G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar Reja: So'z boshi Antik davr adabiy tanqidiy tafakkuri O'rta asrlarda adabiy-estetik tafakkur Uyg'onish davri yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri XVII asr yevropa adabiy tanqidiy tafakkuri


Download 88.43 Kb.
bet9/9
Sana31.01.2023
Hajmi88.43 Kb.
#1143184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ашуралиев И

Uyg'onish madaniyati va dunyoqarashiga xos jihatlar Dante Aligeri(1265-1321) ijodidayoq ko'zga tashlanadiki, uning "o'rta asrlarning so'nggi ... yangi davrning ilk shoiri" (F.Engels) sifatida ta'riflanishi bejiz emas. Bunga amin bo'lish uchun ulug' shoirning adabiy tanqidiy qarashlaridagi eng muhim nuqtalarga to'xtalib o'tish kifoya. Ulardan birinchisi Dantening dunyoviy adabiyot cherkovdan mustaqil bo'lishga haqli deb hisoblaganidir. Agar o'rta asrlarda cherkov hukmronligining benihoya kuchaygani, "adabiyotning vazifasi - xudoni madh etish va shu tufayligina u yashashga haqli" tarzidagi qarash ustuvor bo'lgani e'tiborga olinsa, Dantening bu qarashi o'z davri uchun nechog'liq muhimligi ayon bo'ladi. Zero, yaxshi ma'lumki, Uyg'onish davrining asosiy belgilaridan biri ham shunda - adabiyot va san'atni dunyoviy o'zanga burganida namoyon bo'ladi.

  • Uyg'onish madaniyati va dunyoqarashiga xos jihatlar Dante Aligeri(1265-1321) ijodidayoq ko'zga tashlanadiki, uning "o'rta asrlarning so'nggi ... yangi davrning ilk shoiri" (F.Engels) sifatida ta'riflanishi bejiz emas. Bunga amin bo'lish uchun ulug' shoirning adabiy tanqidiy qarashlaridagi eng muhim nuqtalarga to'xtalib o'tish kifoya. Ulardan birinchisi Dantening dunyoviy adabiyot cherkovdan mustaqil bo'lishga haqli deb hisoblaganidir. Agar o'rta asrlarda cherkov hukmronligining benihoya kuchaygani, "adabiyotning vazifasi - xudoni madh etish va shu tufayligina u yashashga haqli" tarzidagi qarash ustuvor bo'lgani e'tiborga olinsa, Dantening bu qarashi o'z davri uchun nechog'liq muhimligi ayon bo'ladi. Zero, yaxshi ma'lumki, Uyg'onish davrining asosiy belgilaridan biri ham shunda - adabiyot va san'atni dunyoviy o'zanga burganida namoyon bo'ladi.

Uyg'onish davri adabiy tanqidiy tafakkurining yangilanishi antik merosni qayta o'rganish va baholashdan boshlanadi. Agar o'rta asrlarda antik adabiyot xristian dini nuqtai nazaridan, tor va bir yoqlama talqin qilingan bo'lsa, Uyg'onish davri unga yuksak ehtirom bilan qarab, unda o'zi uchun ibrat namunasi, boy tajriba maktabini ko'rdi. Antik yozma yodgorliklarni to'plash, ularni filologik tadqiq qilishga e'tibor kuchaydi. Shunisi diqqatga molikki, bu boradagi ishlarni boshlab berganlar qatorida Franchesko Petrarka (1304-1374), Jovanni Bokkachcho (1313-1375) kabi so'z san'atkorlari birinchilardan sanaladilar. Petrarka qadimdagi salaflari - Vergiliy, Sitseron, Seneka singarilarning asarlarini qunt bilan o'rgandi, ularning badiiy tafakkur tarzi, uslubini ijodiy o'zlashtirishga intildi. Petrarkaning salaflariga ehtiromi shunchalarki, o'z asarlarini ular ijod qilgan tilda - o'rta asrlardagi "buzilish"lardan holi "sof" lotin tilida yozishni ma'qul ko'rdi. Antik Rimning atoqli kishilari hasbi hollari jamlangan "Mashhur eranlar haqida" nomli asari, antik adabiyot namunalari jamlangan "Diqqatga molik narsalar haqida" nomli majmuada, shuningdek, antik adiblarga bitilgan xayoliy maktublarida Petrarkaning adabiy tanqidiy qarashlari o'z ifodasini topgan. Jumladan, Petrarka so'z san'atiga o'rta asrlarda bo'lgani kabi oddiy bir kasb sifatida qarashga qarshi chiqadi, uni tom ma'nodagi erkin ijod mahsuli deb biladi.

  • Uyg'onish davri adabiy tanqidiy tafakkurining yangilanishi antik merosni qayta o'rganish va baholashdan boshlanadi. Agar o'rta asrlarda antik adabiyot xristian dini nuqtai nazaridan, tor va bir yoqlama talqin qilingan bo'lsa, Uyg'onish davri unga yuksak ehtirom bilan qarab, unda o'zi uchun ibrat namunasi, boy tajriba maktabini ko'rdi. Antik yozma yodgorliklarni to'plash, ularni filologik tadqiq qilishga e'tibor kuchaydi. Shunisi diqqatga molikki, bu boradagi ishlarni boshlab berganlar qatorida Franchesko Petrarka (1304-1374), Jovanni Bokkachcho (1313-1375) kabi so'z san'atkorlari birinchilardan sanaladilar. Petrarka qadimdagi salaflari - Vergiliy, Sitseron, Seneka singarilarning asarlarini qunt bilan o'rgandi, ularning badiiy tafakkur tarzi, uslubini ijodiy o'zlashtirishga intildi. Petrarkaning salaflariga ehtiromi shunchalarki, o'z asarlarini ular ijod qilgan tilda - o'rta asrlardagi "buzilish"lardan holi "sof" lotin tilida yozishni ma'qul ko'rdi. Antik Rimning atoqli kishilari hasbi hollari jamlangan "Mashhur eranlar haqida" nomli asari, antik adabiyot namunalari jamlangan "Diqqatga molik narsalar haqida" nomli majmuada, shuningdek, antik adiblarga bitilgan xayoliy maktublarida Petrarkaning adabiy tanqidiy qarashlari o'z ifodasini topgan. Jumladan, Petrarka so'z san'atiga o'rta asrlarda bo'lgani kabi oddiy bir kasb sifatida qarashga qarshi chiqadi, uni tom ma'nodagi erkin ijod mahsuli deb biladi.

Download 88.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling