G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar Reja: So'z boshi Antik davr adabiy tanqidiy tafakkuri O'rta asrlarda adabiy-estetik tafakkur Uyg'onish davri yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri XVII asr yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri


Download 88.43 Kb.
bet7/9
Sana31.01.2023
Hajmi88.43 Kb.
#1143184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ашуралиев И

Dionisiy-Areopagit o'rta asrlar simvolizmi nazariyasini ancha mufassal ishlab chiqdi. To'g'ri, uning ayni shu masalaga bag'ishlangan "Simvolik ilohiyot" nomli asari bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, uning bu boradagi qarashlari boshqa asarlarida ham ancha keng aks etgan. Bundan tashqari, "Simvolik ilohiyot"ning asosiy mazmuni uning asarlariga yozilgan sharhlar orqali ham ma'lum. Dionisiy-Areopagitga ko'ra, ramz(simvol)lar bir paytning o'zida ham haqiqatni ifoda etishga (xoslar uchun), ham uni yashirishga (xos bo'lmagan, duch kelgan kishilardan) xizmat qiladi. Ramzning asosiy vazifalaridan biri - informatsiya yetkazish, bu vazifa esa turli yo'sin va shakllarda amalga oshishi mumkin. Ya'ni, informatsiya bilvosita yoki bevosita yetkazilishi mumkin. Birinchi holda u belgi yoki obraz shaklida yetkaziladi. Belgi shaklida yetkazilgan informatsiya xoslargagina tushunarli bo'lsa, obraz shaklida yetkazilgan informatsiya shu madaniyatga mansub barcha kishilarga tushunarlidir. Areopagit liturgik obrazlar informatsiyani bevosita yetkazadi deb hisoblaydi, chunki liturgik obrazlar (cherkov marosimlari) ifodalaydigina emas, balki bevosita namoyon etadi. To'g'ri, Areopagit liturgik obrazlar masalasiga keng to'xtalmaydi, biroq vizantiyalik ilohiyotchilar uning fikrlarini rivojlantira borib, liturgiyani (diniy marosimni) ramziy qabul qilish tizimini ishlab chiqdilar.

  • Dionisiy-Areopagit o'rta asrlar simvolizmi nazariyasini ancha mufassal ishlab chiqdi. To'g'ri, uning ayni shu masalaga bag'ishlangan "Simvolik ilohiyot" nomli asari bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, uning bu boradagi qarashlari boshqa asarlarida ham ancha keng aks etgan. Bundan tashqari, "Simvolik ilohiyot"ning asosiy mazmuni uning asarlariga yozilgan sharhlar orqali ham ma'lum. Dionisiy-Areopagitga ko'ra, ramz(simvol)lar bir paytning o'zida ham haqiqatni ifoda etishga (xoslar uchun), ham uni yashirishga (xos bo'lmagan, duch kelgan kishilardan) xizmat qiladi. Ramzning asosiy vazifalaridan biri - informatsiya yetkazish, bu vazifa esa turli yo'sin va shakllarda amalga oshishi mumkin. Ya'ni, informatsiya bilvosita yoki bevosita yetkazilishi mumkin. Birinchi holda u belgi yoki obraz shaklida yetkaziladi. Belgi shaklida yetkazilgan informatsiya xoslargagina tushunarli bo'lsa, obraz shaklida yetkazilgan informatsiya shu madaniyatga mansub barcha kishilarga tushunarlidir. Areopagit liturgik obrazlar informatsiyani bevosita yetkazadi deb hisoblaydi, chunki liturgik obrazlar (cherkov marosimlari) ifodalaydigina emas, balki bevosita namoyon etadi. To'g'ri, Areopagit liturgik obrazlar masalasiga keng to'xtalmaydi, biroq vizantiyalik ilohiyotchilar uning fikrlarini rivojlantira borib, liturgiyani (diniy marosimni) ramziy qabul qilish tizimini ishlab chiqdilar.

Download 88.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling