Geografiya ta’limi vositalari r e j a
Download 314.86 Kb. Pdf ko'rish
|
GEOGRAFIYA TA’LIMI VOSITALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografiyaga xos bo‘lgan xarita bilan ishlash uslubi
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
To‘rtinchi talab-ta’lim usulining samaradorligi, uning o‘quv
materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir. Beshinchi talab-o‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va uni muntazam o‘rganish. Nazariya va amaliyotda ta’lim usullari bilan bog‘liq yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish usullari haqida so‘z borar ekan “uslub”, “usul” degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Uslub, usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan, xaritalarni solishtirish- taqqoslash uslub deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri, chunki xaritalarni solishtirish uslub emas, balki u solishtirish usulidir. O‘zbek tilidagi mavjud qo‘llanmalarda taqqoslash ham, solishtirish ham birdek taqqoslash deb ishlatiladi. Bu chalkashlikdir. Taqqolash- o‘rganilayotgan geografik obektni ilgari o‘rganilgan obekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususiyalarni ochib beradi. masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan Sirdaryoni Yenisey bilan taqqoslab, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beriladi. Taqqoslash og‘zaki bayon uslubining usulidir. Solishtiri-xaritalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik obektga xos bo‘lgan obekt va xodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan, turli mazmundagi xaritalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish-kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash uslubining bir usulidir. Uslub-usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa uslubning tarkibiy qismidir. Geografiyaga xos bo‘lgan xarita bilan ishlash uslubi bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. Masalan, a) xarita bo‘ylab sayohat, b) yozuvsiz xaritaga geografik obektlarni tushirish, v) xaritalarni solishtirish va h.k. Ba’zi geografiyani o‘qitish usullarni bir necha uslub tarkibiga ham kiritish mumkin. Demak, uslub usulga, usul esa o‘z navbatida uslubga aylanishi mumkin. Usullar turlicha bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda bir usul bir necha xil uslub tarkibida ishtirok etishi mumkin. Masalan, taqqoslash usuli og‘zaki bayon, suhbat, xarita bilan ishlash uslublarida ishtirok etishi mumkin. Demak, uslub bilan usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish bor. Ta’lim usullarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash shakllaridagi o‘xshash va tafovvut qiladigan jihatlarni chuqurroq anglab olishda hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. ta’lim usullari muayyan belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi tasnif keng tarqalgan: I. Bilim olishning asosiy manbalariga ko‘ra: 1) og‘zaki – bayon (hikoya, tushuntirish, ma’ruza) 2) suhbat 3) kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash 4) ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash 5) kuzatish va tajribalar 6) raqamli materiallar bilan ishlash 7) darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash 8) amaliy usullar. II. Didaktik maqsadlarga ko‘ra: 1) yangi materialni o‘rganish 2) bilimlarni mustahkamlash 3) bilim, ko‘nikma, malakalarni tekshirish usullari. IY. Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo‘yicha (I.Y. Lerner va M.Y.Skatnin bo‘yicha): 1) izohli-ko‘rgazmali usul 2) reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash usuli 3) muammoli bayon 4) qisman izlanuvchan usul 5) tadqiqot usuli. Didaktik S.G. Shapovalenko usullari tasnifi asosida geografiya ta’limi usullarini 3 ta guruhga ajratish mumkin: 1. Og‘zaki usullar 2. Ko‘rgazmali usullar 3. Amaliy usullar. Yuqoridagi barcha usullarni shartli ravishda ikki: “Yangi bilim olish usullari” va “Olingan bilimlarni qayta tiklash usullari”ga ajratish mumkin. Har bir ta’lim usuli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan birlashib turadi. Ko‘pchilik pedagoglar ta’limida faol va sust usullarni ham ajratadilar. Bu unchalik to‘g‘ri yo‘l emas, chunki barcha usullar ham o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish mumkin. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga: xususan o‘quv materialining murakkabligi, nazariy bilimlar hajmi, sinfning darajasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlarni qay darajada bajara olish qobiliyati va hokazolarga bog‘liq. Ayrim usullar o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni, ba’zilari xis-hayajonni rivojlantiradi. Har bir usul ijobiy va salbiy tomonlarga ega. Masalan, hikoya va ma’ruza usullarini qo‘llash shu paytda yaxshi natija beradiki, qachonki o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo‘lsa. Savol-javob usuli bilan dars o‘tish o‘quvchilardan ko‘p vaqt va mahorat talab qilishi bilan birga o‘quvchida ham zarur bilimlar bo‘lishini taqozo etadi yoki muammoli hamda tadqiqot usullarini qo‘llash uni uyushtirish uchun ko‘p vaqt va o‘qituvchilardan kuchli bilim talab etadi. Biror usulni tanlagan paytda albatta o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi e’tiborga olinishi kerak. Ta’lim usullari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda dolzarb vazifalardan biridir. Bir yoki bir necha usulni afzal bilish qiyin. Bunga har tomonlama yondoshish zarur. Ta’limdagi muvaffaqiyatni ta’lim usullari tizimi ta’minlaydi. Usullardan har birining afzallilklari namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sharoitlarni bilish kerak. Ana shunday har tomonlama yondoshishni ishlab chiqish eng istiqbolli yondoshishdir. Ta’lim usullarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi ruhiy-pedagogik, uslubiy va maxsus ilmiy tayyorgarligi namoyon bo‘ladi. Huddi ana shu omillar ta’lim uslublari samaradorligini belgilaydi. Muayyan usul yaxshi tayyorgarligi bo‘lgan o‘qituvchida shu usulning o‘zi salbiy jihatlarini namoyon qiladi. Shu sababli ta’lim usullari samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Usullarni noto‘g‘ri tanlash o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni sust egallashiga sabab bo‘ladi. Geografiya ta’limida xaritalarni, rasmlarni tanlashda izchillikning bo‘lmasligi ham bilimlarning sust o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, VII sinfda “Afrika tabiat zonalari” mavzusida o‘quvchilar “Ekvatorial o‘rmon”, “Savanna”, “Saxro” kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o‘qituvchi o‘quvchilarda yuqoridagi tabiat mujassamalarining tasvirini (ko‘rinishi) o‘quvchilar ko‘z oldida gavdalantirishi, keyin esa uni xaritadagi o‘rni bilan bog‘lab ularda tabiiy-hududiy mujassamalar turli – tumanligi haqida o‘quvchilar zarur bilimga ega bo‘ladilar. Usul tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq: 1. Usul mavzuning mazmuniga to‘g‘ri kelishi kerak; 2. O‘quvchilarning bilish qobiliyatini hisobga olish; 3. Geografik bilimlarning xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Geografik bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: A) geografik voqea va hodisalarni tashqi ko‘rinish haqidagi bilimlar; B) geografik voqea va hodisalarning fazoda joylanishi haqidagi bilimlar; S) geografik voqea va hodisalarni xossalari to‘g‘risidagi bilimlar; D) geografik jarayonlar haqidagi bilimlar; YE) geografik voqealikning tuzilishi haqidagi bilimlar; J) geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar. Bu bilimlarning har biri alohida o‘qitish usullarini qo‘llashni talab qiladi. 4. Qo‘llaniladigan usullar quyidagi talablarga javob berishi kerak: A) usul tarbiyaviy bilishi kerak, ya’ni o‘quvchilarning rivojlanishiga, qiziqishlariga ta’sir ko‘rsatish kerak; B) usul ilmiy bo‘lishi kerak, usul ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi; S) usul ommabop bo‘lishi kerak; D) usul samarador bo‘lishi kerak, ya’ni o‘quv materialini mustahkam egallashga qaratilgan bo‘lishi kerak; YE) ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va uni muntazam o‘rganish kerak. IY. Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo‘yicha (I.Y. Lerner va M.Y.Skatnin bo‘yicha): 1) izohli-ko‘rgazmali usul 2) reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash usuli 3) muammoli bayon 4) qisman izlanuvchan usul 5) tadqiqot usuli. Didaktik S.G. Shapovalenko usullari tasnifi asosida geografiya ta’limi usullarini 3 ta guruhga ajratish mumkin: 1. Og‘zaki usullar 2. Ko‘rgazmali usullar 3. Amaliy usullar. Yuqoridagi barcha usullarni shartli ravishda ikki: “Yangi bilim olish usullari” va “Olingan bilimlarni qayta tiklash usullari”ga ajratish mumkin. Har bir ta’lim usuli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan birlashib turadi. Ko‘pchilik pedagoglar ta’limida faol va sust usullarni ham ajratadilar. Bu unchalik to‘g‘ri yo‘l emas, chunki barcha usullar ham o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish mumkin. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga: xususan o‘quv materialining murakkabligi, nazariy bilimlar hajmi, sinfning darajasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlarni qay darajada bajara olish qobiliyati va hokazolarga bog‘liq. Ayrim usullar o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni, ba’zilari xis-hayajonni rivojlantiradi. Har bir usul ijobiy va salbiy tomonlarga ega. Masalan, hikoya va ma’ruza usullarini qo‘llash shu paytda yaxshi natija beradiki, qachonki o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo‘lsa. Savol-javob usuli bilan dars o‘tish o‘quvchilardan ko‘p vaqt va mahorat talab qilishi bilan birga o‘quvchida ham zarur bilimlar bo‘lishini taqozo etadi yoki muammoli hamda tadqiqot usullarini qo‘llash uni uyushtirish uchun ko‘p vaqt va o‘qituvchilardan kuchli bilim talab etadi. Biror usulni tanlagan paytda albatta o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi e’tiborga olinishi kerak. Ta’lim usullari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda dolzarb vazifalardan biridir. Bir yoki bir necha usulni afzal bilish qiyin. Bunga har tomonlama yondoshish zarur. Ta’limdagi muvaffaqiyatni ta’lim usullari tizimi ta’minlaydi. Usullardan har birining afzallilklari namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sharoitlarni bilish kerak. Ana shunday har tomonlama yondoshishni ishlab chiqish eng istiqbolli yondoshishdir. Ta’lim usullarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi ruhiy-pedagogik, uslubiy va maxsus ilmiy tayyorgarligi namoyon bo‘ladi. Huddi ana shu omillar ta’lim uslublari samaradorligini belgilaydi. Muayyan usul yaxshi tayyorgarligi bo‘lgan o‘qituvchida shu usulning o‘zi salbiy jihatlarini namoyon qiladi. Shu sababli ta’lim usullari samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Usullarni noto‘g‘ri tanlash o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni sust egallashiga sabab bo‘ladi. Geografiya ta’limida xaritalarni, rasmlarni tanlashda izchillikning bo‘lmasligi ham bilimlarning sust o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, VII sinfda “Afrika tabiat zonalari” mavzusida o‘quvchilar “Ekvatorial o‘rmon”, “Savanna”, “Saxro” kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o‘qituvchi o‘quvchilarda yuqoridagi tabiat mujassamalarining tasvirini (ko‘rinishi) o‘quvchilar ko‘z oldida gavdalantirishi, keyin esa uni xaritadagi o‘rni bilan bog‘lab ularda tabiiy-hududiy mujassamalar turli – tumanligi haqida o‘quvchilar zarur bilimga ega bo‘ladilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Qurbоnniyozоv R. “O’zbеkistоn gеоgrаfiyasi” qiziqаrli sаvоl vа tоpshiriqlаr. Tоshkеnt. O’qituvchi, 1997 y. 2. Qurbоnniyozоv R. Eshchоnоv G. “Gеоgаfik mаdаniyatni shаkllаntirish” Urgаnch, 1998 y 3. Qurbоnniyozоv R. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” Urgаnch. 2001 4. Bаrоtаliеv U. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” (mа’ruzа mаtni). Tеrmiz, 2003 y 5. Vаhоbоv H., Zаynutdinоv А. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi”. Tоshkеnt. 2000 y 6. Gеоgrаfiya dаrsliklаri. Tоshkеnt. O’qituvchi. 2005 – 2006 y Download 314.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling