G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar Reja: So'z boshi Antik davr adabiy tanqidiy tafakkuri O'rta asrlarda adabiy-estetik tafakkur Uyg'onish davri yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri XVII asr yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri


Download 88.43 Kb.
bet2/9
Sana31.01.2023
Hajmi88.43 Kb.
#1143184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ашуралиев И

Adabiyotning vazifalari, uning insonga ta'siri masalalariga ham juda qadim zamonlardayoq diqqat qilingan. Bu haqda Gesiodning (mil.av.VII-VI asrlar) "Teogoniya" asarida fikr bildiriladi. Uning aytishicha, "Muzalar suygan kishi tolelidir", shunday kishining "lablaridan uchgan sas bag'oyat totlidir". Agar kishi dilini "nogahoniy qayg'u qoplasa, ko'nglini g'am-anduh kemirayotgan bo'lsa, Muzalar xizmatchisining qo'shig'ini tinglash kifoya: butun qayg'u hasratlarini unutadi".

  • Adabiyotning vazifalari, uning insonga ta'siri masalalariga ham juda qadim zamonlardayoq diqqat qilingan. Bu haqda Gesiodning (mil.av.VII-VI asrlar) "Teogoniya" asarida fikr bildiriladi. Uning aytishicha, "Muzalar suygan kishi tolelidir", shunday kishining "lablaridan uchgan sas bag'oyat totlidir". Agar kishi dilini "nogahoniy qayg'u qoplasa, ko'nglini g'am-anduh kemirayotgan bo'lsa, Muzalar xizmatchisining qo'shig'ini tinglash kifoya: butun qayg'u hasratlarini unutadi".
  • Agar arxaik davrda adabiyotni, badiiy ijodni ilohiy deb tushunish ustuvorlik qilgan bo'lsa, yunon madaniyatining klassik davriga (mil.av. V-IV asrlar) kelib yozuvchi mehnatiga bir kasb sifatida qarash ustuvorlik qila boshladi. Yunonlarda mohir ustaning biron kasb sohasidagi faoliyati "texne" deb yuritilgan bo'lib, bu so'z "mahorat", "hunar", "san'at" kabi ma'nolarni anglatadi. Bu davrga kelib so'z san'ati ham "texne" sirasiga kiritildi. Bu xil qarashning paydo bo'lishi ritorikaning maxsus fan sifatida tezkor rivojlanishi bilan bog'liq edi. O'z navbatida, ritorikaning taraqqiy etishi antik Gretsiyada notiqlik san'atining ulkan ahamiyat kasb eta boshlagani bilan izohlanadi.

Darhaqiqat, bu davrga kelib antik Gretsiyada davlat-boshqaruv ishlarida notiqlik san'ati o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lib ulgurgan edi. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarning qay yo'sin hal qilinishi, jamiyat hayotiga bevosita aloqador biron bir tadbirning joriy etilishi yoki rad qilinishi, sudlov ishlarining qanday ajrimga kelishi - bularning bari muhokama jarayonida masala mohiyatining qanday yetkazib berilishiga ko'p jihatdan bog'liq edi. Albatta, bunday sharoitda nutq qurilishi, uni mantiqli, izchil, ta'sirli qilish yo'llarini o'rganuvchi maxsus fanning rivojlanishi tabiiy. Muhimi, bu fan adabiyotning asosi - nutqni o'rganishga qaratilgan, bas, notiqlik san'ati bo'yicha bildirilgan fikrlar adabiyotga bevosita aloqador edi.

  • Darhaqiqat, bu davrga kelib antik Gretsiyada davlat-boshqaruv ishlarida notiqlik san'ati o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lib ulgurgan edi. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarning qay yo'sin hal qilinishi, jamiyat hayotiga bevosita aloqador biron bir tadbirning joriy etilishi yoki rad qilinishi, sudlov ishlarining qanday ajrimga kelishi - bularning bari muhokama jarayonida masala mohiyatining qanday yetkazib berilishiga ko'p jihatdan bog'liq edi. Albatta, bunday sharoitda nutq qurilishi, uni mantiqli, izchil, ta'sirli qilish yo'llarini o'rganuvchi maxsus fanning rivojlanishi tabiiy. Muhimi, bu fan adabiyotning asosi - nutqni o'rganishga qaratilgan, bas, notiqlik san'ati bo'yicha bildirilgan fikrlar adabiyotga bevosita aloqador edi.
  • O'z faoliyatlarida ritorika masalalariga katta e'tibor qaratgan yunon sofistlarining bu boradagi xizmatlari salmoqli. Jumladan, ulardan biri - ritorika fani asoschilaridan sanaluvchi Protagor (mil.av.480-410 yy.) nutqning tinglovchiga huzur bag'ishlashi yoki tasavvurida o'tmishni jonlantirishining o'zi kam, u tinglovchi tasavvurlarini notiq istaganidek o'zgartirishi, shakllantirishi lozimligini ta'kidlaydi. E'tibor berilsa, bu o'rinda adabiyotga xos g'oyaviy yo'naltirilganlik, kommunikatsiyaga

Download 88.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling