Geografiya fanini o‘qitishda ilg’or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar. Tayanch tushunchalar


Buyuk Britaniya geografiya ta’limi


Download 325.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana24.12.2022
Hajmi325.27 Kb.
#1062998
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dzfqlp0dpxSVRKtZ6i0lch9573FbGRsdhrV8Uk0p

Buyuk Britaniya geografiya ta’limi kuchli tomonlari qo‘yidagilardan iborat:
Ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon geografik 
tadqiqot metodlarini ko‘proq o‘rgatish. Geografiya talimi jarayonida psixologik-
pedagogik tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish, o‘quvchilarni gipotezalar 
tuzishga o‘rgatish.
Darslikda turli mazmundagi eksperimentlar uyushtirish, ya’ni tasavvur, tushuncha va 
turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o‘rin berilgan, biror usulni sinash, 
ta’limni uyushtirish shakllari ancha zaif.
O‘rganilayotgan muammoni muallif fikri asosida va unga qarshi asosda o‘rganish.


5-8 sinflarda geografiyaga haftada 2 soat vaqt ajratilgan. Bu sinflarda asosan Yevropa 
va jahonning yetakchi mamlakatlari geografiyasi o‘rganiladi. Topografiya va 
kartografiya asoslari bo‘yicha ham bilimlar beriladi.
O‘qituvchilar diqqatiga bir necha variantdagi darsliklar tavsiya etiladi. 
«Mamlakatlar va xalqlar», «Yer va inson», «Yangi geografiya», «Yer bilimi» va 
hokazo.
9-10 sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o‘rganilmaydi desa ham bo‘ladi. 
Ayrim ma’muriy bo‘linmalarda qiziquvchan o‘quvchilar bilan Yevropa va Germaniya 
geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Bu kurslarda mamlakatlar iqtisodi, siyosiy va davlat 
tuzumiga oid bilimlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Keyingi paytlarda geografiya, tarix, 
sotsiologiya, iqtisod bilimlari birgalikda birlashgan kurslar orqali o‘qitishga e’tibor 
kuchaymoqda.
Germaniyada (11—13 sinflar) ayrim joylardagina geografiya qisman mustaqil 
fan sifatida o‘qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar turkumidagi fanlarda 
ham beriladi. Yuqori sinflarda geografiya fanlarida mujassam muammolarni 
o‘rganishga ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan, «Insoniyatning ko‘payishi», 
«Ocharchilik muammolari», «Transport muammosi», «Sanoat markazlarida inson 
hayoti», «Sanoat iqtisodiyoti» va hokazo.

Download 325.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling