Geografiyada toponimika


Cherrapunja–Himolay tog'larining janubiy yonbag'ridagi seryomg'ir shaharcha; “Jilg'alar qishlog'i” degan ma'noni anglatadi. Cherskiy tizmasi


Download 403.5 Kb.
bet65/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Cherrapunja–Himolay tog'larining janubiy yonbag'ridagi seryomg'ir shaharcha; “Jilg'alar qishlog'i” degan ma'noni anglatadi.
Cherskiy tizmasi–Osiyoning shimoli-sharqidagi tog' tizmasi. 1926-1927-yillari mashhur geograf S.V. Obruchev boshchiligidagi ekspedisiya tadqiq etgan. Uzunligi 1500 km gacha cho'zilgan, kegligi 400 km gacha. Sibir tadqiqotchisi, geolog va paleontolog olim Ivan Dementevich Cherskiy (1845-1892) nomiga qo'yilgan.
Chili–Janubiy Amerikadagi, Tinch okean sohillari bo'ylab chizilgan davlat. Indeyeslar tilida chili–“sovuq” degan so'z. And tog'larining tabiati haqiqatan ham shunday.
Chimyon–Chotqol tog'laridagi cho'qqi va dam olish maskani. H. Hasanovning fikricha, Chimyon Chimgan so'zidan olingan bo'lib, chim–“o'tzor”, “shirin ajriq”, “yashil vodiy” ma'nosida, gon esa “suv”, “daryo” degan ma'noda. Chimgan so'zi talaffuzda Chimyon bo'lib qolgan.
Chimkent–shahar, Janubiy Qozog'istonda joylashgan. Shahar ushbu nom bilan XII asrdan ma'lum. Qozoqcha Shimkent bo'lib, “chimli shahar”, “yashil shahar” degan ma'noni bildiradi.
Chita–Rossiyadagi shahar, 1653-yilda asos solingan. Shahar nomi Chita daryosi nomidan olingan. Evenklar tilida chita–“loy”, “balchiq” degani. Daryo vodiysi to'qayzor, o'tloq va pastqam, shuningdek, olib kelgan jinslardan shunday nom olgan.
Chirchiq-O'zbekistondagi daryo, Sirdaryoning irmoqlaridan biri. «Boburnoma»da Chir suvi deb tilga olingan. Chir so'zi gurillagan, burqiragan, tezoqar, sharlovuq, shovullagan holatga nisbatan ishlatiladi. Haqiqatan ham bu daryo tez, ayniqsa, yuqori qismida toshdan-toshga urilib, ko'pirib oqadi. Chiq-qo'shimcha bo'lib, kichiklikni bildiradi. Demak, Chirchiq­-kichkina, lekin shovullab oqadigan suv ma'nosidadir.
Chirchiq shahri nomi daryo nomidan olingan. Yuqori Chirchiq, O’rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarining nomlari shu daryoga nisbatan joylashgan o’rniga qarab nomlangan.
Chogori–Qoraqurum tizmasidagi va dunyodagi eng baland cho'qqilardan biri. Hind-yevropa tillarida “katta tog'” degan ma'noni bildiradi. Ilgari Dapsang (sang–“tosh”, “qoya” ma'nosida), Gorvin-Osten (1857 yilda bu yerda topografik s'yomka o'tkazgan geodezist) deb ham atalgan.
Chorvoq–Toshkent viloyatidagi soylik va aholi punkti. Chorbog'–atrofi devor bilan qurshalgan, har xil mevali bog'. Odatda bunday bog'lar o'rtasida imorat bo'ladi.
Chordara–O'rta Osiyodagi suv ombori, Sirdaryoga qurilgan. U “to'rt jar”, “jar daryo”, “to'rt eshikli xona” deb izohlangan. H. Hasanovning yozishicha, ilgarilari xonlik chegarasidagi qorovulxona–to'rt tarafi devor, chordevor minoralar chordara deb atalgan. Chordara nomi bilan atalgan shahar ham bor.
Chortoq–Namangan viloyatidagi tuman va aholi punkti. Chortoq deb to'rt gumbazli (to'rt toqili) inshoot (ark, qo'rg'on, qorovulxona)ga aytilgan. Qishloq o'rtasida baland ark, qorovulxona bo'lganligi sababli uni Chortoq deb atashgan.
Chotqol-G'arbiy Tyanshandagi daryo. Chotqol Piskom bilan qo'shilib Chirchiq daryosini hosil qiladi. O'zbekiston va Qirg'iziston hududlaridan oqib o'tadi.
Gidronimning ikkinchi qismi qol aslida ko'ldir. Ko'l turkiy tillarda «Irmoq, daryo o'zani» ma'nosini bildiradi. E.Murzayevning yozishicha bu so'z mo'g'ulcha bo'lib, daryo degan ma'noni anglatadi.
Gidronimning chat komponenti ham toponimiyada keng tarqalgan bo'lib, «kichik tepa», «pastak tog'», «yassilanib ketgan bag'ir» degan ma'noda.
Demak, Chotqol-«tog'dan oqib tushadigan», «balanddan oqib tushadigan irmoq» ma'nosidadir.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling