Geografiya ta’limi vositalari r e j a


Download 314.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.03.2023
Hajmi314.86 Kb.
#1278415
1   2   3
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIMI VOSITALARI

Ta’lim uslublari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini 
belgilaydigan ish usullari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va 
amaliy o‘zlashtirish shaklidir. 
Ta’lim usullari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va 
malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim usullari 
deyilganda, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantiradigan
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga o‘rgatadigan, ularda ilmiy 
bilimiga 
asoslangan 
to‘g‘ri 
dunyoqarash 
va 
e’tiqodni 
tarbiyalaydigan usullar tushuniladi. 
Ta’lim usullari uchun 2 ta asosiy narsa xos: 
1. Usullar 
o‘qituvchi 
faoliyati 
yo‘l-yo‘riqlari 
bo‘lib, 
o‘quvchilar faoliyatini belgilashga yordam beradi. 
2. Ta’lim usullari faqat bilim, ko‘nikma, malakalarni 
shakllantirish bilangina cheklanmasdan balki o‘quvchilarda 
ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini 
tarbiyalashga ham yordam beradi. 
Ta’lim usullari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga ham 
maktab ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim usullari ko‘p 
hollarda o‘quvchilarning ruhiyati yosh xususiyatlarini e’tiborga 
olishni talab qiladi. Uni tanlash maktabning moddiy-texnika 
ta’minotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Chunki o‘qituvchi ta’lim 
usulini tanlar ekan, maktabda mavjud bo‘lgan texnika vositalarini va 
ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi. O‘qitish usullari 
pedagogikada maktab joylashgan sharoitga, hamda o‘qituvchilar 
tajribasida tarkib topgan an’analarga ham bog‘liq. Masalan, 


o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bag‘ishlaydigan muayyan 
usullardan foydalanishni afzal ko‘radi. Ilmiy-texnika jarayoni 
sharoitida an’anaviy usullarni takomillashtirishga va yangi 
uslublarni izlab topishga tobora jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Ta’lim 
usullari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Ta’lim usullari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib 
qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
Birinchi talab-usulning tarbiyaviyligi. Bunda har qanday usul 
o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlarini
e’tiqod, xis-tuyg‘u qarashlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish usulning 
tanlanishiga bog‘liq. Ikkinchi talab-usulning ilmiyligi. Dars berish 
va ta’limning har qanday usuli o‘quv jarayonining qonuniyatlari 
bilan belgilanadi.
Usul ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik 
ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi shundaki biror usul yordamida 
qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumukinligini, u 
qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatining qanday turlarini 
talab qilishini va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko‘ra bilish 
kerak. Usluning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, 
qonuniyatlarni to‘g‘ri anglanishini ta’minlaydi va o‘quvchilarni 
to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi. 
Uchinchi talab-usulning ommabopligi. Bunda o‘quvchilar 
rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari ee’tiborga olinadi. 
Agar usul o‘quvchilarda mavhum tafakkurni ham e’tiborga olib 


tashlansa, o‘quvchi murakkabroq materialni ham egallay oladi va 
jadal rivojlanadi. Demak, usul tanlayotganda o‘quvchi nimani 
tushunishi kerakligi haqida emas, balki u nimani tushuna olishi 
haqida ham o‘ylash kerak. 

Download 314.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling