Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yapon orollari
- Yevropa
Yangi Kaledoniya–Tinch okeanning janubi-g'arbiy qismidagi orol. Ingliz sayyohi Jeyms Kuk tomonidan 1774-yili kashf qilingan va Shotlandiyaning lotincha nomi Kaledoniyaga nisbat qilib shunday atagan.
Yanszi-Yevrosiyoning eng uzun daryosi, uzunligi 5800 kmni tashkil etadi. Xitoyda Chanszyan-«uzun daryo» deb ismi-jismiga monand yuritiladi. Katta hududdan oqib o'tganligi uchun, boshqa yirik daryolar singari, turlicha nomlanadi. Tibetda, boshlanish qismida Muruy-Us, yuqori va o'rta oqimida, taxminan 1000 km uzunlik qismida Izinshaszyan ya'ni «oltin qumli daryo» deb yuritilida. Faqatgina quyi oqimida Yansziszyan deb nom oladi. Bu nom shu daryo bo'yida joylashgan Yanszi shahri nomidan olingan. «Yan shahri daryosi», «Okean ko'li», «Ko'ksuv» izohlari ham bor. Yaponiya–Sharqiy Osiyodagi davlat. Qadimgi nomi-Yamato (yamato qabilasi nomi bilan atalgan), IV asrdan boshlab, orollardagi bir necha qabilalar birlashadi. VI–VII asrlardan boshlab yaponlar o'z yurtini Nippon–“quyosh chiqadigan o'lka” (ni–“quyosh”, pon–“mamlakat”), “Sharqiy mamlakat” deb atashgan. Yapon orollari-Tinch okeanning g'arbiy qismida. Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu, Sikoku kabi yirik orollar va bir necha kichik orollardan iborat. Yaunde-shahar, Afrikadagi Kamerun davlatining poytaxti. Bantu qabilalaridan biri-yaunde deb ataladi, shahar ularning nomi bilan atalgan. Yava–orol, Malayya arxipelagidagi, Katta Zond orollaridan biri. Qadimgi hindlarning “Ramayana”sida Yavadvipa–“arpa oroli” tarzida tilga olingan. Hozir indoneziyaliklar Java deb ishlatishadi. Yevropa-qit'a. Osuri tilidagi ereb so'zdan olingan bo'lib, «kunbotar», «qorong'ulik», «g'arb» degan ma'noni beradi. Yellouston-milliy park, AQSHdagi Qoyali tog'larda joylashgan. Ushbu nom Yellouston daryosi nomidan olingan va «sariq toshli daryo» degan ma'noni bildiradi. Daryo kanyoni (darasi) sarg'ish tusli qoyalardan iborat bo'lganligi uchun shunday nomlangan. Yenisey-Sibirdagi buyuk daryolardan biri. Daryo nomi o'zagida evenk xalq termini hisoblangan yene-«katta daryo» yotadi. Keyinchalik mahalliy aholi-keltlar evenk tilidagi bu terminga o'zlarining ses-«daryo» terminini qo'shib Yenises deb atashgan. Ba'zan ayrim turkiy xalqlar Yenasoy («katta daryo») tarzida qo'llashgan. Rus tilida Yenisey ko'rinishida o'rnashib qolgan. York-burun, Avstraliyaning eng shimoliy chekka nuqtasi. 1606-yili gollandiyalik V.Yanszon tomonidan kashf etilgan. 1770-yili ingliz sayyohi Jeyms Kuk tomonidan York burni deb nomlangan. J.Kuk ushbu nomni gersog York sharafiga qo'ygan, bundan tashqari uning o'zi Yorkshir grafligidan bo'lgan. Yukon-Shimoliy Amerikadagi daryo. Katta hududdan oqib o'tadi va turli etnik guruhlar tilida turlicha nomlangan. Shimoliy atabaska hindulari Yukonna-«katta daryo» deb atashadi. Quyi qismida yashaydigan eskimoslar esa Kuikpak deb yuritishadi, buning ma'nosi ham «katta daryo» demadkir. Yura–G'arbiy Yevropadagi tog' tizmasi. Kelt tilidagi yuria–“o'rmon”, “daraxtzor tog'” degan ma'noni anglatadi. Mezazoy erasining yura davri nomi shu so'zdan olingan. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling