G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar Reja: So'z boshi Antik davr adabiy tanqidiy tafakkuri O'rta asrlarda adabiy-estetik tafakkur Uyg'onish davri yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri XVII asr yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri


bo'lishi ham nomaqbul - ko'zga yaqqol tashlanib qoladi va boshq


Download 88.43 Kb.
bet4/9
Sana31.01.2023
Hajmi88.43 Kb.
#1143184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ашуралиев И

bo'lishi ham nomaqbul - ko'zga yaqqol tashlanib qoladi va boshq.

  • bo'lishi ham nomaqbul - ko'zga yaqqol tashlanib qoladi va boshq.
  • Sofistlarning faoliyati tamomila amaliy yo'naltirilgan, ya'ni muhokamalarda tinglovchilar fikrini shakllantira oladigan notiqlar tayyorlash, shunga muvofiq nutq irod qilish yo'llarini o'rganish va o'rgatishdan iborat edi. Shu bois ham ular nutqning ifodali bo'lishi bilan birga dalilli bo'lishiga ham jiddiy e'tibor berganlar. Jumladan, ular voqyelikni tasvirlash, fikrni dalillashda "haqiqatga o'xshashlik", "ehtimollik" ("eykos") prinsipiga amal qilganlar. Bu prinsipga ko'ra muayyan voqyea, shaxs yoki uning xatti-harakati haqida tinglovchilarda notiqqa kerak bahoni hosil qilish birlamchi, haqiqat esa ikkilamchi bo'lib qoladi. Natijada sofistlar faoliyatida "notiqlik notiqlik uchun" qabilidagi holat yuzaga keladiki, bu antik davrdayoq qattiq tanqidga uchragan. Shunga qaramasdan, sofistlarning adabiy tanqidiy tafakkur rivojidagi xizmati katta. Adabiyotni kasb deb tushunib, texnik tomonlariga ko'proq e'tibor qilganlari uchun ham sofistlar uni inson faoliyati mahsuli deb bildilarki, bu esa, A.F.Losev aytmoqchi, "naturfilosofiyaning kosmologizmidan sub'ektiv antropologizmga o'tishning ilk bosqichi" edi.

O'rta asrlarda adabiy-estetik tafakkur

  • O'rta asrlarda adabiy-estetik tafakkur
  • yevropa madaniyati tarixida O'rta asrlar qariyb 1000 yilni - V asrdan XIV asrga qadar bo'lgan davrni qamrab oladi. Bu davr eski yunon-rim madaniyatining yemirilishi, uning o'rnida sharq asosidagi xristian madaniyatining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Antik davrdagi yagona yunon-rim madaniy hududining ikkiga - sharqiy va g'arbiy hududlarga ajralishi, bu ikki hududdagi madaniy taraqqiyotning bir-biridan sezilarli farqlanishi, antik madaniyat bilan xristian madaniyati o'rtasidagi ziddiyatlar, xristian dini mavqyeining kuchayishi va uning ijtimoiy, badiiy-estetik tafakkurga kuchli ta'sir o'tkazgani - bularning bari o'rta asrlarni o'rganishda ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
  • IV asr oxirlariga kelib Rim imperiyasi ikki mustaqil qismga - sharqiy va g'arbiy imperiyalarga ajraldi. Bu ikki hudud madaniyati, garchi ularda Rim an'analari saqlangan va xristian dini hukmron mavqye egallagan bo'lsa-da, bir-biridan sezilarli farqlanadi. Aytish kerakki, sharqiy imperiya - qariyb 900 yil yashagan Vizantiya imperiyasi mustaqil davlat sifatida 396 yilda vujudga kelgan bo'lsa-da, madaniyat tarixidagi "vizantiya davri"ni mutaxassislar sal ilgariroq, III asrdan

Download 88.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling