Geografiya ta’limida o’yinlardan foydalanish reja


Download 133 Kb.
bet6/7
Sana05.04.2023
Hajmi133 Kb.
#1275304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O’YINLARDAN FOYDALANISH

«Xayoliy sayohat»

Sinf guruhlarga bo‘linadi va har bir guruhga xarita bo‘yicha o‘tkaziladigan sayohat belgilab beriladi. Har bir guruh turli adabiyotlardan foydalangan holda xarita bo‘yicha qilingan sayohat marshrutida uchragan ob’ektlarga tavsif yozadi. Sayohat ma’lum bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Agar hafta ichida guruh a’zolari kam ball olsalar, tartibni buzsa sayohatdan


chetlatiladi, ko‘p ball to‘plagan, tartib intizomli guruh o‘yinni davom ettiradi. Sayohatni turli transportlarda o‘tkazish mumkin. Har bir choraqla sayohatlarning hisoboti tahlil qilinib, «g‘olib guruh» aniqlanadi. Bu o‘yin sinfda o‘zlashtirish va davomatning, intizomning yaxshilanishiga yordam beradi.


«Topografik loto»

10-15 sm kattaliqlagi «loto doskasi» qirqilib unga topografik shartli belgilar chiziladi va ular tagiga raqami yoziladi. 2 x 1 sm kattaliqla «loto toshlari» qirqilib raqamlanadi va shartli belgisi yoziladi. O‘yin vaqtida har bir partaga bittadan yoki ikkitadan «loto doskasi» tarqatiladi. «Loto toshlari» xaltachaga solib qo‘yiladi. Boshqaruvchi xaltachadan «loto toshi» olib undagi shartli belgi nomini o‘qiydi. O‘yin ishtirokchilari esa «loto doskasidan» aytilgan shartli belgini topib qog‘ozcha bilan yopib qo‘yadi. Kim birinchi bo‘lib «loto doskasini» to‘ldirsa, u raqam bo‘yicha tekshiriladi. Agar birinchi to‘ldirgan o‘quvchi xato qilsa o‘yin yana davom ettiriladi. Birinchi va to‘g‘ri to‘ldirilgan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.


Syujetli - rolli o‘yinlar”


O‘rta maktab o‘quvchilarida ijodiy fikrlash, mustaqil bilim egallash ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘zlarida bor bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishda syujetli-rolli o‘yinlarni ko‘pchilik hollarda muhim rolli o‘yinlarni ko‘pincha matbuot konferensiyasi bilan aralashtirib yuborishadi. Har ikkala o‘yinni ta’lim jarayonida qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad bir-biriga monand bo‘lsa-da, ular o‘rtasida katta farq mavjud. Bu holni ta’limda ta’limiy o‘yinlarga yetarlicha tavsif berilmaganligi bilan izohlash mumkin. Shahar daryo bo‘yida joylashgan


O‘yinni turli variantlarda o‘tkazish mumkin. O‘quvchilar shahar yoki daryo nomini aytadi. Uning qo‘shnisi esa daryoyoki shahar nomini aytadi. Masalan, Volga – Volgagrad, Kiev - Dnepr, Samarqand - Zarafshon, Parij - Sena, London Temza va hokazo, sinf guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi guruhlardan biriga savol beradi. Javob to‘g‘ri bo‘lsa o‘quvchi ball oladi. Ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib bo‘ladi. O‘qituvchi doskaga shahar nomini yozadi. O‘quvchi yozma javob beradi. Tez va to‘g‘ri topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. O‘yin paytida xaritaga qarashga ruxsat etilmaydi.





Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling