Geoaxborot tizimi


Joyning uch o’lchamli modellarining turlari


Download 86.45 Kb.
bet11/12
Sana27.10.2023
Hajmi86.45 Kb.
#1727935
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
OʻZBEKISTONDA MILLIY GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMI

4. Joyning uch o’lchamli modellarining turlari

Tipga oid (tipik) uch o’lchamli modellar shaharlar planlari (reja), topografik xaritalar yoki sharhlash tavsifidagi xaritalar bo„yicha tuzib chiqiladi. Tipga oid modellar tarkibida joyning relefi yuzasi, tuzilishi, yo„l tarmoqlari ob‟ektlari, quvur o„tkazmalari, quduqlar, sfetoforlar, o„simlik qoplami ob‟ektlari, gidrografiya va boshqa oddiy shakldagi ob‟ektlar mavjud hisoblanadi.
Tipga oid modelni tuzib chiqish - bu joyning sifatli uch o„lchamli modelini xosil qilishning eng tezkorlikda amalga oshiriluvchi uslubi hisoblanadi. Tipga oid modellar relefning o„ziga xosligi va ularning balandliklarini, shuningdek elektr tarmoqlari simlarining va turli xil maqsadlarda foydalanishga mo„ljallangan quvurlar o„tkazmalarining o„zaro bir-biriga nisbatan joylashish holati kabilarni hisobga olgan holatda, ob‟ektlarning o„zaro joylashish holatini vizual usulda baholash uchun foydalaniladi.

4.1-rasm. Tipga oid modelni tuzib chiqishga misol
Alohida tarkibiy qismlar ko’rinishlarining uch o’lchamli modeli. Alohida tarkibiy qismlar ko„rinishlarining uch o„lchamli modeli joyning ob‟ektlar bilan birgalikda tavsiflanishi bo„lib, bunda ko„rinish holati yakka tartibda belgilanadi va shaharlar planlari bo„yicha tuzib chiqiladi. Alohida tarkibiy qismlar ko„rinishlarining modeli tarkibida joy relefi yuzasi, tipga oid ob‟ektlar va joyida ularning haqiqiy ko„rinishiga yaqinlashtiriluvchi hajmiy tasvirlari asosida ifodalangan ob‟ektlar (kirish qismlari, quvurlar, lift minoralari, rasmiylashtirish elementari va boshqalar bilan birgalikdagi me‟morchilik qurilmalari) kabilardan tashkil topadi.

Xulosa
Alohida tarkibiy qismlar ko„rinishlarining modelini tuzib chiqishda ushbu ob‟ektlarning semantik tavsiflari orqali tashqi ko„rinishi teksturasini berish topshirig„idan foydalanish mumkin. Ob‟ektlarning uch o„lchamli ko„rinishi tahrirlovchisi tarkibida belgilarni VRML formatidan import qilish imkoniyati mavjud bo„lib, shu sababli yakka tartibdagi ob‟ektlar ko„rinishlarining ayrim tarkibiy elementlari uch o„lchamli tahrirlovchilarda boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi mumkin va ushbu ob‟ektlarning aks ettirilishi bo„yicha turli xil tayyor namunalar (shablonlar) asosida yuklanishi ham mumkin.

Download 86.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling