Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/81
Sana14.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1460617
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
GENETIKA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


“Nursux Nuri”ATM Mirzayev Husniddin 
 
 
IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARIYASI 
1 Genlarning to’liq birikan xolda irsiylanishi 
Genlarning xromosomada joylashishi, ulaming keyingi avlodlarga o‘tish qonuniyatlarini birinchi bo‘lib amerikalik olim 
T.G.Morgan (1866—1945) o‗rganib, irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi. 
Morgan va uning shogirdlari 1909-1911 - yillarda Mendel qonunlarini xromosomalar asosida o‗rganib, belgilarning mustaqil taqsimlanish 
qonuniyatiga o‗zgarishlar kiritish kerak, degan xulosaga keldilar.Chunki genlar nasldan-naslga alohida-alohida holda o‘tmasdan, balki 
birikkan holda, ya‘ni guruh-guruh bo‘lib o‗tar ekan. 
Genlarning birikishi. Genlarning birikishi deganda ularning bir birlari bilan birikkan holda nasldan-naslga o‗tishi tushuniladi. Genlarning 
birikkan holda nasldan-naslga o‗tishini Morgan drozofila (meva) pashshasida o‗rgandi.  
Bu pashshalarni laboratoriya sharoitida saqlash va osonlik bilan ko‗paytirish mumkin. 
Drozofila pashshasi tanasining: 
 
Qora rangda bo‗lishini retsessiv gen - a 
Kulrang (normadagi rang) bo‗lishini dominant gen -A, 
Rudiment (kalta) qanotni retsessiv gen — b,  
Uzun qanotni (normadagi qanot) - B gen yuzaga chiqaradi. 
Kulrang tanali, uzun qanotli (AABB) pashshalarni qora tanali, 
Kalta qanotli (aabb) pashshalar bilan chatishtirilganda birinchi avlod duragaylarining barchasi kulrang tanali uzun qanotli bo‗ladi (AaBb). 
Morgan birinchi avlod duragaylari ichidan kulrang tanali uzun qanotli (AaBb) erkak pashshalarni olib, qora tanali kalta qanotli (aabb) 
urg‗ochi pashshalar bilan chatishtirdi, ya‘ni tahlil qiluvchi chatishtirish o‗tkazdi. Geterozigotali erkak (AaBb) pashshalarda genlarning 
erkin taqsimlanishi tufayli 4 xil gametalar hosil bo‗lib, ularning tuxum hujayralar bilan qo‗shilishidan keyin paydo bo‗lgan duragaylaming 
nisbati quyidagicha, ya‘ni 1 : 1 : 1 : 1 bo‗lishi kerak edi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling