G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar
Download 0.55 Mb.
|
G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar-fayllar.org
Ben JonsonQaydlar yoki kuzatishlar <...> Shoir kimdir? Shoir - bu yunonlar poetes, yaratuvchi, o'ylab topuvchi deb atagan odam; uning san'ati - bu taqlid yoki obrazli aks ettirish san'atidirki, Aristotelga ko'ra, u inson hayotini o'lchovga solingan so'zda, vazn va ritm uyg'unligida ifodalaydi. U �yaratmoq� yoki �o'ylab topmoq� ma'nolarini beruvchi poeien so'zidan kelib chiqadi. Shuning uchun poet deb har qanday she'r to'quvchini emas, balki faqat tasavvuri fabula yaratishga qodir, asarlari haqiqat bo'lib tuyuladigan odamni atashadi, chunki mazmun bilan to'qima - har qanday poetik asarning, u xoh she'r va xoh poema bo'lsin, jismi va jonidir. Biz nimani she'r deb ataymiz? She'r deb faqat shoirning ko'p yo ozroq miqdordagi misralardan tarkib topgan asarigina atalmaydi, yo'q, ba'zan hatto birgina misra ham a'lo darajadagi she'r bo'lishga qodir. Masalan, Eney yunon Abasning qurol-yarog'ini ilib yoyib qo'yarkan, uni shunday bitik bilan yoritadi: Aeneas haec de Danais victoribus arma1. Va shu bitikni she'r yoki carmina2 deb ataydi. Marsialning epigrammalari ham xuddi shunday: Omnia, Castor, emis: sie fiet, ut omnia vendas3 va Pauper videri Cinna vult, et est pauper4. Goratsiy ham o'z odalarini carmina - lirik qo'shiqlar deb ataydi. Lukretsiy esa butun boshli kitobini qo'shiq deb ataydi: Quod in primo quoque carmine claret5. Qadimda valilarning barcha bashoratlari carmina deyilgan, har qanday naql qilingan jumla ham epik, dramatik, lirik, elegik yoki epigrammatik she'r deb atalgan. Poema biz poeziya deb atagan narsadan nimasi bilan farqlanadi? She'r yoki poema, avval aytganimdek, shoirning asari - uning mehnatiyu o'qib o'rganishlarining maqsadi va natijasi. Poeziya - uning mahorati, tasavvur faoliyati, ijodiy niyati va shaklni o'z ichiga oluvchi kasbiy malakasi. Xuddi mahsulot, mehnat jarayoni va mahsulot ishlab chiqaruvchini yoki taqlid predmeti, taqlid jarayoni va taqlidchini farqlaganimiz kabi, biz poemani poeziya va poetdan farqlamog'imiz kerak. Shunday qilib, agar poeziya malaka yoki mahorat bo'lsa... Yo'q, u ko'proq arshda yaratilib, ko'kdan Falastin yeriga tushirilgan, yunonlarda yuksak e'zoz topgan va ular tomonidan rimliklarga, so'ng boshqa barcha madaniy xalqlarga olib kirilgan san'atlar malikasidir. Poeziyaning o'rganilishi (agar Aristotelga ishonsak) insoniyatga munosib va baxtli hayot kechirish qoidalari va namunasini taqdim etadi, bizni har qanday fuqarolik burchlarini o'tashga tayyorlaydi. Agar Tulliyga ishonsak, unda poeziya yosh avlodni oziqlantiradi va o'git beradi, farovonligimizni bezab, hayotimizni totli etadi; chekimizga tushgan qayg'u va kulfatlarni kechirishimizga yordam beradi, xonadonimiz o'chog'i oldida ko'nglimizni yozadi, xorijda birga sayohat qiladi; bizni nazorat qiladi, vaqtimizni mehnat va hordiqqa taqsim qilishga ko'mak berib, qishloqdagi villalarda birga dam oladi. Ayni chog'da, eng fozil va donishmand kishilar unda ma'naviyat sultoni va ezgulikning eng yaqin qardoshini ko'radilar. Ular falsafani jiddiy, asketona poeziyasi deb ataganlari uchun, o'z navbatida, poeziya ular tomonidan bizni hayratomuz huzur va benazir lazzat baxsh etgan holda harakatga undovchi nafis, shirinsuhan falsafa deb ta'riflangan. Ammo hozir, poetik asarlarning turlari va ularni farqlovchi xususiyatlarni muhokama qilish yoki san'at borasidagi mulohazalarni boshlashdan avval, men sizlarga shoir o'zi kim, u tabiatan qanday bo'lmog'i lozim va mashqlar, taqlid, o'qib-o'rganish yordamida nimalarni o'zlashtirishi kerak ekanligini tushuntirib o'tishni xohlardim. U bizda grammatika, mantiq, ritorika va etika fanlarini o'rganadi, o'zining tabiiy qiziqishlariga mos, sizga taqdim etish va siz tomoningizdan qabul qilinishi uchun zarur har qanday boshqa fanlarni o'zlashtiradi. 1. Ingenium6. Biz, birinchidan, shoir yoki ijodkordan (bizning tilimiz, yunon tili kabi, unga shu unvonni taqdim etadi) tug'ma aql-idroki yuksak bo'lishini talab qilamiz. Agar boshqa san'atlarning bari qonunlar va aniq ko'rsatmalardan tarkib topsa, shoir tug'ilganidanoq instinktiv ravishda o'z aql-idrokining boyligini namoyon etmog'i lozim. Seneka poetik ekstazni nazarda tutgan holda: �Aliquando secundum Anacreontem insanire, jucundum esse�7,- deydi. Xuddi shu haqda Platon aytadi: �Frustra Poeticas fores sui compos pulsavit�8. Xuddi shu narsani Aristotel ham ta'kidlaydi: �Nullum magnum ingenium sine maxtura elementiae fuit. Nec potest qrande aliquid, & supra caeteros loqui, nisi mota mens�9. Shu bois, qachonki ilohiy instinkt rahnamosi bo'lgan poeziya jo'n, hammaga ma'lum tasavvurlardan hazar qila boshlaganida, o'zining eng yuksak darajasiga ko'tariladi. Shundagina poeziya bandalar chekiga tushmagan nenidir aytadi va zamindan uzilib, chavandozi bilan ilgari o'zi ko'tarila olmagan joylarda parvoz etadi. Bu parvoz shoirlar tomonidan majoziy tarzda Gelikon, Pegas yoki Parnas obrazlari orqali tasvirlanadi; Ovidiy bu bilan faxr etadi: Est, Deus in nobis; agitante calescimus ilio: Sedibus aethereis spiritus ille venit10. Lipsiy11 qat'iy aytadiki: �Scio, Poetam neminem praestantem fuisse, sine parte quadam uberiore divinae aurae�12. Shuning uchun zaminda shoirlar (zero, men mediocres yoki imos13 haqida aytmayapman) kam tug'iladi. Har qaysi o'z-o'zini boshqaruvchi shaharcha davlatga har yili bitta mer va ikkita sud pristavini yetkazib beradi, biroq Solus rex, aut Poeta, non quotannis nascitur14. 2. Exercitatio15. Tabiiy iqtidorini mukammallashtirish uchun bizning shoirimiz tez-tez mashq qilmog'i lozim. Agar uning idroki qadimgilar tafakkuriga birdan oshno bo'lolmasa, bu mashg'ulotni tashlashi, achchiqlanishi yo asabiylashishiga aslo yo'l qo'ymang; unga ruhiy moyillikni saqlagan holda vaqtincha chalg'ishni taklif qiling, faqat xotirjam muhokamaga qobil holda u yana mashg'ulotlarga qaytsin. Sabr-toqatni yo'qotmagan va mehnatingizni ayamagan holda yana bir bor harakat qilib ko'ring. Mabodo bu gal ham hyech ish chiqmasa, qalamni bir yon uloqtirib, bechora stolni mushtlamang, aksincha, hamma narsani tartibga soling-da, yana bir harakat qiling. Bizning qirolligimizda farmoni oliy yo'qki, sizni ixtiyoringizga qarshi, boz ustiga, qisqa fursatda shoir bo'lishga majbur qilsa. Agar bir yoki ikki yilda shoir bo'lib yetishsangiz ham, juda yaxshi - o'rtamiyona qofiyabozlargina quyilib kelgandek misra tizadilar (ex tempore16), biroq ular hyech qachon umrimizning biror kunini bo'lsa ham sarflashga arzigulik narsa aytolmaydilar. Aytishlaricha, benazir Vergiliy she'rni ulkan mashaqqat bilan yozgan, so'ng misoli ona ayiqdek ularni yalab-yulqar ekan. Skaligerning otasi guvohlik beradi, o'g'li ertalablari juda ko'p misralar yozar ekan-da, kechga tomon ularning sonini ancha qisqartirarkan. Biroq Valeriy Maksim17 kitobida keltirgan ulug' tragik shoir yevripidning zamondoshi Alsestga javobi kamtaronaligi tufayli hammadan ko'proq xotirda qoladi. Alsest, yevripid uch kun mobaynida atigi uch misra, shunda ham ko'p mashaqqat bilan yozganini bilgach, kibr bilan buncha vaqt ichida yuz misra yozgan bo'lardim debdi; bunga javoban yevripid bosiqlik bilan aytibdiki: �Bo'lishi mumkin, ammo sizning she'rlaringiz uch kun ham yashamaydi, mening she'rlarim hamma zamonlarda o'qiladi�. Bu esa �Siz arzigulik bir misra ham yozishga qodir emassiz� degan bilan barobardir. Men she'rlari g'avg'oyu ming'irlashlardan iborat ko'plab mahmadanalarga duch kelganman. Darhaqiqat, mashaqqat bilan yozilgan asarlar ularni o'qish uchun sarflangan vaqt va mehnatga arziydi, ular uzoq yillar yashashga loyiq. 3. Imitatio18. Bizning shoir yoki ijodkor uchun zarur uchinchi xususiyat taqlid qilish qobiliyatidirki, buning mazmuni voqyelik yoki o'zga shoir boyliklaridan o'z maqsadi yo'lida foydalana bilishdir. Buning uchun barcha shoirlar ichida eng yaxshisini tanlab, unga to o'z idealingizga yaqinlashguncha va to nusxani aslidan ajratish mushkul bo'lib qolguncha sabr bilan ergashish darkor. O'zganing ijodidan shoshilmasdan, did bilan, eng yaxshi va foydalilarini saylab oziqlanmoq kerak, aslo vahshiy o'ljasini xom-hatalaligicha paqqos tushirgani kabi emas. Goratsiy aytganidek, qullarcha, qusurlarni ham fazilat bilgan holda ergashish yaramaydi; bil'aks, bolari misoli, eng yaxshi va sara gullardan shira yig'ib, uni yagona tot va iforga ega asalga aylantirmoq darkor. Sizning taqlidingiz huzur bag'ishlashga qobil bo'lsin, eng yaxshi yozuvchilar qanday taqlid qilganlarini ko'ring va o'zingiz ham shunday qiling. Gomerga ergashgan Vergiliy bilan Statsiy, Goratsiy bilan Arxiloxlar, Alkey va boshqa lirik shoirlar qanday taqlid qilgan bo'lsalar, shunday taqlid qilishni o'rganing. 4. Lectio19. Shoirimizning ishonchli bilimlarni puxta egallagan va har tomonlama o'qimishli bo'lishi juda muhimki, busiz shaxs to'laqonli bo'lolmaydi. Bu esa u tarixni bilishi va asarlar mazmunini qisqacha so'zlab berishga qobil bo'lishi kerak deganigina emas, balki u poetik mazmun va so'zni shu darajada egallashi kerakki, zarurat tug'ilganda ularni go'zal va lozim izchillikda joylashtirgan holda tasarruf eta olishi lozim. O'ylamaslik kerakki, go'zal tonglarning birida, agar shu tun Parnasda bo'lganingiz yo Gelikonda chanqog'ingizni qondirganingizni tush ko'rgan bo'lsangiz, birdan shoir bo'lib uyg'onaman, deb. Shoir bo'lish ancha qiyin. Ars corona20. Shoirimizning ijodi mukammal bo'lishi uchun uning mashqlar, taqlid va tahsil vositasida sayqallangan tabiiy iqtidorini san'at bilan to'ldirmoq zarur. Faqat san'atgina ijodkorimizning shakllanishini me'yoriga yetkazishga, uni mukammal olam egasi etishga qodir. Tulliy ta'kidlaydiki, agar saxovatli tabiat egasi o'zida bilim va intizomni mujassam etsa, chin ma'nodagi oliyjanoblik va betakrorlikka erisha oladi. Zero, Stobey21 antalogiyasida Simul22 aytganidek, tabiat san'atsiz hyech qachon mukammal bo'lolmaydi, san'at esa tabiatsiz mavjud emas23. Biroq shoirimiz hazir bo'lmog'i kerakki, uning tahsili o'z-o'zini o'qitishga aylanib qolmasin. Aks holda ertami kech rahnamosi ahmoq bo'lganini tan olishiga to'g'ri keladi. Ko'p o'qimoq kerak, biroq har doim saralarini, eng yaxshilarini. U o'ziga nimanidir o'rgatishga qobillarki bo'lsa, ustoz sifatida e'zozlamog'i lozim. Ular orasida Goratsiy va (uning ustozi) Aristotel yuksak qadrlashga sazovorlar. Aristotel eng adolatli baholovchi va jiddiy xatoga yo'l qo'ymagan birinchi munaqqid edi. Bu nima bo'pti - u yer yuzida qachon bo'lmasin yashagan faylasuflarning eng ulug'i: u insonlar egallagan bilimlarning barida mavjud kemtiklarni ko'rsatdi, bashariyat ilm-fanda erishgan yutuqlarining barini jamlab yaxlit bir san'atni bino qildi. U bizni birdaniga ikki narsaga o'rgatdi: o'zgalarni qanday qilib to'g'ri baholashimiz va avvalo o'zimizdagi nimaga birinchi navbatda taqlid qilishimiz kerakligiga. Ammo birinchi navbatda fitriy zehn va poetik iqtidorga ega bo'lmoq kerak. Zero, hyech kim yo'l-yo'riqlarni chuqur o'rganib bilish orqaligina, toki tabiati madadga kelmas ekan, yaxshiroq yoza olmaydi. Faqat shu holdagina u yozuvchi sifatida mukammallikka erishish imkoniga ega bo'ladi. Shoir - notiqning eng yaqin qo'shnisi. Garchi shoir vazn, ritm, qofiya bilan notiqqa qaraganda ko'proq siqib qo'yilgan bo'lsa-da, uning san'ati notiqlikning barcha fazilatlariga ega. Jumlaga ishlov berishi jihatidan u notiqdan qolishmaydi, ta'sir kuchi jihatidan esa hatto ustun turadi. Shoirlar ichida notiqqa eng yaqini komediyanavisdirki, u aql va hislarga ta'sir (bu borada notiqlik haqiqatan ham kuchli va ayni shuni o'zining xizmati deb biladi) qilishda notiqdan, asosan, o'zib ketadi. Komediyada yaratilgan ko'plab va turli-tuman xarakterlarni bu qadar aniqlik bilan haykaltarosh Lisippning qaysi pichog'i va yo Arellning qalami24 ifodalay oladi? Bunda tomoshabin o'zgalarni haqorat qilib sevinadiganlaru asabi tarang g'amboda kishilarni ham, jahl o'tida qovrilayotganlaru ishqdan telbavor bo'lganlarni ham, aysh-ishratga mukkadan ketib insonlik qiyofasini yo'qotganlar, umid qila-qila charchaganlaru qo'rquvdan zir titrayotgan kishilarni ham ko'radi - notiqlarga misol sifatida kerak bo'ladigan har qanday his-tuyg'u va hayotiy holatlar sahnada tasvirlanadi. Poetik so'zning go'zalligi haqida esa jillaqursa komik shoirning qabriga bitilgan mana bu so'zlar guvohlik beradi: Immortales mjrtalts, si fas esset, flere, Flerent divae Camoenae Naevium Poetam; Itaque postquam est Orcino traditus thesauro, Obliti cunt Romae, lingua loqui Latina25. Plavt haqida bundan pastroq pardada Lutsiy Eliy Stilo26 tomonidan aytilgan gap ham ma'lumki, unda �Musas, si latine loqui voluissent Plautino sermone fuisse loquuturas� deb ta'kidlanadi, shuningdek, Plavt Rim nafis so'z san'atining qiroli deb atalgan donishmand Marko Varroning27 mashhur ta'rifi ham bor. Men shoirni grammatiklar va faylasuflar tomonidan ishlab chiqilgan qonun-qoidalarning tor doirasida cheklab qo'yish kerak deb o'ylamayman. Zero, bular ishlab chiqilguniga qadar ham ko'plab zo'r shoirlar yashaganlarki, ular ijodda bu qoidalarga amal qilganlar. Hyech kim bunga Aristotelning o'zidan-da birmuncha avval yashab o'tgan Sofokldan yaxshiroq amal qilgan emas. Yunonlardan qay biri ham Demosfen uchun notiqlik qoidalarini ishlab chiqishga jur'at qila olardi? Yo nutqi yashin urgandek ta'sirga ega bo'lib tuyulgani uchun �ilohiy� deb atalgan Periklga28? Va yo san'atga xizmat qilishdan ko'ra ko'proq tabiatga ergashgan Alkiviadga? Biroq shoirlarning eng iqtidorli, mehnatsevar va omadlilari instinktiv ravishda tabiatning o'zidan yoki mashqlar natijasida o'zlashtirgan narsalarni donishmand va fozil Aristotel umumlashtira oldi va san'atga tatbiq etdi. Zero, u hodisalarning sababini anglashni bilar, boshqalarga an'anaviy ravishda yoki tasodifan ayon bo'lgan narsalarni u tafakkur kuchi bilan izlab topardi. Aristotel faqat xatolardan qochish usulini kashf etmadi, u bizga eng qisqa yo'lni, qaysiki, shundan borilsa xato qilinmaydigan yo'lni ko'rsatib berdi. Aristofan qoidalardan emas, balki haqiqatdan kelib chiqib yevripiddagi ko'p jihatlarni zakiylik bilan kulgiga oldi. Darhaqiqat, yevripid, garchi o'zi asosan olganda mukammallik timsoli bo'lsa-da, ba'zan haqiqatga xilof yo'l tutardi. Shu bois hatto eng yuksak muhokama qobiliyati ham, agar u ong bilan mustahkamlanmasa, mutlaq me'yor bo'lib xizmat qilolmaydi. Faqat shoirlar, shunda ham ulardan eng yaxshilari, shoirlarga munosib baho bera oladi. Ayrimlar tanqidchilarni buyumlarni tuzatishdan ko'ra ko'proq tamom ishdan chiqaradigan chilangarlarga o'xshatganlarida haqlar. Munaqqid va grammatiklarning o'zlarigagina xos kasalliklarga nazar soling. O'z-o'zidan ma'lum, organizmi hyech bir tibbiy aralashuvni qabul qilmaydigan ko'plab odamlar uchraydiki, tabiblar galasi ularni noto'g'ri davolab sog'ligiga butkul putur yetkazadilar. Haqiqiy tanqidchining vazifasi alohida harflarni kavlashtirish yo benuqson jumlalarga la'nat yog'dirish emas, balki so'zlarni o'zaro bog'lab mazmunni to'g'rilashdan iboratdir. Muallif va uning asari mazmuni haqida samimiy muhokama yuriting - bu chinakam olimlikning belgisidir. Goratsiy - o'ta ma'rifatli odam, agar majusiylar ham shu maqomga erishishi mumkin bo'lsa, eng donishmand va saxovatli mualliflardan biri,- shunday edi; o'zgalar qilmishlari sabab va oqibatlarining benazir va odil hakami, o'zi o'shalar kabi o'ylagani uchun emas, balki shuning uchunki, u boy hayotiy tajribasiga tayangan holda atrofdagilar o'zlarini qanday his qilishlariyu qanday harakat qilishlarini bilardi. Biroq Goratsiyning Plavt haqidagi fikriga zamondoshlarimizning ko'plari e'tiroz qiladilar, ularning da'vosicha, Goratsiy zakiylik va nozik istioraning otasiga nisbatan o'ta talabchanlik qilgan. Ular istaydilarki, Plavtga qo'yilgan ayblov bu darajada ulug' shoir va poeziyaning bilimdoniga, qaysiki, izmidagi qullari Plavtning fazilat va qusurlari borasida o'zlarini ilmlar va san'atlarning muqaddas xonadoni homiysi deb bilgan hozirgi diletantlarning har qaysisidan durustroq muhokamaga qodir bo'lgan odamga tegishli bo'lmasa. Goratsiy rim poeziyasi va tili gullab-yashnagan davrida yashagan zamondoshlarining fikrini bilmasligi, ayniqsa, uning odamshavanda va har kuni tor doirada so'z san'ati masalalarini muhokama qilgan zamonasining ulug' kishilari bilan yaqindan tanishligi e'tiborga olinsa, mumkin emas edi. Bundan tashqari, Goratsiy shu darajada iltifotli va xushmuomala ediki, imperator Avgust ham uning fazilatlariga munosib baho bergan29: uni o'zimning zakiy odamcham (bo'yi pastligi uchun) deb atagan va agar qadimgilarga ishonish mumkin bo'lsa, unga davlat kotibi lavozimi bilan saroydan joy taklif qilgan. Javoban Goratsiy imperatorga itoatkorona tashakkur aytib, kamtarlik bilan rad etgan. Goratsiy Terensiyni shu qadar yuksak qadrlaganki, uni yagona va chinakam rim komediyanavisi deb hisoblagan, Menandr bilan teng ko'rgan. Endi bir o'ylab qaraylik-chi, Goratsiy va uning Plavtga munosabati himoyasiga avlodlar sudi oldida nima deyish mumkin, ayni chog'da Plavt ham shaksiz aybdor bo'lib ham qolmasin. Komediya ham xuddi tragediya tarkib topgan qismlardan tarkib topadi, ularning maqsadlari ham qaysidir ma'noda mos keladi, xususan: ikkisi ham huzur bag'ishlaydi va o'git beradi. Yunonlar tragediya mualliflarini ham, komediya mualliflarini ham bir so'z bilan ataganlar - didaskaloi30. Komediya har vaqt kuldirishi lozim emas; kulgining o'zini maqsad qilib olayotganlar odamlarni ahmoq qilgan holda ko'nglini yozishnigina ko'zlaydilar. Aristotel haqli ta'kidlagandiki, kuldirishga qobillik - komediyaning qusuri, hyech bir asosli sababsiz inson tabiatini siyqalashtiruvchi o'ziga yarasha tubanlikdir. Og'riq sababli yuz bermagan aft burishtirishlar yoki beo'xshov niqoblar, betamiz masxarabozlik, masalan, aktyorning ayol libosida chiqishiyu ayolga taqlidan xotinchalish qiliqlar qilishi kabilar kulgili tuyuladi. Biz bu nav o'yinni xushlamaymiz va undan hazar qilamiz. Bu narsa qadimgi faylasuflarni donishmand odamga kulish umuman ravo emas degan xulosaga olib kelgan. Shu bois ham Platon kulayotgan xudolarni tasvirlashga jur'at qilgani uchun Gomerni shakkok deb hisoblagan. Shuning uchun ham Aristotel topib aytgan: kulgili bo'lib ko'rinish - aldoqchilar bilan tentaklar xususiyati. �Eski komediya�ning31 o'ziga xosligi shunda ediki, u odamlarning tuban hislariga g'alati tarzda ta'sir qilish orqali kulgi uyg'otardi. Bunda u so'zlar, mazmun, personajlar tili va xatti-harakatlarining farosat va axloq-odobga nomuvofiqligidan foydalanar edi. Shuing uchun ham aniqki, �eski komediya� qo'pol va adabsiz nutqlar, hurmatli kishilarni haqoratlash, aniq shaxslar ustidan kulish, fahshona va zaharli gaplar (va boshka kutilmagan narsalar) orqali kuldirar edi. U nomussizlikni tasvirlashda ayniqsa mohir va zakiyligi bilan emas, uyatsizligi bilan farqlanar edi. Kulgining tabiati va zakosini tushungan odamlarning buni bilmaslklari mumkin emas. Bu nav komediyalarning eng sermahsul ijodkori Aristofan bo'lib, bu borada u nafaqat Plavt, boshqa barcha komediyanavislardan ham o'tib tushdi, bugina emas, balki barcha g'alati va kulgi qo'zg'ovchi narsalarning tiplari, namunalarini yaratdi. Haqqast rost, sirka musallas achiy boshlagandagina yoqadi, shunga o'xshash, chinakam erkin hazil hayvonni - olomonni kamdan-kam kuldiradi. E'zozga loyiq va odob doirasidagi hyech narsa uning didiga o'tirmaydi. Unga faqat aql-idrok va haqiqatga monandlikka zid narsa yoqadi, yana qanchalik zid bo'lsa, shunchalik yaxshi. Deylik, masalan, olomonni savatga solib sahna ustida yuqorilatib qo'yilgan, go'yo hayotdan uzilgan faylasufni namoyon etgancha, jazvar yordamida burganing sakrash uzunligini o'lchash va odamlarga o'git berish bilan mashg'ul Suqrotning - o'sha halollik, ezgulik va munosib hayot namunasining - ko'rinishidan ko'ra ko'proq kuldira oladigan narsa bormi? Va shuni teatr zakiyligi, chinakam sahna hazili, qahqaha va birovlar ustidan kulish uchun yaralgan teatrning dramatik topilmasi deb atalgan! Ayni chog'da, beg'arazlik, haqqoniylik va samimiylik xususiyatlariga ega, oqil va o'qimishli kishilarga mo'ljallangan narsa teatrdan zudlik bilan chiqariladi. Bu -juda achchiq va ibratli haqiqat. Unga quloq tutishimiz va anglashimiz kerakki, biz, aslzoda bo'lib tug'ilganlar, bulardan - vatandoshlarimizdan farqlanib turish uchun poygayu shikordan boshqa yana nimalarni bilmog'imiz zarur? Hozircha esa biz teatrning yana qayta sayyor komediantlarning aravasiga, zakiylikning - nishxo'rdga aylanayotganini kuzatib turibmiz. <...> Izoh va tarjimalar: 1. �Buni tutgan g'olib yunon, bag'ishlagan mag'lub Eneydir� (Vergiliy. Eneida. III,288) 2. Carmina (lat.)- qo'shiq, hirgoyi, she'r, poema; bashorat. 3. �Kastor, hamma narsani sotib olyapsan; vaqtiki hammasini sotishingga to'g'ri keladi� (Marsial. Epigrammalar, VII, XCVIII. A.Fet tarjimasi.) 4. �Sinna faqir bo'lib ko'rinmoqchi, aniqki, u - faqir�. (Marsial. Epigrammalar, VIII, XIX. A.Fet tarjimasi.) 5. �Bu narsa birinchi qo'shiqdayoq ma'lum bo'ladi�. (Lukretsiy. Narsalarning tabiati haqida. VI, 937, F.Petrovskiy tarjimasi) 6. Lot., �tug'ma xususiyatlar�, �iqtidor�; �tabiiy xususiyatlar� 7. Lot., �Anakreonga ko'ra junun ba'zan yoqimlidir�. 8. Lot., �Sog'lom fikrlaydigan kishining poeziya eshigini qoqishi zoe�. 9. Lot., �Junun aralashmagan ulug' daho hyech qachon bo'lgan emas. Agar aqlni his zabt etmasa, u nedir ulug'vor narsani ifoda etolmaydi�. (Aristotel. Kategoriyalar, XXX, I.) 10. Lot., �Vujudimizda xudo yashaydi, qachonki u yolqinlansa, ruhimiz yuksaklarga parvoz qiladi� 11. Yustus Lipsiy (1547-1606) - flamand filologi, o'z davrining yirik tarixchilaridan biri. Uning asosiy ishi - Tatsit asarlarining nashri hozirda ham klassik ish sanaladi. 12. Lot., �Bilamanki, me'yordan ortiq ilohiy ilhom zarrasidan mahrum bironta ham yaxshi shoir o'tgan emas�. 13. Mediocres (lot.) - �mo'tadil�, �o'rtamiyona�; imos (lot.) - �ahamiyatsiz�. 14. Lot., �Faqat qirol va shoirgina har yili tug'ilmaydi�. 15. Lot., �Mashq�, �amaliyot�, �tajriba�. 16. Lot., �birdan�, �tayyorgarliksiz�. 17. Valeriy Maksim - mil.av. I asrda yashagan rim yozuvchisi. 18. Lot., �taqlid�. 19. Lot., �o'qish�, �mutolaa�. 20. Lot., �san'at - gulchambar� 21. Ioann Stobey (yoki Stobeyli) - mil.av. VI asrning birinchi yarmida yashagan vizantiyalik kompilyator. O'g'li Septimiyni tarbiyalash uchun tuzilgan besh yuzdan ortiq antik mualliflardan olingan ko'chirmalar yig'ilgan ulkan majmua uning asosiy asari deb hisoblanadi. 22. Simul - mil. av. IV asrda yashagan yunon yozuvchisi. 23. B.Jonson yunoncha iqtibos keltiradi, biroq shu joyda o'z tarjimasini ham beradiki, bu joyda o'sha tarjimadan foydalanildi. 24. Lisipp - mil.av. IV asrda yashagan qadim yunon haykaltaroshi, so'nggi klassikaning ko'zga ko'ringan namoyandasi; �Arelning qalami� - B.Jonson kim haqida gapirayotganini hanuzgacha aniqlab bo'lmadi.. 25. Agar ilohlarga yig'lash ravo bo'lganida edi Shoir Neviyga Muzalar go'yandalik qilur edilar. Zero, u Aid mulkiga rixlat qilgandan buyon Rimda lotincha so'zlashishni unutdilar. Gney Neviy (mil.av.III asr) - rim shoiri va dramaturgi, 32 ta komediya muallifi. Uning �Puniya urushi� poemasi rim milliy eposining ilk namunalaridan sanaladi. 26. Lutsiy Eliy Stilo - qadimgi rim grammatigi, Varron va Sitseronlarning ustozi. 27. Lot., �Agar Muzalar lotincha gapirishni ixtiyor etganlarida, ular Plavt uslubida gapirgan bo'lur edilar�; �donishmand Marko Varron - Mark Terensiy Varron nazarda tutiladi. 28. Perikl (taxm. mil.av. 495-429 yy.) - Afina davlatining buyuk siyosiy arboblaridan biri, notiq. 29. Avgust (mil.av. 63-mil.14-yy.) - birinchi Rim imperatori. 30. Yun., �ustozlar� 31. �Eski komediya� - bu tushuncha Aristofan tipidagi komediyalarga nisbatan qo'llanadi, uni Skaliger va Uyg'onish davrining boshqa tanqidchilari rim satirasining prototipi deb bilganlar. Eski komediya �yangi komediya�ga - Menandr, Plavt, Terensiylarning asarlariga qarshi qo'yiladi. Skaligerga ko'ra, eski komediya asosan o'zining o'ta keskinligi va muallif hurujlarining shaxsiy yo'naltirilgani bilan farqlanadi. Literaturn�e manifest� zapadnoevropeyskix klassitsistov.- M.,1980.- s.174-201 Ioaxim dyu Belle �Fransuz tili himoyasi va madhi� 1 ... tillar misoli giyohlar, butayu daraxtlar singari o'z-o'zicha unib, birisi zahilu nimjon, boshqasi durkunu baquvvat, inson tafakkuri yukini ko'tarishga qobil bo'lib o'smaydilar; yo'q, ularning qudrati insonlarning irodasi va istagi bilan vujudga keltiriladi. 2
3 Mazkur da'volar, mening fahmlashimcha, xolis baho berishga qodir kishilarni hyech kim, ayniqsa, fransuz tilini o'z ona tilisi deb bilgan hamda na yunonlar va na lotiniylardan hyech bir jihatda past turmaydiganlar bu tilni, garchi g'animlarimiz va bunga hyech bir haqqi yo'q odamlar uni yovvoyilar tili deb atasalar-da, bu tilni aslo pastga urmasligi lozimligiga ishontirishga qobildir. 4
(1-kitob, 3-bob) 5 Men milliy tilimizni hozirgi holatida na tuban, va na manfur deb bilmayman, yunon va lotin tillarining gerdaygan muhiblari (ular hatto ishontirish ilohasi Peyfo bo'lganlarida ham) singari arzirli narsalarni faqat xalqqa tushunarsiz xorijiy tillardagina ifodalash mumkin deb o'ylamayman ham. Kimki yaxshiroq razm solsa ko'radiki, bizning fransuz tilimiz boshqa tillardan olingan o'zlashmalarni aniq ifodalay olmaydigan darajada qashshoq yoki fidoyi kishilarning mahorati va jonboziligi orqasida ham tafakkurning munosib mevalarini berolmaydigan darajada bemahsul emas, faqat agar o'z vatanini sevgan va o'zini qadrlagan kishilar bu ishga astoydil kirishsalar. 6
7 Men buni yuqoridagilarning izohi uchun aytmoqdaman: qadimgilar o'zlariga ona suti bilan singdirgan tilda so'zlashganlar, bu tilda olimu omi - agar birgina farqni, ularning fanlar va notiqlik san'atini egallaganlari boshqalarga qaraganda ulug'vorroq so'zlaganlarini aytmasak - birdek fikr almasha bilganlar. Shu bois bu saodatli davrlar yaxshi shoirlaru notiqlarga boy edi. Shu bois hatto ayollar ham notiqlik va olimlik sharafiga sazovor bo'lganlarki, masalan, Safo, Korinna, Korneliya va minglab boshqalarining nomlari yunonlar va rimliklar haqidagi xotiramizga bog'lanadi. Xomtama bo'lmang, taqlidchilar - o, mute poda,- Siz ular erishgan mukammallik cho'qqisini zabt etolmassiz: axir, Siz ularning tilini ulkan mashaqqatlar bilan o'zlashtirdingiz, buning uchun umringizning eng yaxshi qismini sarf etdingiz. Siz milliy tilimizni faqat shuning uchun mensimaysizki, uni bolalikdan va yo'l-yo'lakay o'rganamiz, boshqa tillarni o'zlashtirish esa mehnat va mashaqqatni taqazo etadi. Agar u ham yunon va lotin tillari singari o'lik bo'lib, faqat adabiyot bag'ridagina yashab turganida, , uni o'rganish ham yunon va lotin tillarining o'rganilishi kabi qiyin bo'lishi muqarrar bo'lur edi. Men �qiyin� so'zini atayin ishlatdim, zero, insonga xos qiziquvchanlik kishilarni noyob va erishilishi qiyin narsalar ortidan quvib yurishga moyil etadi; holbuki, mushk anbaru munaqqash toshlar inson hayotida oddiy non va may kabi muhim emas. Men bir tilni tushunilishi qiyin bo'lgani uchungina boshqasidan yaxshiroq deb hisoblashga hyech bir asos ko'rmayapman, faqat agar siz Likofron kamroq tushunarli bo'lgani uchun Gomerdan, Lukretsiy esa xuddi shu sababga ko'ra Vergiliydan yuksakroq turadi demasangiz. 8 Men tilimizni o'ta yuksakka ko'tarmayman, sababi, bizda hali na o'z Sitseronlarimiz, na o'z Vergiliylarimiz bor; biroq shunday demoqqa jur'at qilamanki, agar xalqimizning fozil kishilari o'z tillarini rimliklar lotin tilini qadralaganlari kabi yuksak qadrlaganarida edi, u ma'lum vaqtdan so'ng eng mashhur tillardan biriga aylangan bo'lur edi. 10
11 ... sof fransuzcha so'zlarni qo'lla, biroq ular o'ta oddiy ham, o'ta g'ayri odatiy ham bo'lmasin; ba'zan esa, misoli uzukka qimmatbaho toshlardan ko'z qadagandek, ko'hna so'zlarni ishlat, bunda "olli" o'rniga "illi", "aulai" o'rniga "aulae" tarzida so'z qo'llagan Vergiliydan o'rnak ol. Buning uchun qadimgi fransuz romanlari va virshalariga bir qur nazar solishing kifoyaki, ularda "faire jour" o'rnida ishlatish uchun "ajourner"(bu so'zdan bizning qonunshunoslarimiz foydalanadilar) "faire nuyt" o'rniga "anuyter", "frapper ou on visait" (ya'ni, qulochkashlab urmoq) o'rniga "assener", "leger" o'rniga "isnel" kabi minglab sara so'zlarni topa olasanki, ularni biz o'zimizning loqaydligimiz orqasida yo'qotganmiz. 12
13 Nima uchunbiz o'zgalarga shunchalar mahliyo bo'lamiz? Nima uchun o'zimizga nisbatan shunchalar adolatsizmiz? Nima uchun xuddi o'z tilimizdan or qilgandek o'zga tillardan sadaqa tilaymiz? 14
Xrestomatiya po zarubejnoy literature. Epoxa Vozrojdeniya. M.:Uchpedgiz, 1959.- S.588-593 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling