Geodeziya fanidan
Download 1.21 Mb.
|
213-guruh komiljon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 .1.1-rasm. Drobieshev chizg’ichi.
I-BOB. Teodolit s’yomkasini mohiyati
1.1 Teodolit s’yomkasining tavsilotlarini tasvirlash Poligonning shimoldan janub tomon kattaligi nuqtalar abcsissasining eng katta va eng kichik qiymatlari ayirmasi, g’arbdan sharqqa esa ordinatalar eng katta va eng kichik qiymatlarining ayirmasi bilan belgilanadi. Ularni plan masshtabiga keltirib, santimetrda hisoblasak, plan chiziladigan qog‘oz varaqining o‘lchamini aniqlagan bo‘lamiz. Hisoblash asosida tanlab olingan vatman qog‘ozida tomonlari 10x10 sm bo‘lgan kvadrat kataklar yasaladi. Bu ish maxsus metall chizg‘ich – Drobishev chizg‘ichi yoki LBL chizg‘ichi yordamida bajariladi. Ular bo‘lmagan taqdirda kvadrat kataklarni kattaroq uzunlikdagi oddiy chizg‘ich, ko‘ndalang masshtab va sirkullardan foydalanib yasash mumkin. Drobishev chizg‘ichi metalldan yasalgan, uning o‘rta qismida 6 ta to‘g‘ri burchakli teshiklar joylashgan bo‘lib, ular har birining chap qirrasi, chizg‘ichning uzunasiga bitta yon qirrasi va oxirgi uchi qirrasi yo‘nilgan bo‘ladi (2.2.1-rasm). Birinchi teshik yo‘nig’ida perpendikulyar yo‘nalishda shtrix chizilgan bo‘lib, u 0 bilan belgilangan. Qolgan teshiklarning yo‘nilgan qirralari noldan hisoblaganda, 10, 20, . . ., 50 sm va chizg‘ich oxirgi uchi yo‘nilgan qirrasi esa 70, 71 sm yozuvlar bilan belgilangan. Bunday chizg‘ichdan foydalanish prinsipi katetlari 50 sm, gipotenuzasi esa 70, 71 sm ga teng to‘g‘ri burchakli uchburchakni yasashga (502+502=70, 712) asoslangan. Ushbu chizg‘ich yordamida qog‘ozda kvadrat kataklarni yasash tartibini ko‘rib chiqamiz. 1 5
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling