VI asrlar) xos xususiyat shuki, unda hali o'z ta'sirini yo'qotmagan antik madaniyat bilan shakllanayotgan xristian madaniyati yonma-yon, bir-biriga aralashmagan holda yashaydi. Tabiiyki, agar yangi madaniyat va yangicha dunyoqarash mavqyeini mustahkamlashga, eskisi esa saqlab qolishga intilishi e'tiborga olinsa, bu holning o'zgarishsiz qolishi mumkin emas, ikkisi orasida keskin kurashlar kechishi muqarrar. Masalan, o'z davrining yirik notig'i - imperator Yulian (332-363) xristianlikning ashaddiy dushmani, antik madaniyat muhibi bo'lgan. Yulian antik madaniyat mavqyeini saqlab qolish uchun ham imperatorlik, ham ijodiy faoliyatidan foydalangan. Jumladan, u xristianlarni quvg'in qilgan, Gomer, Platon kabi qadimgi yunon mualliflarining asarlarini ilohiylashtirishga, shu yo'l bilan xristian cherkoviga muqobil majusiy cherkovini yaratishga intilgan .
- Adabiy ijodda vizantiyaliklar yunon tilidan foydalandilar, ilk davrda ko'proq antik yunon adabiyoti an'analarini davom ettirdilar. Ayni paytda, endi bu adabiyotda qadimgi yahudiy adabiyotining ta'siri ham kuzatila boshlaydi, diniy janrlar
Do'stlaringiz bilan baham: |