Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar. Tayanch tushunchalar


Xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasi


Download 325.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana24.12.2022
Hajmi325.27 Kb.
#1062998
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dzfqlp0dpxSVRKtZ6i0lch9573FbGRsdhrV8Uk0p

 
2.Xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasi 
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning jahonda 
tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud.
Bular AQSH, Fransiya, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining modellaridir. 
Ular, garchi, umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin 
mavjud mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy 
xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi. 
Masalan, Yaponiya ta’lim tizimida «Oila» omiliga katta e’tibor berilgan. Amerika 
yoki Fransiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar joriy 
etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda o‘zini oqlagan va samara bergan modellarni 
o‘zga davlatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab yoki tatbiq etib bo‘lmaydi. Shuning 
uchun ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, milliy hamda 
O‘zbekiston respublikasiga xos bo‘lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan 
holda kadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash 
milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, 
fan va ishlab chiqarish tizimlari yaxlit ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-ma’naviy 
ierarxiyasi (hukmronligi)ning uzviy mushtarakligidan tashkil topgan.
AQSH fuqarolari Konstitutsiyani, Amerika davlatchiligining asoslari va 
demokratik tamoyillarni muqaddas deb biladilar va bu tuyg‘uni yoshlar ongiga 


singdirish haqida tinimsiz qayg‘uradilar. Yoshlarda erkin yashashga ishtiyoq, 
mustaqillikni qadrlash tuyg‘usi shakllantiriladi. Har bir amerikalik bolaligidanoq 
kimgadir va nimagadir orqa qilishga emas, balki o‘z kuchiga tayanishga o‘rgatiladi. 
Har bir amerikalikda kelajakka ishonch uyg‘otiladi. Xuddi ana shu «Amerika orzusi» 
kishilarni yangi maqsadlar sari rag‘batlantiradi, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga 
shavq uyg‘otadi. Umuman, demokratiya qoidalari va erkinlik Amerika mafkurasining 
poydevorini tashkil etadi. Bunday tarbiya natijasida faqat o‘z kuchiga ishonish, ruhiy 
ozodlik va mustaqil fikrlash kabi xislatlar amerikaliklarning qon-qoniga singib 
ketgan.
Amerikaning yuqori maktablarida shunday o‘qituvchilar borki, ular 
kollejlarning birinchi kurslarida o‘qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari hamda 
imtihon olishlari shart. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv 
yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir 
abiturient oliy o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) 
topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3—4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari 
kitob shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va 
ularning yechimlari ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga 
tayyorlanadi.
Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 
sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar.
Bulardan tashqari murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy 
maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror 
talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga 
maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu 
mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar 
o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo‘llar bilan yordam 
berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o‘quv yurtlarida saqlashga harakat 
qiladilar. 


 O‘zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro‘yxati har yili alohida 
kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi 
kompaniyalarning e’tiborini bo‘lajak olimlarga qaratishdir.
Yaponiya oliy ta’lim muassasalariga katta o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy 
maktabni tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo‘lib, 95 
tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1toifadagi universitetlarda 
har bir o‘qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to‘g‘ri 
keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda 
o‘tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, kimyo, 
jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.

Download 325.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling