Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy
yondashuvlar.
Tayanch tushunchalar: Xorij geografiya ta’limi,
jahon tajribasi, rivojlangan
davlatlarda geografiya ta’limi, rivojlanayotgan davlatlarda geografiya ta’limi, fin
mamlakatlarida geografiya ta’limi, xorij geografiya ta’limi, jahon tajribasi, Xalqaro
Iqtisodiy hamkorlik, PISA xalqaro
tadqiqoti, TIMSS —baholash dasturi,STEAM-
ta’limi.
1.1.Xorijda geografiya ta’limi
Keyingi o‘n yilliklarda geografiya o‘qituvchilarini tayyorlash va ularning
malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog‘onaga ko‘tarildi.
Hozirgi kunda
geografiya ta’limi jahonning ko‘pgina mamlakatlarida 3 ta yo‘nalishda olib
borilmoqda.
1.
Barcha o‘quvchilar uchun yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida (Sharqiy
Yevropa va sobiq ittifoq o‘rnida vujudga kelgan) mamlakatlarda o‘qitish
2.
Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakultativ tarzida o‘qitish
(AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida)
3. Barcha o‘quvchilar uchun o‘rganish majburiy bo‘lgan fanlar qatorida qo‘shimcha
fakultativ mashg‘ulotlar (Filippin, Fransiya, Yaponiya va ko‘pchilik mamlakatlarda)
o‘qitish.
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy va
iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va
qishloq joylardagi barcha
maktablarda yagona o‘quv rejasi asosida o‘tkaziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas,
balki integratsiya (birikma) tarzida bo‘lib, boshqa fanlar, kurslar tarkibiga qo‘shilib
ketgan. Bunda geografiyani chuqur o‘rganishni xohlovchilar
maxsus fakultativ
mashg‘ulotlar orqaligina o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin.
Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo‘yicha yagona
davlat rejasi yo‘q, har bir o‘qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai nazaridan kelib
chiqib, o‘quv dasturini tuzish mumkin. Masalan; AQSHda 1700
dan ortiq okrug