Geodeziya fanidan


Download 1.21 Mb.
bet9/11
Sana23.12.2022
Hajmi1.21 Mb.
#1045677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
213-guruh komiljon

2.1.1-rasm.yopiq ko’pburchaklar tarmog’i.
15
Teodolit s’yomkasini bajarishda yopiq ko’pburchaklar (poligonlar) tarmog’i(1.1.1-rasm) yoki ochiq ko’pburchakar tarmog’ini xosil qiluvchi teodolit yo’llari (1.1.2-rasm) s’yomka tarmog’i bo’lib xizmat qiladi. Bu yo’llar burilish uchi nuqtalarining o’rni joyda maxkamlanadi va koordinatalari aniqlanadi

2.1.2-rasm.Ochiq ko’pburchaklar tarmog’i.
Katta bo’lmagan yer bo’laklarinin s’yomka qilishda esa yopiq ko’pburchak yoki ochiq ko’pburchaklar s’yomka asosi vazifasini bajaradi(1.1.3-rasm).

2.1.3-rasm. s’yomka asosi.
16
Poligon o’rta qismida joylashgan tafsilotlarni s’yomka qilish uchun poligon o’rtasidan qo’shimcha yo’l o’tkazilsa, unga dioganal yo’l deyiladi(2, 6, 7 va 5 nuqtalar, 1.1.1-rasm).
O’lchashlarni bajarishdan avval yo’llar burilish nuqtalarining o’rni joyda yog’och qoziqlar, yog’och ustunlar va boshqalar bilan mustaxkamlanadi(1.1.4-rasm). Nuqtalar mustahkamlangandan keyin tomonlar orasidagi burchaklar, tomonlarning uzunligi hamda ularning og’ish burchaklari o’lchanadi.

2.1.4-rasm. Nuqtalar o’rnini joyda belgilanishi:
a) Metall qoziq, b)Yog’och qoziq.
Teodolit yo‘llarini o‘tkazish ishi, odatda, joyning mavjud plan­­la­rini topish va ular bilan tanishib chiqishdan boshlanadi. Na­tijada yo‘l nuqtalari hamda joyda mavjud geodezik punktlar o‘r­ni aniq­la­nib yo‘lning dastlabki loyihasi tuziladi. Keyin esa joy­ga chiqib joy sharoiti bilan bevosita tanishib chiqiladi (re­kog­nossirovka ish­lari bajariladi), natijada loyihaga qo‘shimcha aniqliklar ki­ri­tiladi va yo‘l nuqtalarining joydagi o‘rni tanlab olinib mah­kam­lanadi.
Teodolit yo‘li loyihasini tuzish va rekognossirovka ishlarini ba­jarishda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi:
1. Yo‘l burilish nuqtalarining o‘rni (hech bo‘lmaganda uchta o‘zaro qo‘sh­­ni nuqtalar), u bir-biridan ko‘rinishini ta’minlash maqsadi­da, mumkin qadar do‘nglik joylarda olinishi kerak.
2. Yo‘l tomonlari tekis va o‘lchov lentasi bilan o‘lchashga qulay joy­­lardan (yo‘llar, kanallar yoqalab) o‘tishi va og’ish bur­­chaklari qiymati uncha katta bo‘lmasligi kerak.

17
3. Tomonlarining uzunligi 400 m dan katta va 50 m dan kichik bo‘l­­masligi, o‘rtacha 250 m atrofida bo‘lishi kerak.


4. Umuman, tomonlarning uzunligi o‘zaro bir-biriga yaqin bo‘lsa, maq­­sadga muvofiq hisoblanadi.
5. Tomonlar orasidagi burchaklar qiymati 180°ga yaqin bo‘lishi, ya’ni yo‘l cho‘zinchoq bo‘lishi kerak.
Teodolit yo‘li tomonlari orasidagi burchaklar 1 minutli yoki 0,5 minutli teodolitlar bilan to‘la qabulda, yarim qa­­bullar orasida esa limb holatini 90° ga o‘zgartirib o‘lchab chiqiladi.
Har bir tomon uzunligi o‘lchov lentasi yoki ikkilangan tasvirli dal­­nomer bilan ikki marta — to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda o‘lchab chi­qiladi. Tomonlar uzunligining gorizontal quyilish qiymatini hi­soblash uchun og’ish burchagi ham birdaniga o‘lchab ketiladi. Agar to­monlar uzunligini bevosita o‘lchash imkoni bo‘lmasa (yo‘l daryo, jar yoki boshqa to‘siqlar orqali o‘tsa), uzunligi borib bo‘lmas ma­sofani aniqlash usulini qo‘llab topiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, teodolit yo‘lining biron-bir to­mo­ni, masalan, daryoni kesib o‘tgan bo‘lsa, o‘sha tomon uzunligini be­vosita o‘lchab chiqish imkoniyati bo‘lmaydi va bu holatda borib bo‘l­mas masofani aniqlash usuli qo‘llaniladi. Masalan, teodolit yo‘­lining AB tomoni daryodan o‘tishi kerak bo‘lsin (1.1.5-rasm). Uning uzun­ligini topish uchun daryo yoqasi bo‘y­lab lenta bilan o‘lchanishi qulay bo‘l­gan AD chizig’i olinib, uchlari yog‘och qoziqlar bilan joyda mus­tah­kam­lanadi va ularning orasi o‘lchov len­tasi bilan mumkin qadar aniq o‘l­chanadi. Bu chiziqqa bazis deyiladi.
Ho­sil bo‘lgan ABD uchburchakda ilo­ji bo‘lsa hamma burchaklar teodolit bi­lan o‘lchanadi. Agar uchburchakda fa­qat α va β burchaklari o‘lchangan bo‘lsa,   burchak   180 – (a + b) formulasi orqali hisoblab topiladi.

18


2.1.5-rasm. borib bo‘l­mas masofani aniqlash usuli.
Shunda sinuslar teoremasiga asosan 1.1.5-rasmdan yozish mumkin:
(1.1.1)
bu yerda: AD = X— bazis tomonining uzunligi.
Topilgan qiymatni tekshirish uchun joyda qo‘shimcha bazis  1 va burchaklar β1 va α1 o‘lchanadi (1.1.5-rasm), shunda tomon uzunligi quyidagi formula bilan topiladi:
(1.1.2)
Tomon uzunligi x ni aniqlash uchun uchburchak shunday tanlanishi kerakki, bazis va aniqlanadigan tomonlar qarshisidagi burchaklar qiymati 30° dan kichik va 120° dan katta bo‘lmasin (shunda tomon uzunligi aniqroq topiladi).
X qiymatlari orasidagi farq 1:1 000 dan katta bo‘lmasligi kerak. Bu shart bajarilsa, qiymatlarning o‘rtachasi olinadi.
Burchaklar va tomonlar uzunligini o‘lchash bilan bir vaqtda joydagi predmetlar va tafsilotlar ham s’yomka qilinib boriladi.
Yer bo‘lagining chegaralari va o‘rta qismi bo‘ylab teodolit yo‘llari o‘t­kazilgandan so‘ng tafsilotlarni s’yomka qilish boshlanadi, ko‘­pin­cha teodolit yo‘llarini o‘tkazish bilan bir vaqtda tafsilotlar ham s’yomka qilinib boriladi.

19


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling