Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar. Tayanch tushunchalar
Download 325.27 Kb. Pdf ko'rish
|
dzfqlp0dpxSVRKtZ6i0lch9573FbGRsdhrV8Uk0p
Uchinchi guruh mamlakatlarida geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar
qatoriga kirmaydi va uni fakultativ mashg‘ulotlar orqali o‘rganish asosiy o‘rinni egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan fanlar qatorida, xilma - xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng tarqalgan. Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni: boshlang‘ich maktab 1-4 sinf, o‘rta bosqich 5–9 sinf: yuqori bosqich 10-12 sinf. Har bir bosqichda geografiya ta’limi o‘ziga xos maqsadga ega. Masalan, birinchi bosqich maktablarida geografiya ta’limining asosiy maqsadi atrof - muhitni o‘rganish. Ikkinchi bosqichda o‘z mamlakatining xo‘jalik hayotini o‘rganish, zarur kasblar haqida ma’lumotlar olish, ta’limiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi maktablarda insoniyatning global muammolarini va jahon xo‘jaligini o‘rganishdan iborat. Jahon tajribasida geografiya o‘qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni o‘quvchilarga o‘rgatish bo‘yicha 2 fikr (yo‘nalish) tarafdorlari bor. Birinchi yo‘nalish tarafdorlarining fikri o‘quv rejalarida geografiyani mustaqil fan sifatida muntazam o‘qitishni amalga oshirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari geografiyani boshqa o‘quv fanlari bilan integratsiya (birikma) tarzida qo‘shib o‘qitishni isbotlab berishga urinadilar. O‘quv fanlarini biriktirish borasida AQSH jahonda yetakchi bo‘lib, 40-50 yillardagi ta’lim islohotida ko‘pgina fanlar qatori geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi va tarix, jamiyatshunoslik bilan birlashtirildi. Geografiyani bunday o‘qitish o‘quvchilarga talay qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda pasayib o‘quvchilar zarur ko‘nikma va malakaga ega bo‘lmay qoldilar. Masalan, Michigan universitetining geografiya fakultetida o‘qitish uchun ariza bergan 400 o‘quvchining yarmi geografiyani faqat boshlang‘ich sinflarda o‘qiganlari ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli ham hozirgi kunda AQSHda geografiyani mustaqil fan sifatida tiklash uchun kurash ketyapti. Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida fanlarni o‘rganish ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilar xohish istaklari ostida amalga oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi mamlakatlarda majburiy fanlar soni 7-8 tadan oshmaydi. Masalan, Finlandiya va Shvetsiyada fin va shved tili, iqtisod va sotsiologiya, biologiya, kimyo, ingliz tili, din va sport majburiy fan hisoblanadi. Download 325.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling