G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar
Download 0.55 Mb.
|
G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar-fayllar.org
Per Daniel YueRomanlarning paydo bo'lishi haqida risola Janob Segrega <...> Ilgari roman deb faqat nasrda yozilgan romanlarni emas, ko'proq she'riy yo'lda yozilgan romanlarni hisoblashgan. Jiraldi va uning shogirdi Pinya o'zlarining risolalarida hyech qanday romanlarni deyarli tan olishmaydi va namuna sifatida Boyardo va Ariostolarning poemalarini ko'rsatishadi. Biroq hozirgi kunda aksincha odat ustun keldi, biz endi roman deb o'quvchilarga zavq bag'ishlash va o'git berish maqsadida nasrda mahorat bilan yozilgan to'qima sevgi tarixini ataymiz. Mening to'qima deyishimdan muddao ularni haqiqiy tarixlardan farqlash uchun, sevgi deb qo'shib qo'yganim esa shuning uchunki, sevgi romanning asosiy mavzusi bo'lishi lozim. Davrimizning odatiga muvofiq bu tarixlar nasrda bayon qilinishi, mahorat bilan va muayyan qoidalar asosida insho qilinishi lozim, chunki aks holda shaklsiz bir uyum hosil bo'ladiki, unda na tartib va na go'zallik bo'lmaydi. Romanning bosh maqsadi yoki hyech bo'lmasa, romannavislar ko'zlashi lozim bo'lgan bosh maqsad - o'quvchilarga har doim ezgulikning taqdirlanishi va yovuzlikning jazo topishini ko'rsatish orqali o'git berish. Biroq inson aqli tabiiy ravishda o'gitga qarshi bo'lishi, xudparastlik esa uni nasihatlarga qarshi isyonga undashi sababli, o'quvchini huzur bilan o'ziga jalb etib va nasihatlarning jiddiyligini misollarning go'zalligi bilan yumshatgan holda undagi kamchiliklarni o'zganing misolida qoralash orqali tuzatish lozim. Shunday qilib, o'quvchini xushvaqt qilish go'yo mahoratli romannavis o'z oldiga qo'ygan maqsaddek tuyulsa-da, bu faqat asosiy maqsadga tobe bo'lgan maqsad, bosh maqsad esa aqlga o'git berish va xulq-atvorni tuzatishdan iboratdir; romanlarning qay darajada to'g'ri yo noto'g'riligi mazkur ta'rif va maqsadga qay darajada yaqin yo uzoqligi bilan belgilanadi. Men Siz bilan faqat shunday romanlar haqida suhbat qilishni niyat qilaman va o'ylaymanki, Sizning qiziqishlaringiz ham ushbu doiradan chetga chiqmaydi. Shunday qilib, men bu yerda she'riy romanlarga, shuningdek, garchi romanlar bilan juda katta o'xshashliklarga ega bo'lishiga qaramay, ayni chog'da she'riy yo'lda yozilishidan boshqa ham muhim farqlarga ega bo'lgan epik poemalarga to'xtalmayman. Aristotelning asosini Platon qo'ygan, keyincha Goratsiy, Plutarx va Kvintilianlar tomonidan qabul qilingan ta'rifiga (maksimasiga) ko'ra, shoirni she'r to'qigani uchun emas, ko'proq obraz yaratgani uchun shoir deb atalishini nazarda tutgan holda, romannavislarni shoirlar sirasiga kiritish mumkin bo'lur edi. Petroniy1 aytadiki, poemalarda xudolarning ko'magi bilan dadil va erkin tilda majozlar orqali fikrlashmoq kerak, toki ularni voqyealarning aniq va to'g'ri bayoni deb emas, jazba holatidagi aqlning bashorati deb qabul qilsinlar. Romanlar bunga qaraganda soddaroq, bunchalik ulug'vor va badiiy niyat ham til jihatlaridan bunchalik majoziy emas; poemalarda, garchi ular har doim haqiqatga monand bo'lsa-da, mo'jizaviylik ko'proq, romanlarda ham ba'zan mo'jizaviylik uchrasa-da, ularda haqiqatga monandlik ko'proq; poemalar tartibga solingan va qat'iy kompozitsiyaga ega, ular kamroq materialni, voqyea va epizodlarni qamrab oladi; romanlarda bularning bari ko'proq, chunki u qadar ulug'vor va majoziy bo'lmagani bois ular aqlni toliqtirmaydi, bu bilan unga ko'proq turli g'oyalarni sig'dirish imkonini beradi; nihoyat, poemalarning mavzusi biron-bir jang yoki davlat ahamiyatidagi voqyea bo'ladi, ularda sevgi haqida o'rni kelib qolsagina gapiriladi, romanlarda esa, aksincha, sevgi asosiy mavzu bo'lib, siyosat va urushlar haqida faqat bahona tug'ilib qolsagina so'z boradi. Men qoidalarga muvofiq keladigan romanlarni nazarda tutyapman, chunki eski fransuz, italyan va ispan romanlarida sevgi haqida jang-jadallardan ko'ra kamroq hikoya qilinadi, ayni shu hol Jiraldini go'yo �roman� atamasi yunoncha kuch va jasoratni anglatuvchi so'zdan kelib chiqqan, axir bu kitoblar paladinlarning qudrati va jasoratini madh etish uchungina yozilgan, deb o'ylashga majbur qiladi, biroq Jiraldi, buni Siz keyinroq ko'rasiz, bu o'rinda adashadi2. Shuningdek, men bu yerda Gerodot va Kteziylarning3 tarixlari, Filostratning �Gannonning dengiz sayohatlari�, �Apolloniyning hayoti�, Simeon Metafrast4 haqiqatning yuziga parda tortib ko'rkamlashtirgan avliyolar holotlari va shu kabi boshqa ko'plab kitoblar, ko'pchilik tan olganidek, to'qima salmog'i ko'proq bo'lgan tarixiy rivoyatlar haqida so'z yuritmayman. Bu asarlar butun holicha olganda haqiqat va ayrim qismlarigina to'qima; romanlar esa, aksincha, ayrim qismlaridagina haqiqat va butun holicha olganda to'qima. Birlarida haqiqatga ozroq to'qima aralashgan, boshqalarida to'qimaga haqiqat zarrasi qo'shilgan; boshqacha aytsak, mazkur tarixlarda haqiqat salmoqli, romanlarda esa to'qima shunchalar salmoqliki, ular hatto to'laligicha,- butunicha ham, alohida detallarda ham to'qima bo'lishi mumkin. Aristotel ko'pchilikka ma'lum va tarixdan olingan voqyea syujet bo'lib xizmat qilgan tragediya mukammalroq, chunki u syujeti yangi va to'laligicha to'qima asosiga qurilgan tragediyadan ko'ra haqiqatga monandroq deb uqtiradi, shunga qaramay, u tragediyaning keyingi xilini ham qoralamaydi. Aristotel tragediya syujeti tarixdan olingan holda ham, u ko'pchilik tomoshabinlar uchun noma'lum va yangi bo'lib qolaverishini, ayni paytda ularga huzur berishdan to'xtamasligini nazarda tutadi. Xuddi shu fikrni romanga nisbatan ham aytish mumkin, faqat shu farq bilanki, boshdan oyoq to'qilgan syujet o'z ishlari bilan mashhur va xotirada qolgan ulug' odamlar - podshohlar va jahongirlar harakat qilgan romanlarga qaraganda qahramonlari o'rta tabaqaga mansub maishiy-axloqiy romanlarga ko'proq muvofiqdir; negaki, ulug'vor voqyealarning odamlardan pinhon va tarixchilar nazaridan chetda qolishi mumkinligi haqiqatga to'g'ri kelmaydi, tarixda har vaqt ham topilmaydigan haqiqatga monandlik esa romanda albatta bo'lishi lozim. Agar tarixchilarga nisbatan Gesioddagi Muzalarning5 haqiqatni hikoya qila olishlari bilan maqtanishlarini aytish mumkin bo'lsa, ularning o'zlari haqida yana qo'shib qo'ygan jihatlari - haqiqatga o'xshash cho'pchaklar ayta olishlarini romannavislarga taalluqli qilish mumkin. Shuningdek, men boshdan-oxir o'ylab topilgan, biroq faqat haqiqatni bilmaganlik tufayligina o'ylab topilgan ayrim tarixlarni ham romanlar sirasidan chiqaraman: jumladan, ko'pgina ham ma'rifatli va ham johil xalqlar o'zlarining afsonaviy kelib chiqishlari haqida to'qigan rivoyatlar shunday; rohib Anniy Viterbli6 tomonidan o'ta uquvsizlik bilan yozilgan va barcha bilgich kishilarning noroziligiyu nafratiga uchragan tarixlar ham xuddi shunaqa. Romanlar va bu turdagi asarlar orasida men xuddi boshqalarni xushvaqt qilish uchungina o'zgalar kiyimini kiyib yuziga niqob tutgan bezarar aldoqchilar bilan marhumlar yoki shu joyda hozir bo'lmagan kishilarning nomiyu kiyimini olib, ayrim o'xshashliklardan foydalangan holda birovning molini o'zlashtirish payida bo'lgan ablahlar orasidagi farqni ko'raman. Nihoyat, mening mavzuimga miflar ham kirmaydi, chunki romanlar - hyech qachon bo'lmagan, lekin bo'lishi mumkin bo'lgan narsalar tasviri bo'lsa, miflar - hyech qachon bo'lmagan va bo'lishi ham mumkin bo'lmagan narsalar tasviri. <...> Darhaqiqat, bizning xalqimiz (romanchilikda - tarj.) bunchalar ilg'orlab ketganiga hayron bo'lishga asos bor, biz o'zgalarga epik poeziya va tarix borasida birinchilikni boy bergan bo'lsak-da, - eng yaxshi xorijiy romanlar ham bizning eng o'rtamiyona romanlarimiz bilan arang tenglasha oladi. Mening nazarimda, bu ilg'orlik bizning nozik xushmuomalaligimiz tufaylidirki, u, fikrimcha, Fransiyada erkaklar ayollarga taqdim etgan katta erkinlikning natijasidir. Italiya va Ispaniyada ayollar deyarli asira maqomidalar va erkaklardan shunday to'siqlar bilan ajratilganlarki, ular bilan juda kam ko'rishiladi va deyarli gaplashilmaydi, shunday qilib ayollarni latif rom etish san'ati u yerlarda unutilgan, axir buning uchun imkoniyat juda kam tug'iladi; erkaklarning butun sa'y-harakati qiyinchiliklarni yengib o'tib ma'shuqa bilan uchrashish maqsadiga qaratilgan, bunga erishgach esa vaqtni tashqi shartliliklarga sarf etmay, undan unumli foydalaniladi. Biroq Fransiyada ayollar vijdon amri bilangina yashaydilar va iffat hamda o'z qalblaridan o'zga himoyaga ega bo'lmaganlari holda, ulardan barcha qal'ayu panjaralar va duenyalarning hushyorligidan ko'ra mustahkam va ishonchliroq to'siq yaratib olganlar. Erkaklar bu to'siqni xushmuomalilik bilan yengib o'tishga majbur edilar va ular bu to'siqni olib tashlash uchun shuncha sa'y-harakat va ustomonlik sarf etdilarki, oqibat boshqa mamlakatlarda deyarli noma'lum bo'lgan butun boshli san'atni yaratdilar. Ayni shu san'at tufayli fransuz romanlari boshqalardan farqlanadi va ularning o'qilishi shunchalar huzur bag'ishlaydiki, boshqa foydaliroq kitoblardan voz kechishga majbur qiladi. Bu tuzoqqa birinchi bo'lib ayollar tushdilar: ular saboqni tamomila romanlardan olishga o'tdilar va qadimgi mifologiya hamda tarixga shunchalar bepisand qaray boshladilarki, endi benazir go'zalligi mifologiya va tarixlarga asoslangan kitoblarni tushunmay ham qoldilar. O'zlari ko'p bor tan olishga majbur bo'lgan johilliklari tufayli qizarmaslik uchun ular, fazlu kamoli Fransiya va Italiyaga sharaf keltirgan uchala Margarita7 va boshqa ko'plab ayollarni tamom unutib, bilmagan narsalarini o'rgangandan ko'ra uni qoralagan afzalroq deb hisobladilar. Erkaklar ham ayollarga yoqish maqsadida ulardan ibrat ola qoldilar. Ular ham ayollar qoralagan narsalarni qoraladilar va Malerb zamonida ham yaxshi tarbiyaning ajralmas qismi deb hisoblangan narsaga pedantizm nomini taqadilar. Shoirlar, ularning ortidan esa barcha fransuz yozuvchilari o'z faoliyatlarida egallagan bilimlarini tatbiq etishdan butkul voz kechishga majbur bo'ldilar. Shunday qilib, yaxshi ibtido juda yomon intihoga olib keldi, romanlarimizning go'zalligi so'z san'ati saltanatida nafrat uyg'otdi, ularni johillik dunyoga keltirgani bois, ular, o'z navbatida, johillikni vujudga keltirdilar. Men shu tufayli roman o'qishni, agar buni suiste'mol qilinmayotgan bo'lsa, umuman taqiqlashni talab qilmayman. Eng yaxshi narsalar dunyoda har vaqt qandaydir yomon oqibatlarga ega, romanlarda johillikdan ko'ra yomoni ham bo'lishi mumkin; men ularning nimada ayblanayotganini bilaman: ular tufayli xudojo'ylik susaymoqda, ular yomon ehtirosu mayllarni yuqtirmoqda, ular axloqni buzmoqda. Bularning hammasi bo'lishi mumkin va ba'zan shunday bo'lmoqda ham. Biroq illatli aqllar nimani ham yomonlikka do'ndirishga qodir emas ekan? Zaif tana o'z-o'zini zaharlaydi va har neni zaharga aylantiradi, - bundan juda ko'p zararli misollar keltirilgan tarixni ham, go'yo xudolar o'z jinoyatlari bilan gunohlarga fatvo bergandek ko'rinadigan miflarni ham bilish kerak emas, degan xulosa chiqarish mumkin bo'lur edi. Majusiylarda ommaviy sig'inish ob'ekti bo'lgan haykal yosh bir yigitning ishqi va umidsizligi predmetiga aylangan8; Terensiyning Xereyi va Petroniyning Enkolpiylari9 xudolarning ishqiy mojarolari tasvirlangan suratlarni ko'rib illatli maylu niyatlarida muqimlashdilar; bu, ehtimol, tomoshabinlarda hurmat uyg'otgan bo'lsa kerak. Yunon va eski fransuz romanlarining aksariyatda axloqning yaxshilarga munosib bo'lishiga kam e'tibor berilgan, bu o'sha romanlar yaratilgan davrning illatli ekani bilan izohlanadi. Bu masalada italyanlar ham ortiqcha injiq emaslar va men Tasso bilan Gvarinilar shunchalar nozik tab' bo'lganlari holda o'z pastorallaridagi beadablik va qochirimlarning tubanligini, ular asarlaridagi go'zallikni xiralashtirayotganini his qilmaganlarini tushuna olmayman10. Hatto �Astreya�11 va undan keyin paydo bo'lgan ayrim fransuz romanlari ham, har holda, butkul axloqsiz emas, biroq zamonamiz romanlari, men ularning eng arzirlilarini nazarda tutyapman, bu nuqsondan shunchalar yiroqki, ularda iffatli quloqni yoqimsiz lol etishi mumkin bo'lgan biron bir so'z yo jumla, bokiralikni haqorat etishi mumkin bo'lgan biron bir voqyea topilmaydi. Biz ularda ikkita fazilatga duch kelamizki, ular tufayli, Fotiyning12 fikricha, romanlarni o'qishdan keluvchi asosiy foydani chiqarib olishimiz mumkin: biz ularda axloqsizlik va behayolik uzoq va behuda tantanadan so'ng sharmisorligu baxtsizlik bilan yakun topganini, halollik va ezgulik esa uzoq tazyiqlardan so'ng, aksincha, e'zozlangani va madh etilganini ko'ramiz. Yovuzlikka mutlaqo moyil tayyor bo'lgan qalb yanglish tushunilgan va nojoiz misollardan o'ziga tayanch topadi, u illatning oqibatini bilishni istamagani holda, faqat birlamchi jozibasinigina ko'radi. Uning uchun hazar qilishga loyiq ehtirosning tug'ilishi va rivoji - nedir haqiqiy va taqlid qilishga loyiq narsa, intihodagi sharmisorlik esa - to'qima. Bunday chalkashtirishning sababi kitobda emas, o'quvchining illatli mayllaridadir. Agar menga romanlarda sevgi haqida shu darajada nazokat va ehtiyot bilan hikoya qilinadiki, bu xavfli hisga maftunlik ayrim yosh qalblarga osongina kirib boradi, desalar, javoban aytaman: jamiyatda yurgan yosh qizlarimiz uchun bu his haqida tasavvurga ega bo'lish nafaqat halokatli emas, aksincha,- jinoyatkorona hisga duch kelganlarida u qo'ygan domlarni fahmlab olishlari va undan o'zlarini tortishlari uchun ham, pokiza maqsadli va muqaddas hisga duch kelganlarida o'zlarini munosib tuta bilishlari uchun ham, - qaysidir ma'noda zarurdir. Bu mutlaq haqiqatdir, zero, sevgi haqida oz bilganlarning unga asir bo'lish xavfi yuqoriroq ekani, sevgida hyech narsani tushunmaydiganlarning esa ko'proq aldanib qolishi tajribada isbotini topgan. Bunga yana yaxshi romanlarning o'qilishigina yosh aqllarni universitet zangidan tozalashi, uning rivojlanishiga xizmat qilishi va uni jamiyat o'zidan talab etayotgan sifatlarga ega qilishini qo'shing. Romanlar - gapirmaydigan tarbiyachilar, ular kollej o'qituvchilari bilan o'rin almashib, ko'p bilim berish va ko'proq ishontirishaga qodir metod asosida yoshlarni qanday gapirish va qanday yashashga o'rgatadi, yoshlarni hanuz qoplab turgan maktab changini puflab tozalashadi. Men faqat oliy jamiyatda harakat qilish taqdir qilingan yoshlarni nazarda tutamanki, o'sha jamiyatda ular kulgili ko'rinmasligi kerak va mabodo xushmuolalalik qo'llovchi tilni tushunmaganlarida, ular bunaqa ahvolga tez-tez tushishlari muqarrar bo'lur edi; faqir odam panada tarzida yoki xonanishin umrguzaronlik qilish taqdir qilinganlar uchun esa sevgi va uning makru xiylalarini bilish mutlaqo foydasizdir. Goratsiy aytadiki, Gomerning �Iliada�si axloq-odobga eng teran faylasuflardan ko'ra yaxshiroq va ishontiribroq o'rgatadi13. Agar romanlar haqida shuning aynan o'zini aytib bo'lmasa, o'ylashimcha, unda romanlarga, hyech bo'lmasa, Plutarxning poeziyaga nisbatan aytilgan poetik shakl bilan bezalgan falsafiy ta'limot yosh qalblarga o'zining jiddiy yalang'och holicha berilganidan ko'ra ravonroq yo'l topadi degan so'zlarini taalluqli etish mumkin. Aksariyat faylasuflar o'z ta'limotlarini bayon qilish uchun miflar ko'magiga tayangan va bizni o'z nafimiz uchun aldaydigan foydamiz uydirmalarning foydaliligini xo'b maqtaganlarki, hatto sinik-faylasuf Sallyustiy ularni ilohiy deb atashga jur'at etgan: �faqat ulardan xudolar ilhomlantirgan shoirlar, xudolar orif etgan faylasuflar, ilohlarga sig'inish uchun uyushtiriluvchi diniy marosimlarning boshqaruvchilari va hatto, bashorat qilayotganlarida xudolarning o'zlari ham foydalangani uchungina emas,- deb yozadi u,- balki yana shuning uchunki, xuddi xudolar ko'rinib turgan yoki his etiladigan ezguliklarni bilishni barcha odamlarga va faqat donishmandlargagina ruhoniy ezguliklarni bilishni taqdir etganidek, miflar ham barchaga xudolarning mavjudligidan va faqat oqillargagina ilohiy tabiatning qandayligidan darak beradi; yana shuning uchunki, xudolar boshqarayotgan olamning o'zi ham mifdir, zero, unda jismlar namoyon, ruhoniy mohiyat esa pinhondir�. U yana qo'shib qo'yadiki, miflar qanchalik ma'nodan mosuvo ko'rinsa, ular sirlarni pinhon etganiga shunchalik ko'proq ishonish va o'sha sirlarga yetishga intilish darkor. Tabiblar, - ular insonning jismoniy tabiatini o'rganadilar, shuning uchun ham faylasuflar sirasiga qo'shmoq kerak, zero, qadimgi falsafa unga asoslangan ham edi,- o'zlari tavsiya etgan dorilar ro'yxatiga qalbni to'ldiradigan huzur bilan jismni davolashga qodir deb miflarni ham qo'shganlar. Qadimning mashhur tabiblaridan biri shu mulohazalardan kelib chiqqan va tajribasiga tayangan holda o'zining ayrim bemorlariga mutlaqo jiddiylik bilan miflarni o'qishni tayin qilgan14. Falsafaning bir qismi bo'lgan va undan o'z qonunlarini olgan jamiyatni boshqarish san'atining o'zi poeziyadan avvalroq miflarga munosib qimmat bergan, zero, Strabonning15 yozishicha, ularda qadimgi ilohiyot mujassam ifodasini topgan; ular avval shoirlar tomonidan emas, balki ularning foydaliligi va insonda bolalikdan voqye bo'luvchi yangilikni bilish va qabul qilishga intilish miflarga qiziqishda namoyon bo'lishini e'tiborga olgan qonunshunoslar tomonidan tan olingan; agar yangilik bilan mo'jizaviylik qo'shilsa, unda huzurbaxshlik ortadi, bu esa o'qitishning maftunkorligini ta'minlaydi; demak, bundan xo'rak misoli foydalanish muhim, ya'ni illatli mayllardan forig' etuvchi nasihatning taxir dorisini odamlarga ichirish uchun piyola labiga shu boldan surtmoq kerak. Hukumat romanlarni o'qishni majburiyat qilib qo'yishini talab qilish ortiqcha bo'lur edi <...> Maktablarda qadimgi poemalar,- ularda tuban va beparda jumlalar to'lib yotgani va dinimizning muqaddasligiga, ba'zan esa yaxshilarga munosib axloqqa zid keluvchi misollar borligiga qaramay,- o'qilayotgani va hyech hayiqmay eng g'o'r yoshlarga taqdim etilayotgani kabi, romanlarni ham ovoz chiqarib o'qilishini istash ham ortiqcha bo'lur edi. Biroq romanlar uchun bir narsani, ular kamtarlik va bokiralik qoidalariga amal qilgan hollarda tanqidchilarning chidam bilan munosabatda bo'lishlarini; ularga go'yo teatr yoki balga,- ballar haqida davrimizning ulug' va avliyo yepiskopi o'zi tartib bergan or-nomus qoidalarida aytadiki, bular o'z holicha yaxshi ham, yomon ham bo'lmagan xushvaqtlik, yaxshi yo yomon bo'lishi esa ulardan qanday foydalanilishiga bog'liqdir, - qaragandek qarashlarini talab qilishga hali kech emas. Agar shu anjumanlar haqida,- ochiqchasiga xushtorlik qilinadigan, qalbning darichalari bo'lmish ko'z va quloqlarni dunyoda eng bema'ni narsalardan ehtiyot qilish mumkin bo'lmagan, ishqiy predmetlarning mavjudligi yurakni ulkan xavfga duchor qiladigan yig'inlar haqida shunday muhokama yuritgan ekan, men uning axloqqa zid bo'lmagan romanlarni,- faqat tasavvurga ta'sir qiladigan, bironta bo'shroq va yomon muhofazalangan qalbni titratib, uni sevishga undaganida ham xayolot bilangina cheklanadigan romanlarni o'qish bundan xavfliroq deb hisoblashi mumkinligiga ishona olmayman. Shunga ko'ra, men Platonning fikriga, uning miflar orasidan yaxshilarini tanlab olib, yomonlarini inkor qilish bilan shug'ullanadigan mifshunoslar bo'lsa, degan istagiga to'la qo'shilgan bo'lur edim. Izohlar: 1. Petroniy (vafoti 66 yil) - Rim yozuvchisi, �Satirikon� muallifi. 2. �keyinroq ko'rasiz� - Yue o'z risolasining ushbu nashrda tushirib qoldirilgan bo'limlarini nazarda tutadiki, ularda zamonaviy roman antik davrlarda vujudga kelgani, o'rta asrlar va uyg'onish darida rivojlanganini ko'rsatadi. 3. Kteziy (mil.av. V asr) - yunon tarixchisi va hakim, Eron va Hindiston tavsiflari muallifi. 4. Gannon (mil.av. V asr) - karfagenlik dengizchi; Filostrat (175-249) - yunon adibi, �Appoloniyning hayoti� romani muallifi; Simeon Metafrast (X asr) - vizantiya yozuvchisi, uning �Avliyolar hayoti� nomli asari keyin yaratilgan ageografik asarlar uchun namuna bo'lib xizmat qilgan. 5. Gesiod �Teogoniya� poemasida o'zining shoirlikka qabul qilinishini tasvirlaydi. Beotiyadagi Gelikon tog'ida istiqomat qiluvchi Muzalar o'z san'atlari haqida �Bizlar yolg'onni ayni haqiqat tarzida hikoya qilishga ko'p mohirmiz. Ammo, agar istasak, unda haqiqatni ham hikoya qila olamiz� deyishadi. 6. �Anniy Viterbskiy tomonidan o'ta uquvsizlik bilan yozilgan ... tarixlar� - Anniy Viterbskiy (1432-1502), dominikan rohibi, risolalar, Salb yurishlari targ'ib etgan nutqlar to'plamlari, Apokalipsisga yozilgan sharhlar muallifi. 1498 yilda Rimda nashr qilgan matn fragmentlarini qadimgi tarixchilarniki deb da'vo qilgan, aslida esa ular apokriflar bo'lgan. 7. �sharaf keltirgan uchala Margarita� - bu o'rinda Margarita Navarskaya (1492-1549) - fransuz qiroli Fransisk I ning singlisi, taniqli adiba va shoirlar homiysi; Margarita Fransuzskaya (1523-1574) - Fransisk I ning qizi, Savoyya gersoginyasi, shoirlarga ko'p homiylik qilgan; hamda Margarita Valua (1552-1615) qirol Genrix II ning qizi va Genrix IV ning birinchi xotini, shoira va shoirlar homiysi nazarda tutiladi. 8. Bu haqda Terensiyning �Bichilgan qul� asarida so'z boradi. 9. Enklopiy - Petroniyning �Satirikon�idagi asosiy hikoyachi. 10. Tassoning �Amnita� va Gvarinining �Vafodor cho'pon� pastorallarida satirlar - xirsga berilgan maxluqlar personaj sifatida ishtirok etgan epizodlar mavjud. 11. �Astreya� - XVII asr boshlarida yaratilgan fransuz adibi Onore d�Yurfening (1568-1626) mashhur romani. 12. Fotiy (820-891) - vizantiyalik cherkov arbobi, adib va adabiyot bilmdoni, diniy va dunyoviy matnlar sharhlovchisi. 13. Qarang: Goratsiy. Poslaniya, I, II 14. Gap Feodor Priskaniy (IV asr oxiri), hakim, �De diacta�, �De pfisicis� nomli asarlar muallifi haqida bormoqda. 15. Strabon (I asr) - yunon yozuvchisi, �Geografiya� kitobining muallifi. Literaturn�e manifest� zapadnoevropeyskix klassitsistov. M.,1980.- S.412-418 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling