3. Geografiya darslarida geografik o‘yinlar texnologiyasini qo‘llanishi
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va
«Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni» talablaridan kelib chiqib yangi pedagogik texnologiyalarni darsga tatbiq etish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Pedagogik texnologiyalarga muvofiq darsning maqsadi, davlat buyurtmasiga mos kelishi lozim, darsning maqsadi uning mazmunini belgilaydi. Dars mazmuni dastur bo‘yicha chuqur bilim berilishi o‘qituvchining dars mahoratiga bog‘liq. Beriladigan bilimlar asosida esa ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Davlat buyurtmasiga asosan davr talabi asosida reja, dastur, darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv vositalari ham yangi pedagogik texnologiyalar asosida yangilab boriladi. Dars maqsadi, mazmuniga mos ravishda o‘qitish vositalari hamda dars usuli tanlanadi.
Geografik o‘yinlardan foydalanganda, o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasi.
O‘yin o‘tkazish uzoq, murakkab jarayon, bu quyidagilardan iborat:
Tayyorlov juda uzoq davom etuvchi, javobgarlikni talab etuvchi qism va o‘yin natijasiga ta’sir etadi. Bu qismning asosiy vazifasi - o‘quvchilarni o‘yinning maqsadi, mazmuni, qoidasi, shartlari bilan tanishtirish:
o‘yinni tashkil etish: o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, vazifa olishadi, qoida va o‘yin shartlari asosida dars shaklini belgilashadi;
o‘yinni o‘tkazish yakka yoki guruhlar bilan sinfda ishlash, berilgan vazifani mustaqil bajarish:
o‘yinni tayyorlash va o‘tkazish vaqtida faol bo‘lishga harakat qiling;
o‘z rolingiz uchun qiziqarli material kiritishga harakat qiling;
maslahatlar berilganda o‘z harakatlaringizni boshqa o‘yinchilar harakatlari bilan qanday moslashni aniqlab oling;
ko‘rgazmali qurollar: ilustrasiyalar, xaritalar, chizmalar, tayyorlashga harakat qiling:
o‘yin davomida olib boruvchi va o‘yin qatnashchilarini diqqat bilan kuzating: - diqqat - e’tiborli bo‘ling, do‘stingizning gapini bo‘lmang;
uy vazifangizni aniq bajarishga harakat qiling. O‘z chiqishingizni cho‘zib yubormang;
Javoblarni baholash me’yorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |