Geografiya ta’limida o’yinlardan foydalanish reja
Interfaol darslar va ularni o‘tkazish usullari
Download 133 Kb.
|
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O’YINLARDAN FOYDALANISH
2.Interfaol darslar va ularni o‘tkazish usullari
Ta’lim jarayonida ta’limiy o‘yinlar texnologiyasi ta’limiy o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning bilim olish faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar ta’limiy o‘yinlar darsi deb ataladi. O‘quvchi hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin: O‘yin orqali shaxsning ma’lum faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi; Kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi; Shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi; Hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi; O‘yin jarayonida ijtimoiy me’yorlarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; Shaxsning ijobiy xislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy - madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi; O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi. O‘qituvchi ta’limiy o‘yinlar darslarini o‘tkazishda quyidagi ta’limiy talablarga amal qilishi lozim: Ta’limiy o‘yin darsi dasturda qayd etilgan ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi; Muhim muammolarga bag‘ishlanishi va ular o‘yin davomida hal qilinishi; 3. Barkamol inson shaxsni tarbiyalash tamoyillariga sharqona odob-ahloq me’yorlariga mos kelishi; O‘yin tuzilishi mantiqiy ketma - ketliqla bo‘lishi; Mazkur darslarda ta’limiy tamoyillarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz ta’limiy o‘yin darslarining tavsifiga qisqacha to‘xtalamiz. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling