Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar. Tayanch tushunchalar
Download 325.27 Kb. Pdf ko'rish
|
dzfqlp0dpxSVRKtZ6i0lch9573FbGRsdhrV8Uk0p
- Bu sahifa navigatsiya:
- Finlandiya maktablarida
Fransiya maktablarida geografiya ta’limi birmuncha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Geografiya o‘qitishning maqsadi va vazifalari juda aniq belgilab qo‘yilgan. Fransiya geografiya dasturi ikki bosqichli maktablarga mo‘ljallangan edi. Shunisi qiziqki Fransiyada sinflar teskari hisob bilan yuritiladi. 1– bosqich maktab 6,5,4,3 (o‘quvchilar yoshi 11-15 gacha) sinflardan iborat. Oliy ma’lumot olish faqat litseylarda amalga oshiriladi. 2–bosqich, 2,1 va bitiruvchi (15-17 yosh) sinflardan iborat: geografiya talimi 6-sinfdan boshlanadi, bunda «umumiy geografiya va Afrika materigi» o‘rganiladi. 5-sinfda Amerika, Osiyo, Avstraliya, Antarktida, 4-sinfda Yevropa (Fransiyadan tashqari), 3-sinfda Fransiya geografiyasi o‘qitiladi. Litseyda o‘qishni davom ettirish 2,1 va bitiruvchi sinflarga to‘g‘ri keladi. 2-sinfda geografiya dasturi kollejda olgan (6-5-4-3) bilim va ko‘nikmalar chuqurlashtiriladi. Litseyning 1-sinfida Fransiya geografiyasi bo‘yicha o‘quvchilar 2–bosqich maktabida olgan bilimlarni chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinflarda to‘rtta yirik davlat – AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Fransiya geografiya darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular muammoli qilib yozilgan. Barcha muammolar «inson-tabiat» mazmunidan kelib chiqadi. Finlandiya maktablarida ham geografiya talimi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, geografiya o‘qitilishi rivojlangan rivojlangan mamlakatlarga qaraganda birmuncha yuqori pog‘onada turadi. Ta’lim ikki bosqichdan iborat: 1 – bosqich 9 yillik majburiy umumta’lim maktablarida xalq maktabi, 2– bosqich gimnaziyalardan iborat. Birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limi 3 - sinfdan boshlanadi va 9- sinfda tugaydi, 3-4 sinflarda o‘z mamlakati va qo‘shni shimoliy davlatlarning tabiati va xo‘jaligiga oid ma’lumotlar beriladi. Gimnaziyaning birinchi yilida geografiya majburiy fan sifatida o‘rganiladi, boshqa sinflarda esa o‘quvchilar xohishiga ko‘ra maxsus kurs sifatida o‘rganishi mumkin. Finlandiyada o‘quv rejasi tez-tez almashinib turadi. Download 325.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling