G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari” Reja


Download 50.88 Kb.
bet6/7
Sana24.02.2023
Hajmi50.88 Kb.
#1227291
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

G’aznachilik organlari. G’aznachilik yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan, Moliya Vazirligiga bo’ysunadigan davlat organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qorag’alpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi. G’aznachilikning hududiy organlari huquqiy shaxs maqomiga ega emas. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
Islohotlar jarayonida byudjet tashkilotlari, yuridik shaxs maqomini olgan tashkilotlar aniqlanadi. Har tomonlama axborot bilan ta’minlash uchun byudjet tasnifidan foydalaniladi. G’aznachilikning Bosh Boshqarmasi byudjetni shakllantiradi va barcha byudjet tashkilotlari faoliyatini boshqaradi. G’aznachilik byudjetdan mablag’ oluvchilardan boshqarish funktsiyalarini tortib olmaydi, byudjetning bajarilish jarayonini yaxshilash uchun ularni yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi. Byudjet tasnifi bo’yicha berilgan xarajatlar to’g’risidagi axborotlar butun yil bo’yi xarajatlar tendentsiyasini va xarajatlarni amalga oshirish uchun qo’shimcha kerak bo’ladigan ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi. G’aznachilikning faoliyat ko’rsatishi naqd pullarni to’g’ri va samarali boshqarish yo’li bilan byudjetga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Darmomadlar rejasi bajarilmagan holatda boqimandalik muammosini echishga harakat qiladi.
Xorijiy mamlakatlar tajribalari ko’rsatadiki, g’aznachilikning asosiy vazifalari bir-biriga o’xshaydi:

  1. Davlat byudjetining kassali ijrosini amalga oshirish.

  2. Davlatning moliyaviy aktivlarini boshqarish.

  3. Davlat qarzlarini boshqarish.

  4. Davlatning moliyaviy resurslari hisob-kitobini yuritish, yig’ish, ishlash, tahlil qilish tizimining faoliyat ko’rsatishini ta’minlash.

  5. Davlat moliyasining holati to’g’risida doimiy ravishda hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilish.

  6. Moliyaviy nazoratning qoidalarini va mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish.

  7. Davlat moliyasi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Moliya vazirligiga berilgan huquqlar doirasida byudjet tashkilotlari moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish.

“Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi № 664-II-son Qonunga muvofiq esa G’aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  • Davlat byudjetinining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish;

  • Davlat byudjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisob raqami, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish;

  • byudjet tashkilotlarining tovarlar etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan kapital qurilish bo’yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o’rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro’yxatdan o’tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;

  • byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda qoidaga ko’ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;


Download 50.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling