Geodeziya fanidan


Download 1.21 Mb.
bet8/11
Sana23.12.2022
Hajmi1.21 Mb.
#1045677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
213-guruh komiljon

Kesishtirish usuli. Teodolit s’yomkasida bu usul nisbatan kam qo‘l­laniladi. Kesishtirish usuli ikkita — burchak va chiziq ke­sish­tirishlarga bo‘linadi. Burchak kesishtirishda teodolit yo‘li nuq­ta­la­rida teodolit bilan turib s’yomka qilinadigan nuqtaga (1.2.1-rasm­da yo‘l burilish nuqtasi B) qarab burchaklar o‘lchanadi. S’yomka te­gishli aniqligini ta’minlash uchun o‘lchanayotgan nuqtadagi burchak 40° dan kichik va 140° dan katta bo‘lmasligi lozim.
Burchaklar o‘rniga nuqtagacha bo‘lgan masofalar (yo‘nalishlar uzun­li­gi) o‘lchansa, chiziq kesishtirish deyiladi. Bunda chiziqlar uzun­li­gi o‘lchash asbobi (masalan, lenta) uzunligidan katta bo‘lmasligike­rak. 1.2.1-rasm­da B nuqtasini s’yomka qilish uchun b1 va b2 kestirma bur­chaklari yoki 4-B va 5-B kestirma chiziqlar uzunligi o‘lchanishi ke­rak.
Tafsilotlarni s’yomka qilish ish bajaruvchidan tajriba va e’ti­bor­ni talab qiladi.
Bunda har bir s’yomka qilinadigan nuqtani o‘lchashda yo‘l qo‘­yil­gan xato faqat ushbu nuqta uchun ta’sir etadi va nuqtadan nuqtaga uza­tilmaydi. Shuning uchun ularni to‘g‘riligini ta’minlash uchun sin­chiklab o‘lchash va ko‘z bilan solishtirib

13
borish zarur. S’yomka vaq­tida joydagi qishloq xo‘jalik yer turlarini to‘g‘ri aniqlash va ab­risda ko‘rsatib borish muhim ahamiyatga ega.



1.2.2-rasm. Tafsilotlarni s’yomka qilish usullari.

1.2.3-rasm. Tafsilotlarni s’yomka qilish jarayoni.
14
II -BOB. Teodolit syomka namunalarini ishlab chiqish va
planini tuzish
2.1 Teodolit s’yomkasini bajarish tartibi
Teodolit va o‘lchash lentasi yordamida joyning tafsilot planini olish teodolit bilan plan olish deyiladi. Bunda joyning rel’efi planda tasvirlanmaydi. Shuning uchun teodolit bilan plan olishni gorizontal plan olish ham deyiladi.
Asosan teodolit bilan plan olish tekislik joyda qo‘llaniladi. Bunda teodolit yo‘li ko‘rinishidagi plan olish to‘ri barpo qilinadi. Bu to‘r kesma chiziq rasmida bo‘lib, burchaklari teodolit bilan va tomonlari po‘lat lenta bilan o‘lchanadi. Lenta o‘rnida aniqlikni ta’minlaydigan dalnomer ham qo‘lanishi mumkin.
Teodolit s’yomkasi dala o’lchash ishlaridan boshlanib, uni bajarishda dastlab s’yomka asosi –geodezik punktlar oralig’ida s’yomka tarmog’i barpo etiladi va u asosda joydagi tafsilotlar s’yomka qilinadi.Teodolit s;yomkasi deyilishiga sabab, asosiy o’lchash ishlari – gorizontal burchaklar va og’ish burchaklari geodezik asbob – teodolit bilan bajarilishidir.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling