G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari” Reja
O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimiga o’tish shart-sharoitlari va afzalliklari
Download 50.88 Kb.
|
G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimiga o’tish shart-sharoitlari va afzalliklari
Reja:
O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimiga o’tish shart-sharoitlari va afzalliklari Davlat byudjeti g’azna ijrosining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari G’aznachilik tizimi faoliyatining tashkiliy elementlari O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimiga o’tish shart-sharoitlari va afzalliklari Jahon tajribasida davlat byudjeti ijrosining bir nechta shakllari amal qiladi: Davlat byudjetining kassaviy ijrosi; Davlat byudjetining g’azna ijrosi; Davlat byudjeti ijrosining aralash tizimi. Davlat byudjetining kassaviy ijrosi sharoitida Markaziy bank va uning topshirig’iga muvofiq tijorat banklari davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradilar. “Byudjet tizimi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga muvofiq, “Davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Davlat byudjetining kassa ijrosi operatsiyalarini banklar Markaziy bankning topshirig’iga binoan bajaradi. Byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari ularning hisobvaraqlaridagi byudjet mablag’lari qoldiqlari doirasida to’lov topshiriqnomalari bo’yicha amalga oshiriladi”. Lekin, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida byudjet ijrosida bank tizimidan foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqardi: byudjet daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi axborotlarning etarli darajada operativ (tezkor) emasligi; daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va byudjetning hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois byudjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi; Soliq daromadlarining byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi; byudjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to’lovlar summalari ko’rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi; byudjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmayotgan byudjet mablag’larining turib qolishi; byudjet mablag’larining ajratilishi bilan ularning so’nggi iste’molchilarga etib borishigacha bo’lgan vaqtning uzoqligi; davlat mablag’lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib borishi bilan ulardan oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy monitoringning zarurligi va boshqalar. Sanab o’tilgan holatlar davlat byudjetining kassaviy ijrosidan g’azna ijrosiga o’tishning zarurligini belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida” 2002 yil 26 aprelda 144-son Qarorining qabul qilinishi O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g’azna ijrosini joriy qilish va g’aznachilik tizimini shakllantirishdagi dastlabki qadam bo’ldi. Mazkur loyihani amalga oshirishga Xalqaro tiklanish va taraqkiyot banki tomonidan 400,0 ming AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratildi. Qarorda aytilishicha, Yaponiya hukumati tomonidan O’zbekiston Respublikasida moliya axborot tizimining funktsional va texnikaviy tuzilmasini ishlab chiqishga 500,0 ming AQSh dollari miqdorida grant berilishi bildirildi. Mazkur loyihaning maqsadi davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag’larining samarali sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iboratdir. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan mazkur loyihani tayyorlashga 400,0 ming AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratildi. Yaponiya hukumati moliya axborot tizimining funktsional va texnikaviy tuzilmasini ishlab chiqishga 500,0 ming AQSh dollari miqdorida grant berishni ma’qulladi. Ko’rsatib o’tilgan loyihani amalga oshirish yuzasidan mas’uliyat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatildi. Loyihani tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi. Bu kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha monitoring olib borish; loyiha doirasida jalb etiladigan vakolatli organlar, konsalting kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish; loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun jalb etiladigan mablag’lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash; tender savdolari o’tkazish bo’yicha qarorlar qabul qilish va ularning natijalarini ma’qullash, tegishli tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash; ekspertizalar o’tkazish va jalb etilayotgan konsultantlar va ekspertlar hisobotini ma’qullash. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihani tayyorlashga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun 4 kishidan iborat vaqtinchalik ishlaydigan ishchi guruhi tuzishga, ularga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag’lari hisobidan milliy valyutada ish haqi to’lashga ruxsat berildi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Ichki ishlar vazirligining buyurtmalariga binoan, loyihani tayyorlash va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmasdan ko’p martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishi ta’minlandi. Bu amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida 2005 yilda dastlabki loyiha Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida g’aznachilik tizimining faoliyat ko’rsatishi tajriba tariqasida sinab ko’rilishi mo’ljallandi. Davlat byudjeti ijrosining g’azna tizimiga o’tish chora-tadbirlarini o’z vaqtida amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Samarqand viloyatida, jumladan, respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim byudjet tashkilotlari ishtirokida, tajriba loyihasini 2005 yildan boshlab amalga oshirishga ruxsat berildi. Byudjetni g’aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari mavjud: qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash; davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish; davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismini kassali ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o’tkazish; tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar etkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish; moliya organlari tomonidan byudet xarajatlarini o’z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan su’istemol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish; byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag’larini g’aznachilik hisobraqamidan to’g’ridan-to’g’ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o’tqazish natijasida pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni qisqartirish; g’aznachilik tizimining bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida g’aznachilik tizimidagi byudjet mablag’larini tezkor ishlatish. Download 50.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling