Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar r e j a


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1278478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR

Psixologiya-o‘quvchilardagi ruhiy faoliyatining umumiy 
qonuniyatlarini o‘rgansa, uslubiyot esa o‘quvchilarning ruhiy 
faoliyatini o‘rgansa, uslubiyot esa o‘quvchilarning ruhiy 
faoliyatini, ularni geografik narsa va hodisalarni o‘zlashtirishlari 
bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini o‘rganadi. Geografiya 


o‘qitishda o‘quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va 
umuman ruhiy faoliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning 
o‘quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo‘lmaydi. Shu tufayli 
uslubiyot psixologiya fani chambarchas bog‘liqdir. 
O‘quvchilar ongida ekologik bilimlarni shakllantirishda 
predmetlararo aloqa harakteridagi darslar alohida o‘rin tutadi. 
Tajriba-sinov ishlari davomida bunday dars mavzulari 
quyidagicha bo‘ldi: 
1. Shahar va qishloqning ekologik muammolari 
2. Suvdan oqilona foydalanish yoki Orol bo‘yi muammolari 
3. Transport va uning ekologik muammolari 
4. Energetika muammolari 
5. Shamol energiyasidan foydalanish istiqbollari 
6. Chiqitsiz texnologiya 
7. Quyosh, geotirmal suv ko‘tarilishi va qaytish energiyasi 
manbalari va ularda oqilona foydalanish 
8. Kosmosni o‘zlashtirish va uning tabiiy resurslaridan 
oqilona foydalanish 
9. Atom 
energiyasida 
foydalanishning 
ekologik 
muammolari va hokazolar. 
Bunday darslar tizimining asosiy vazifasi “Insoniyat – 
jamiyat-tabiat” orasidagi munosabatlarni ochib berishdan iborat. 


Predmetlararo aloqa asosida o‘quvchilarni geografik 
bilimlar tizimi bilan qurollantirish o‘quv predmetlari 
integratsiyasini joriy etishni taqozo etadi. Shu tufayli so‘nggi 
o‘quv dasturlarida predmetlararo aloqani amalga oshirish 
g‘oyasi yotadi. Darslar mazmuniga ko‘ra turli o‘quv predmetlari 
keng jalb qilinadi. Masalan: 6-sinfda geografiya, biologiya
matematika, 7-sinfda geografiya, fizika, kimyo, biologiya, 8-
sinfda geografiya, fizika, kimyo, biologiya, mehnat, 9-sinfda 
geografiya, tarix, huquq, fizika, kimyo, biologiya, 10-sinfda 
inson va jamiyat, tarix, mehnat, fizika, kimyo, biologiya, 
geografiya predmetlarini ko‘rsatish mumkin. Bunday darslar 
asosida ta’lim predmetlararo ichki aloqa bosqichidan 
predmetlararo tashqi aloqa darajasiga ko‘tariladi. Natijada 
o‘quvchilarda tabiat va inson orasidagi munosabatni 
oydinlashtiruvchi bilimlar tizimi shakllantiriladi. 
Geografiya fanini o‘qitishning hozirgi zamon talab 
darajasiga ko‘tarish uchun uni boshqa predmetlar bilan izchil 
bog‘lab talab etiladi. O‘quvchi o‘z predmeti materiallarini 
o‘rgatish bilan birga o‘quvchilarning boshqa predmetlardan 
olgan bilim va malakalariga tayanishi, ularga boshqa 
predmetlardan olgan ma’lumotlaridan foydalana bilishni 
o‘rgatish zarur. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi boshqa 


predmet dasturlaridan ham habardor bo‘lishi ba’zi masalalarni 
boshqa predmet o‘qituvchilari bilan birgalikda ham qilish lozim. 
Hozirgi kunda o‘qituvchilar oldida mamlakatimiz xalq 
xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini yaratishda kimyo 
industriyasining ahamiyati katta ekanligini o‘quvchi ongiga 
singdirishdek ma’suliyatli vazifa turibdi. 5-sinfdan boshlab 
tabiiyot va geografiya darslarida o‘quvchilar kimyo fani bilan 
ham ilk bor tanishadilar. Jumladan, o‘quvchilarga geografik 
bilimlar berilayotganda Respublikamiz foydali qazilmalari bilan 
tanishtirilayotganda kimyoviy xom ashyo zahiralariga ko‘ra 
dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Hozirgi zamon kimyo 
sanoatining xom ashyo bazasi tubdan o‘zgarayotganligi 
kabilarni o‘qituvchi aytib o‘tadi. 
Tajriba jarayonida maktab kimyo predmetining qator 
mavzularini puxta tushunishlari uchun o‘quvchilar biologiya va 
geografiyadan olgan bilimlarga asoslanishlariga to‘g‘ri keldi. 
Masalan: 7-sinf kimyosida “Suv, asoslar, eritmalar” haqida 
ma’lumotlar berishda, bu bilimlarning “Tabiatda suv, toza 
suvning olinishi va uning fizikaviy xossalari” mavzusini 
o‘rganishda 5-sinf geografiyasida “Quruqlikda suv” mavzusida 
o‘tilgan geografik bilimlardan foydalanishsa maqsadga muvofiq 
keladi. 


Mamlakatimiz hududidagi juda ko‘p va xilma-xil 
boyliklarni o‘quvchilarga tushuntirishda tabiiy xaritadan 
foydalaniladi. Shunday ekan, kimyo darslarida ham xaritadan 
foydanilsa, yanada yaxshi bo‘ladi va dars materiallarini 
tushunish bilan birga o‘quvchilarning geografiyadan olgan 
bilimlari mustahkamlanadi. 
Ushbu mavzu geografiya, kimyo, adabiyot fanlaridagi 
aloqadorlik asosida qarab chiqiladi. Kimyo darslarida ekologik 
materiallardan foydalanish faqat nazariy ahamiyat kasb etmay 
amaliy ahamiyatga ham ega. O‘quvchilarning ekologik meyorlar 
bilan yaqindan tanishishi ularni quyidagi xulosalarga olib keladi: 
O‘quvchilar 
biosferada 
ro‘y 
beradigan 
kimyoviy 
o‘zgarishlardan tabiiy komponentlarning yaxlitligini bilib 
oladilar, ular tajriba paytida sifat va miqdoriy taqqoslashlardan 
foydalanib, 
atrof-muhitning 
parametrlarining 
miqdoriy 
o‘zgarishlariga bog‘liq ekanligini bilib oladi. 
Maktabda o‘tiladigan biologiya fani o‘rganadigan 
obektlarning ayrim sohalari bo‘yicha geografiyaga juda yaqin 
turadi. Bu bir-biriga yaqin fanlar tabiatidagi bir xil hodisa va 
predmet (narsa)larni o‘rganishda o‘ziga xos xususiyatlardan 
foydalanadilar. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling