Geografiyada toponimika


To'rtko'l–Qoraqalpog'istondagi shahar. Ushbu nomning ko'l so'ziga aloqasi yo'q, aslida To'rtko'l–“devor”, “qoldiq do'ng” degani. To'xtag'ul–


Download 403.5 Kb.
bet54/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

To'rtko'l–Qoraqalpog'istondagi shahar. Ushbu nomning ko'l so'ziga aloqasi yo'q, aslida To'rtko'l–“devor”, “qoldiq do'ng” degani.
To'xtag'ul–Qirg'izistondagi shahar va suv ombori. Qirg'iz otini To'qtag'ul Satilg'anov nomiga qo'yilgan.
Uagadugu–shahar, Afrikadagi Burkina-Faso davlati poytaxti. Uagadugu mahalliy mandingo tilidagi so'z bo'lib, Uaga–kishi ismi va dugu–“aholi punkti”, “yashash joyi” degan ma'noni bildiradi.
Uganda–Afrikaning sharqidagi davlat. Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi, 1962-yili mustaqillikka erishgan. Shu hududda eng ko'p tarqalgan xalq–ganda nomi bilan Uganda, ya'ni “ganda xalqi yashaydigan hudud” degan ma'noni bildiradi.
Ufa–shahar, Boshqirdiston poytaxti. Ufa daryosi bo'yida XVI asrda bunyod etilgan. Ufaupa so'zidan olingan bo'lib, “daryocha”, “jilg'a” degan ma'noni beradi.
Ulan–Bator–shahar, Mongoliya poytaxti. Shaharga 1639-yili Urga (“Saroy”, “O'rda”) nomi bilan asos solingan. Mongol tilida ulan–“qizil”, baatar–“bahodir”, “botir”, ya'ni “qizil botir” degani.
Ural–Yevropa bilan Osiyo chegarasidagi meridional cho'zilgan tog' tizmasi. Ushbu nom turlicha izohlanadi: mansi tilida urala–“tog' tomi” degani; xanti-mansilar uni Kev–“qoyatosh”, komilar Iz–“qoyatosh”, neneslar Pach–“qoyatosh” deb atashadi. Yana “o'r”, “jarlik”, “tog' sirti”, “orol”–tekislik o'rtasidagi tog', go'yoki orol ma'nosida.
H. Hasanovning fikricha, Ural–“belbog'” ma'nosida (“o'ramoq” so'zidan olingan). Bu tog'lar quruqlikdagi muayyan chegara, to'siq bo'lganligidan, yerning o'rami, belbog'idek idrok etilgan, shunday O'raltov–“belbog' tog'” deb atalgan.
Janubiy Uraldan Kaspiy dengiziga oqib tushadigan daryo ham Ural deb nomlangan. 1775-yilga qadar daryo Yoyiq deb atalgan. Rossiya tarixida Ye.N.Pugachyov nomi bilan bog'liq dehqonlar qo'zg'alonidan so'ng, ushbu voqeani xalq xotirasidan chiqarib tashlash maqsadida (asosiy qo'zg'alon markazi shu daryo bo'ylari hisoblanganligi uchun) daryo nomi Yekaterina II buyrug'i bilan Ural deb o'zgartirilgan.
Yoyiq qadimgi turkiy tilda «yo-yilib oquvchi», «keng» degan ma'nolarni bildiradi.
Ural daryosi nomi toqqa bog'liq: asl nomi Yoyiq, qozoqcha Jayiq.
Urumchi–shahar, Xitoyning Sinszyan–Uyg'ur avtonom okrugida joylashgan. Urumchi daryosi nomi bilan atalgan va bu nom qurib qoluvchi daryolarga nisbatan ishlatiladi. Qurg'oqchil o'lkalarda daryolar qu-yilish qismiga yetib bormay, qumlarga singib ketadi, buni uyg'urlar o'rim deb atashadi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling