Geodeziya fanidan


To‘g‘ri burchakli koordinatalar (perpendikulyarlar) usuli


Download 1.21 Mb.
bet7/11
Sana23.12.2022
Hajmi1.21 Mb.
#1045677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
213-guruh komiljon

To‘g‘ri burchakli koordinatalar (perpendikulyarlar) usuli. Bu usul teo­dolit yo‘li tomoni yaqinida joylashgan yo‘l, daryo, imorat va shun­ga o‘xshashlarni s’yomka qilishda qo‘llaniladi. Teodolit yo‘lining to­moni abssissa o‘qi, nuqtasi esa bosh nuqta va s’yomka qilinadigan in­shoot nuqtasidan abssissaga tushiriladigan perpendikulyar chi­ziq­lar uzunligi ordinata deb olinadi.
Masalan, 1.2.1-rasmda berilgan 1 — 2 chiziqning 1-uchi koor­di­nata boshiga, 1 — 2 chiziq esa abssissa o‘qiga qabul qilinadi. Uning yaqinida joylashgan daryoni s’yomka qilishda, burilish nuq­ta­lari a, b, c, d lar o‘rni quyidagicha topiladi.
1 — 2 chiziq bo‘ylab lenta tarang tortib qo‘yiladi va unga a nuq­tadan perpendikulyar tushiriladi. Hosil bo‘lgan 1 — a' kesim len­ta bo‘yicha aniqlanadi, a — a' esa ruletka bilan o‘lchanadi. Lentani 1 — 2 chiziq bo‘yicha birin-ketin qo‘yib, unga keyingi b, c va dnuq­talardan perpendikulyarlar tushiriladi vategishli

1.2.1-rasm. Tafsilotlarni s’yomka qilish usullari.
12
kesimlar ol­dingiday o‘lchanadi (1 — a', 1 — b', 1 — c' va 1 — d' qiymatlar oshib bo­radi, rasmga qaralsin).
Qutbiy koordinatalar usuli. 1.2.1-rasmda boshlang‘ich yo‘­na­lish­ga 3 — 4 tomon, bosh nuqtaga esa 3-nuqta qabul qilinsa, j, k, n, m, f nuqtalarni s’yomka qilish uchun 3 nuqtaga teodolit o‘rna­tiladi, go­rizontal doira sanog‘i 0°00' ga to‘g‘rilanib, ko‘rish trubasi 4-nuqtaga qa­ratiladi. Limb mahkamlanadi va alidada bo‘shatilib truba k-nuq­ta­dagi reykaga qaratiladi va limbdan sanoq olinadi, ipli dalnomer bi­lan masofa o‘lchanadi. Keyin truba n-nuqtaga qaratilib xuddi ol­din­giday o‘lchashlar bajariladi va hokazo. Oxirida truba 4-nuqtaga qay­ta qaratiladi va gorizontal doiradan olingan sanoq tek­shi­ri­la­di, u 0°00' bo‘lsa, limb doirasi qo‘zg’almagan bo‘ladi. Bu nuqtalarni plan­ga tushirishda trans­portirdan foydalanish uchun limbdan olin­gan sanoqlar 5' ga yaxlitlanib olinadi. Nuqtalargacha bo‘lgan masofa ip­li dalnomerda o‘lchanishi uchun 1:5 000 masshtabdagi s’yomka uchun qiy­mati 150 — 200 m dan oshmasligi kerak, 1:10 000 masshtab uchun esa 250 m gacha olinadi. O‘lchash natijalari maxsus jadvalga yoziladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling