Geografiyada toponimika


Yurmala–Latviyadagi shahar, 1959-yilda asos solingan. Latishcha yurmala–“dengiz qirg'og'i” degani. Yutlandiya


Download 403.5 Kb.
bet61/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Yurmala–Latviyadagi shahar, 1959-yilda asos solingan. Latishcha yurmala–“dengiz qirg'og'i” degani.
Yutlandiya–Yevropadagi yarim orol. “Yutla yeri” degan ma'noni bildiradi. Yutlar–qadimgi german qabilalaridan bo'lib, yarim orolning shimoliy qismida yashaganlar.
Tog'da yovvoyi olma daraxti ko'p bo'lgani uchun shunday atalgan, deyish umuman xato.
Zair-Afrikaning markaziy qismidagi davlat. Zair (Kongo) daryosi shu davlat hududidan oqib o'tadi, shuning uchun shu nom bilan yuritiladi. 1971-yilga qadar Kongo Demokratik Respublikasi, mustamlaka davrida esa Belgiya Kongosi deb atalar edi. Portugal sayyohlari 1484 yilda Kongo daryosiga kelib, uning qanday nomlanishini mahalliy aholida so'rashganida ular Ndzadzi-«Katta daryo» deb javob berishgan. Portugallar bu so'zni talaffuz etolmay Zair deb qo'ya qolganlar. Zair mamlakati hududida daryo Zair deb ataladi, boshqa davlatlarda esa Kongo deb yuritiladi.
Zambezi-daryo, Zambiya, Angola va Mozambik hududlaridan oqib o'tadi. Dastlabki mahalliy nomi Ambezi bo'lib, «katta daryo», «buyuk daryo» degan ma'nolarni beradi.
Zarafshon-daryo. Tojikiston va O'zbekistondan oqib o'tadi. Tarixiy manbalarda Politimet, Namiq, Rudiy Mosaf, Haramkom, Rudi jarg', Somjan, Vodiy-Ussug'd, Nahrulbuxoro, Daryoyi Ko'hak kabi nomlar bilan tilga olinadi. XVIII asrdan Zarafshon deb yuritila boshlandi.
E.Murzayevning yozishicha, toponimning xalq orasidagi zar-«oltin», afshon-«sotuvchi» (oltin sotuvchi) etimologiyasi haqiqatga yaqindir. Chunki, daryo vohani sug'orishda va dehqonchilik ishlarida muhim rol o'ynaydi. Toponimning bu izohi unchalik ishonchli emas. Zarafshon shahri daryo nomi asosida vujudga kelgan.
Zimbabve-Janubiy Afrikadagi davlat. XIX asr oxirida bu yerlarni zabt etib, mustamlakaga aylantirgan ingliz siyosiy arbobi Sesil Rodze nomi bilan Janubiy Rodeziya, 1980-yilgacha Rodeziya deb atalar edi. Hozirgi nomi XIV-XV asrlardagi tarixiy poytaxt shahar Zimbabve shahri nomiga qo'yilgan. Ko'hna shahar vayronalari-devorlar, minoralar, ibodatxonalar shu kungacha saqlanib qolgan. Zimbabve so'zi mahalliy xalq tilida «tosh imoratlar» degan ma'noni bildiradi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling