Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar. Tayanch tushunchalar
Xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasi
Download 325.27 Kb. Pdf ko'rish
|
dzfqlp0dpxSVRKtZ6i0lch9573FbGRsdhrV8Uk0p
2.Xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasi Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSH, Fransiya, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular, garchi, umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin mavjud mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi. Masalan, Yaponiya ta’lim tizimida «Oila» omiliga katta e’tibor berilgan. Amerika yoki Fransiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar joriy etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda o‘zini oqlagan va samara bergan modellarni o‘zga davlatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab yoki tatbiq etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, milliy hamda O‘zbekiston respublikasiga xos bo‘lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tizimlari yaxlit ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-ma’naviy ierarxiyasi (hukmronligi)ning uzviy mushtarakligidan tashkil topgan. AQSH fuqarolari Konstitutsiyani, Amerika davlatchiligining asoslari va demokratik tamoyillarni muqaddas deb biladilar va bu tuyg‘uni yoshlar ongiga singdirish haqida tinimsiz qayg‘uradilar. Yoshlarda erkin yashashga ishtiyoq, mustaqillikni qadrlash tuyg‘usi shakllantiriladi. Har bir amerikalik bolaligidanoq kimgadir va nimagadir orqa qilishga emas, balki o‘z kuchiga tayanishga o‘rgatiladi. Har bir amerikalikda kelajakka ishonch uyg‘otiladi. Xuddi ana shu «Amerika orzusi» kishilarni yangi maqsadlar sari rag‘batlantiradi, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga shavq uyg‘otadi. Umuman, demokratiya qoidalari va erkinlik Amerika mafkurasining poydevorini tashkil etadi. Bunday tarbiya natijasida faqat o‘z kuchiga ishonish, ruhiy ozodlik va mustaqil fikrlash kabi xislatlar amerikaliklarning qon-qoniga singib ketgan. Amerikaning yuqori maktablarida shunday o‘qituvchilar borki, ular kollejlarning birinchi kurslarida o‘qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari hamda imtihon olishlari shart. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abiturient oliy o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3—4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ularning yechimlari ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga tayyorlanadi. Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar. Bulardan tashqari murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo‘llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o‘quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O‘zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro‘yxati har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e’tiborini bo‘lajak olimlarga qaratishdir. Yaponiya oliy ta’lim muassasalariga katta o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo‘lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1toifadagi universitetlarda har bir o‘qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to‘g‘ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar. Download 325.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling