Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar. Tayanch tushunchalar


Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim tizimi


Download 325.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana24.12.2022
Hajmi325.27 Kb.
#1062998
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dzfqlp0dpxSVRKtZ6i0lch9573FbGRsdhrV8Uk0p

Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim tizimi ham tajriba o‘rganishga loyiq o‘ziga xos 
jihatlarga ega. Xitoy kadimdan sharkdagi yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Qadimgi 
Xitoyda pedagogik fikrlar, ta’limotlarning paydo bo‘lishi eramizdan avvalgi 2 ming 
yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi va ular asosan konfutsiylik, daotsizm, Yan Chju 
ta’limotlarida o‘z ifodasini topgan.
Oliy ta’lim (Higher education)muassasalari – universitet, kollejlar va boshqalar 
o‘z egallagan mavqeiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Bu muasssasalarga ta’lim 
olish uchun xujjat topshirishda bitiruv imtihonlarida olingan ballar miqdori katta 
ahamiyatga ega. Har bir to‘rejagan ball miqdori ma’lum turdagi oliygohga hujjat 
topshirish imkonini beradi. Mamlakat aholisining orasida yoshlar salmog‘ining 
yuqoriligi, o‘qish istagida kelgan xorijiy talabalar miqdorining yildanyilga ortib 
borayotganligi natijasida bir o‘rin uchun 200-300 atrofida talabgor mavjud bo‘ladi. 
Kirish imtihonlari yo‘nalishiga qarab yetti fan bo‘icha o‘tkaziladi. Boshqa ta’lim 
turlaridan farqli ravishda oliy ta’limda pullik to‘lov ham joriy etilgan. Iqtidorli 
talabalar bepul ta’lim olish imkoniyatiga egadirlar. Shu bilan birga talaba ishlaydigan 
korxonalar ham pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lov ishlarini amalga oshirishi mumkin.
XXR oliy ta’lim tizimi universitetlar, kollejlar va professional oliy 
maktablardan tashkil topgan. Mazkur o‘quv yurtlari fan, texnika va madaniyatni 
rivojlantirish hamda jahon ta’lim tizimida raqobatbardosh ilmiy markazlarga 
aylanishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Asosiy e’tibor siyosiy, iqtisodiy va 


huquqiy sohalarga qaratilgan bo‘lib, shular bilan birga moliya, mashinasozlik, 
elektronika, kompyuter texnologiyalari kabi sohalar rivoji uchun ahamiyatli bo‘lgan 
kadrlar tayyorlashga kuchli e’tibor beriladi.
Xitoy oliygohlari politexnik va biron ma’lum texnik yo‘nalishga egaligi bilan 
ajralib turadi. Politexnik yo‘nalishdagi universitetlar tabiiy va texnik soha vakillarini 
tayyorlab bersalar, ma’lum yo‘nalishdagi texnik universitetlar aniq biron texnik kasb 
vakillarini o‘qitadilar. Bu yerda 2 mingdan ortiq kollejlar, universitetlar va 
professional oliy maktablar mavjud bo‘lib, 9 mln.dan ortiq talabalar tahsil oladilar. 
Ulardan 5,5 mln. bakalavriat ta’lim tizimi talabalari hisoblanadilar. 450 mingdan 
ortiq magistrant va doktorantlar mavjud. Bundan tashqari universitetlar tarkibida 100 
ta ilmiy tadqiqot laboratoriyalari va 36 ta davlat muhandislik markazlari ham mavjud.
Xitoy oliygohlariga xorijiy talabalar 1950 yillardan boshlab qabul qilina 
boshlangan. Hozirda mamlakatning 31 provintsiyasidagi 360 ta oliygoh xorijiy 
talabalar qabul qilish xuquqiga ega. Ushbu o‘quv maskanlarida 175 davlatdan 78 
mingdan ortiq xorijiy davlat talabalari tahsil oladilar. Pekin (4 ming) va Fudan (3 
ming) universitetlarida eng ko‘p xorijlik talabalar tahsil oladilar. Ularning 80%ni 
turli Osiyo davlatlari vakillari tashkil qiladilar.

Download 325.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling