Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet62/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

O'lik dengiz-Isroil va Iordaniyadagi sho'r ko'l. Uning ismi jismiga monand: suvi juda sho'r bo'lganligidan unda hayot yo'q. Shu sababdan «hayotsiz», «jinivorsiz» dengiz deb atalgan.
Dengizning sho'rlik darajasi 260-270‰, ba'zan 300‰ gacha ortadi.
O'rta dengiz-Yevropa, Osiyo va Afrika oralig'idagi dengiz, Grekcha Mediterrano-(«O'rta dengiz»), qit’alar so'zi o'rtasida joylashganligidan shunday atalgan. O'rta Yer dengizi deb atalishi noto'g'ri.
Qadimda G'arbiy dengiz, Katta dengiz, Ichki dengiz Sharq manbalarida Rum dengizi, Shom dengizi, Mag'rib dengizi deb ham atalgan.
G'azalkent-Toshkent viloyatidagi shahar. Asli G'izolkent bo'lib, G'izol-ohu, kiyik turi. G'arbiy Tyanshanda ilgarilari kiyik ko'p bo'lgan. G'azalkent yaqinidagi Bog'iston nomi ham asli Bug'iston. Chotqol etaklaridagi So'qoq nomi ham arabcha «oq kiyik» deb izohlanadi. Xullas, G'azalkent, Bog'iston va So'qoq nomlari «oq kiyik» ma'nosini bildiradi va G'arbiy Tyanshan etaklarida joylashgan har uchala aholi punkti nomlari, qadimda bu yerlarda kiyik, ohu ko'p bo'lganligidan dalolat beradi.
G'azg'on-Nurota tog'laridagi marmar koni. Mahmud Koshg'ariy ushbu nomni «Qazg'an-o'ng'ir-cho'nqir, seryorug' yer. Yerlarning yovuzi-o'ng'ir-cho'nqir yer, chunki o'tov qurishga ham, ekin ekishga ham yaramaydi» deb yozadi. H.Hasanovning fikricha ham shunday: G'azg'on rayonidagi tog' bag'ri qazilib, o'nqir-cho'ng'ir bo'lib qolganligiga asoslanib, uni Qazg'on deb izohlagan ma'qul.
Shampan–Fransiyadagi rayon, provinsiya. U o'zining tokzorlari va vinochiligi bilan mashhur. Fransuzcha shamp–“dala”, “tekislik”, ya'ni “tekis yer” degani.
Toshkent viloyatida ham Shampan qishlog'i bor. Bu qishloq nomi Fransiyadagi Shampan provinsiyasiga qiyoslanib qo'yilgan. Qishloqda uzumchilik rivojlangan va vino zavodi bor.
Shanxay–Xitoydagi yirik shahar. Miloddan avvalgi III asrda shahar o'rnida baliqchilar qishlog'i bo'lgan. Xitoycha Shan–“tog'”, xay–“dengiz”, ya'ni “dengiz bo'yidagi tog'”, “dengiz tepasida joylashgan shahar” ma'nosida.
Shandun–Xitoydagi yarim orol. Shandun provinsiyasi nomidan olingan. Xitoycha Shandunshan–“tog'”, dun–“sharq”, ya'ni “sharqdagi tog'” degani. Provinsiyaning sharqida Syaoshan nomli kichik tog' bor.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling