Shanxayguan–Xitoyning sharqidagi dengizbo'yi pasttekisligi. Xitoycha bu so'z “tog' bilan dengiz oralig'idagi yo'lak” degan ma'noni anglatadi.
Shvarsvald–Germaniyaning janubi-g'arbidagi tog' tizmasi. Nemischa shvars–“qora”, vald–“o'rmon” degan so'z.
Tog'ning tepasi igna bargli qalin o'rmonlar bilan qoplanganligi uchun shunday atalgan.
Shveytsariya–Shimoliy Yevropadagi davlat. 1291-yili Shveytsariya Konfederasiyasi tashkil etilib, uning asosiy rayonlaridan biri–Shvis davlatning umumiy nomi bo'lib qolgan.
Shvetsiya–Shimoliy Yevropadagi davlat. Nomi sven qabilasi nomidan olingan.
Shelixov ko'rfazi–Uzoq Sharqdagi (qo'ltiq) ko'rfaz. Oxota dengizining shimoli-sharqida Osiyo bilan Amerikaga tutashgan dengiz sohillarini XVIII asr oxirida tekshirgan Georgiy Ivanovich Shelixov (1747-1795) nomiga qo'yilgan.
Irkutsk oblastida uning sharafiga shahar nomi ham atalgan.
Shetlandiya orollari–Buyuk Britaniya orollaridan shimolda joylashgan orollar. IX asrda normannlar tomonidan bosib olingan va ularning ushbu nomni buzib talaffuz qilishlaridan Shotlandiya so'zi Shetlandiya bo'lib ketgan.
Shilka-Amur daryosining chap irmoqlaridan biri. Evenklar tilida shilki-«tor vodiy» degani. Haqiqat ham daryoning quyi oqimida vodiy tor bo'lib, tik daralar hosil bo'lgan.
Shimoliy dengiz–Yevropaning shimoli-g'arbidagi dengiz. Boshqacha “Nemis dengizi” deb ham ataladi. Gollandiya va Germaniyaga nisbatan shimolda joylashganliga uchun shunday atalgan.
Shimoliy Muz okeani–Shimoliy qutb atrofidagi okean; ilgari Atlantika okeanining bir qismi deb hisoblanar va Shimoliy Qutbiy dengiz deb yuritilar edi. XVII-XVIII asrlar davomida Muz dengizi, Murmansk dengizi, Shimoliy dengiz, Tatar dengizi, Shimoliy yoki Muz okeani deb atalgan. Arktikada XIX asrning 20-yillarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan rus dengizchisi, admiral F.P. Litke uni Shimoliy Muz okeani deb atashni taklif etgan. 1935 -yili 27 iyundan boshlab Shimoliy Muz okeani deb alohida okean sifatida ajratilgan. Chunki uning suvi o'z xususiyatlari–harorati, sho'rligi, oqim rejimi, tiniqligi va boshqalarga ko'ra Atlantika okeani suvlaridan farq qiladi.
Endilikda janubiy yarim sharda–Antarktida atrofida beshinchi okean–Janubiy Muz okeani ham ajratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |