G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar Reja: So'z boshi Antik davr adabiy tanqidiy tafakkuri O'rta asrlarda adabiy-estetik tafakkur Uyg'onish davri yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri XVII asr yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri


Download 88.43 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2023
Hajmi88.43 Kb.
#1143184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ашуралиев И

salmog'i ortib boradi. Adabiy tilning jonli yunon tiliga yaqinlashishi, antik yunon she'riyatiga xos she'riy o'lchovlarga muayyan o'zgarishlar kiritilishi kuzatiladi. Jumladan, misrlik shoir va she'rshunos Nonna (V asr) gekzametrni jonli yunon tili tabiatiga moslab isloh qiladi.

  • salmog'i ortib boradi. Adabiy tilning jonli yunon tiliga yaqinlashishi, antik yunon she'riyatiga xos she'riy o'lchovlarga muayyan o'zgarishlar kiritilishi kuzatiladi. Jumladan, misrlik shoir va she'rshunos Nonna (V asr) gekzametrni jonli yunon tili tabiatiga moslab isloh qiladi.
  • O'rta asrlar estetik tafakkuri xristian ilohiyotchilari tomonidan, antik falsafani, xususan, neoplatonizm ta'limotini o'zlashtirgan va uni xristian diniy aqidalari ruhida talqin qilgan holda rivoj topdi. Jumladan, antik madaniyat an'analari ruhida tarbiyalangan, tarixga "buyuk kappodokiyaliklar" nomi bilan kirgan vizantiyalik mutafakkirlar - Buyuk Vasiliy (329-379), Grigoriy Nazianzin (330-390), Grigoriy Nisskiy (335-394)lar "mutlaq go'zallik"ni yuksak qadrlaganlar. Ma'lumki, "mutlaq go'zallik" tushunchasi qadimgi yunon faylasuflari, xususan, Platonda mavjud edi. Keyinroq, ellinizm davriga kelib Plotin va uning izdoshlari ta'limotida bu tushuncha yanada kengroq talqinini topgan, muayyan tizim holiga keltirilgan edi. Ob'ektiv idealizm mavqyeida turgan antik faylasuflardan farq qilaroq, vizantiyalik ilohiyotchilar mutlaq go'zallikni Xudo nomi bilan bog'ladilar. Shu sababli ham ularning ta'limotida, xususan, gnoseologiyasida mutlaq go'zallik tushunchasi muhim o'rin tutadi. Zero, ular inson ruhi ko'rinmas go'zallikka intiladi, inson ruhiy izlanishlarining asosiy maqsadi esa mutlaq go'zallikni anglash, idrok qilish deb biladilar. Xudoni tanishga intilayotgan insonni o'ziga jalb etuvchi narsa - go'zallik, uni tanish esa muhabbat, ishq orqali amalga oshadi.

Estetik tafakkur tarixida Psevdo-Dionisiy, Dionisiy-Areopagit nomlari bilan mashhur, lekin haqiqiy nomi noma'lum ilohiyotchining "Areopagitiklar"ida vizanitiyaliklarning mutlaq go'zallik haqidagi xristian diniga xos ta'limoti muayyan tizim holiga keltirildi. Jumladan, uning "Ilohiy ismlar haqida" nomli risolasida "mutlaq go'zallik" ("asl go'zallik") tushunchasiga ancha keng ta'rif beriladi. Unga ko'ra, "asl go'zallik"(ya'ni, Xudo)dan mavjud narsalarning bariga, har birining o'ziga yarasha va mos go'zallik baxsh etiladi. Shu bois ham "asl go'zallik" mavjudlikning sababi, jami go'zallikning manbaidir. Dionisiy-Areopagitga ko'ra, ma'naviy-ruhiy izlanishlarning maqsadi - mutlaq go'zallik, unga eltuvchi vositalardan biri esa moddiy olamdagi go'zallikdir. Zero, moddiy olamdagi narsa-hodisalarning barida mutlaq go'zallikdan darak bor. Negaki, ularning har biri mutlaq go'zallikdan o'ziga, o'z maqomiga yarasha nur olgan. Shunga ko'ra, moddiy va ma'naviy reallikdagi hamma narsa ramz(simvol)dirki, ularning har biridan ilohiy nur taraladi, har birida Yaratganning o'zidan nedir bor. Xudoni tanish uchun inson ayni shu ramzlarni ko'ra olishi, ularning mazmun-mohiyatini tushunishni o'rganishi lozim bo'ladi.

  • Estetik tafakkur tarixida Psevdo-Dionisiy, Dionisiy-Areopagit nomlari bilan mashhur, lekin haqiqiy nomi noma'lum ilohiyotchining "Areopagitiklar"ida vizanitiyaliklarning mutlaq go'zallik haqidagi xristian diniga xos ta'limoti muayyan tizim holiga keltirildi. Jumladan, uning "Ilohiy ismlar haqida" nomli risolasida "mutlaq go'zallik" ("asl go'zallik") tushunchasiga ancha keng ta'rif beriladi. Unga ko'ra, "asl go'zallik"(ya'ni, Xudo)dan mavjud narsalarning bariga, har birining o'ziga yarasha va mos go'zallik baxsh etiladi. Shu bois ham "asl go'zallik" mavjudlikning sababi, jami go'zallikning manbaidir. Dionisiy-Areopagitga ko'ra, ma'naviy-ruhiy izlanishlarning maqsadi - mutlaq go'zallik, unga eltuvchi vositalardan biri esa moddiy olamdagi go'zallikdir. Zero, moddiy olamdagi narsa-hodisalarning barida mutlaq go'zallikdan darak bor. Negaki, ularning har biri mutlaq go'zallikdan o'ziga, o'z maqomiga yarasha nur olgan. Shunga ko'ra, moddiy va ma'naviy reallikdagi hamma narsa ramz(simvol)dirki, ularning har biridan ilohiy nur taraladi, har birida Yaratganning o'zidan nedir bor. Xudoni tanish uchun inson ayni shu ramzlarni ko'ra olishi, ularning mazmun-mohiyatini tushunishni o'rganishi lozim bo'ladi.

Download 88.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling