Diduragay irsiylanishi (oraliq) ga oid mustaqil yechish uchun
masalalar.
1-masala. Nigohdagi ayolning ko’zi katta va qo’y ko’z.Erkakning ko’zi kichik va havorangli.Ularning ikki farzandidan birining ko’zi o’rtacha kattalikda bo’lib ,rangi qo’y ko’z ikkinchisining ko’zi o’rtacha kattalikda, rangi havorang .Erkak va ayol,ularning farzandlarining genotipini aniqlang.
2-masala. Og’izi o’rtacha kattalikda,ko’z oralig’i ham o’rtacha bo’lgan erkak va ayoldan tug’ulgan birinchi farzandning og’zi katta,ko’z oralig’i yaqin bo’ldi. Ikkinchi va boshqa farzandlarning ko’z oralig’i, og’iz kattaligi qanday bo’ladi ?
3-masala. Ko’zi katta,labi do’rdaygan ayoldan, ko’zi kichik, labi yupqa erkak nikohidan labi o’rtacha qalinlikda,ko’zi o’rtacha kattalikda bo’lgan farzand tug’uldi .Ota-ona va farzandlarining genotipi qanday bo’ladi ?
4-masala. Polidaktiliya, jingalak sochli yigit bilan, barmoqlar soni normal,sochi to’lqinsimon bo’lgan qiz nigohidan polidaktiliya jingalak sochli farzand tug’uldi . Keyingi farzandning normal barmoqli to’lqinsimon sochli bo’lib tug’ulishi mumkinmi?
5-masala. To’lqinsimon sochli , qora ko’zli ayol , ko’k ko’zli ,to’lqinsimon sochli erkakka turmushga chiqdi .Birinchi farzandi ko’k ko’zli,jingalak sochli bo’lib tug’uldi. Bu oilada keyingi farzand qora ko’zli , tekis sochli bo’lib tug’ulishi mumkinmi ?
6-masala. G’o’za o’simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda ,tola rangi esa qo’ng’ir va oq bo’ladi. Shohning cheklanmagan tipda bo’lishligi cheklangan tipda bo’lishligi ustidan to’liq dominantlik qiladi, tolning qo’ng’ir rangda bo’lishligi esa oq rangi ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi .
1) cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali g’o’za o’simliklari cheklangan shohli ,oq tolali o’simliklari bilan chachishtirilganda F1 da olingan o’simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va tola novvotrang bo’lgan .F1 o’simliklari o’z-o’ziga chachishtirilib ,keyingi avlod olinsa, ularning fenotipi qanday bo’ladi ?
Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang ?
2) F1da olingan o’simliklar cheklangan shohli va oq tolali o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o’simliklarni genotipini va fenotipini aniqlang ?
Do'stlaringiz bilan baham: |