Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar. Tayanch tushunchalar
Download 325.27 Kb. Pdf ko'rish
|
dzfqlp0dpxSVRKtZ6i0lch9573FbGRsdhrV8Uk0p
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanayotgan mamlakatlarda
- Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda
- «axloqiy tarbiya»
Vengriya maktablarida geografiya ta’limi 7 yil davom qiladi. 4 yil asosiy
(5-8 sinf) va 3 yil (9–10-11 sinf gimnaziyada). Darslar haftada 2 soat. Geografiya ta’limi jarayonida 65% vaqt yangi mavzuni bayon qilishga, 3% ekskursiyalarga, 29% amaliy mashg‘ulotlarga ajratiladi. Keyingi paytlarda Vengriya gimnaziyalarida geografiyaga ajratilgan soatlar kamaytirilishi kuzatilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xalq maorifiga keyingi yillarda katta e’tibor berilmoqda. Masalan, Osiyoning ko‘pgina mamlakatlarida 1985 yilgacha xalq ta’limi uchun ajratilgan mablag‘ 20 barobardan ortiq o‘sdi. Ayniqsa, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Suriya, Hindiston, Pokiston, Turkiya kabi malakatlarda xalq maorifi rivojlanishi ancha yuqori bo‘ldi. Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda bolalar 5-7 yoshdan boshlab maktabga bora boshlaydilar. Bangladesh, Birma, Livan, Pokiston, Shri-Lankada maktabga 5 yoshdan boradilar. Sharqning eng ilg‘or mamlakatlaridan biri Yaponiyada fuqaroni, yoshlarni tarbiyalashning eng samarali va ta’sirchan usulidan foydalaniladi. Bunday tarbiyaning asosiy maskani sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbiyasi «axloqiy tarbiya» tizimi doirasida amalga oshiriladi. Rasmiy hujjatlarda «axloqiy tarbiya» tizimi quyidagicha nomlanadi: 1) «xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim»; 2) «davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat»; 3) «fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash». Aslida, bu tizim millatni tarbiyalash tizimi vazifasini o‘taydi. Undan qudratli g‘oyaviy ta’sir vositasi sifatida ham foydalaniladi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, aynan «axloqiy tarbiya» tizimi Yaponiya mamlakati iqtisodiy ravnaqining g‘oyaviy asosini tashkil etadi. Chunki bu tizim ishlab chiqarishda ma’naviy salohiyatdan unumli foydalanishga yo‘naltirilgan. Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda majburiy talim 5 yildan 10 yilgacha, o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirish esa 4 yildan 8 yilgacha. Geografiya uchun dasturlari ko‘pchilik davlatlarda bir xil bo‘lib, mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Keyingi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘quv dasturlari geografiya darsliklari mamlakat xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda tuzilmoqda va yaratilmoqda. Chet el davlatlari geografiya ta’limida epg ko‘p qo‘llaniladigan usullar quyidagilar hisoblanadi. AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, G‘arbiy Yevropa davlatlarida evristik suhbat metodi keng tarqalgan. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil bilim olishga, kichik tadqiqotlar qilishga o‘rgatishdan iborat. Kartinalar, turli xil hujjatlar, vositalar asosida muammolar savollar o‘quvchilar diqqatiga havola etiladi. Tarqatma kartochkalar usulida turli chizmalar jadvallar, xaritalar turlicha xatoliklarga yo‘l qo‘yib tuziladi va tarqatiladi, o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan o‘sha xatolarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil misol va masalalar yechish ham o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish tufayli ulardan keng qo‘llaniladi, o‘quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik xislatlarini shakllantirish uchun xam ko‘proq misol va masalalardan foydalaniladi. Tayyor mahsulotni qaerlarda sotish, transport xarajatlarini aniqlash, mehnat resurslaridan unumli foydalanish kabilar misol va masalalar yechishsiz amalga oshmaydi. Matnlar, ya’ni javoblar to‘g‘ri noto‘g‘ri tarzda aralashtirib borilishi shulardan to‘g‘rilarini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo‘llanmalardan foydalanish, matematik modellashtirish keng tarqalgan o‘qitish usullari hisoblanadi. Ayniqsa diskussiya, tortishuvlar rivojlangan mamlakatlar geografiya ta’limida keng tarqalgan. Download 325.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling