Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar. Tayanch tushunchalar


Download 325.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana24.12.2022
Hajmi325.27 Kb.
#1062998
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dzfqlp0dpxSVRKtZ6i0lch9573FbGRsdhrV8Uk0p



Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy 
yondashuvlar. 
Tayanch tushunchalar: Xorij geografiya ta’limi, jahon tajribasi, rivojlangan 
davlatlarda geografiya ta’limi, rivojlanayotgan davlatlarda geografiya ta’limi, fin 
mamlakatlarida geografiya ta’limi, xorij geografiya ta’limi, jahon tajribasi, Xalqaro 
Iqtisodiy hamkorlik, PISA xalqaro tadqiqoti, TIMSS —baholash dasturi,STEAM-
ta’limi.
1.1.Xorijda geografiya ta’limi 
Keyingi o‘n yilliklarda geografiya o‘qituvchilarini tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Hozirgi kunda 
geografiya ta’limi jahonning ko‘pgina mamlakatlarida 3 ta yo‘nalishda olib 
borilmoqda.
1. 
Barcha o‘quvchilar uchun yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida (Sharqiy 
Yevropa va sobiq ittifoq o‘rnida vujudga kelgan) mamlakatlarda o‘qitish
2. 
Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakultativ tarzida o‘qitish 
(AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida)
3. Barcha o‘quvchilar uchun o‘rganish majburiy bo‘lgan fanlar qatorida qo‘shimcha 
fakultativ mashg‘ulotlar (Filippin, Fransiya, Yaponiya va ko‘pchilik mamlakatlarda) 
o‘qitish.
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy va 
iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi barcha 
maktablarda yagona o‘quv rejasi asosida o‘tkaziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas, 
balki integratsiya (birikma) tarzida bo‘lib, boshqa fanlar, kurslar tarkibiga qo‘shilib 
ketgan. Bunda geografiyani chuqur o‘rganishni xohlovchilar maxsus fakultativ 
mashg‘ulotlar orqaligina o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin.
Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo‘yicha yagona 
davlat rejasi yo‘q, har bir o‘qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai nazaridan kelib 
chiqib, o‘quv dasturini tuzish mumkin. Masalan; AQSHda 1700 dan ortiq okrug 


mavjud bo‘lib, ularning barchasida o‘ziga xos bo‘lgan geografik ta’lim mavjud va bir - 
biriga o‘xshamaydigan dasturlar bo‘yicha ish yuritiladi.

Download 325.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling