Geografiyada toponimika


Xelsinki–shahar, Finlyandiya poytaxti. Shaharga 1550-yilda asos solingan. Xelsing xalqi nomidan olingan. Xibin


Download 403.5 Kb.
bet58/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Xelsinki–shahar, Finlyandiya poytaxti. Shaharga 1550-yilda asos solingan. Xelsing xalqi nomidan olingan.
Xibin–Kola yarim orolidagi tog'lar. Mahalliy xalq–saamlar tilida xiben–“tog'” degan so'z.
Xirosima–shahar, Yaponiyaning Xonsyu orolida joylashgan. Yapon tilida Xirosima–“tekis orol” (xira–“tekis”, sima–“orol”) degan shahar. Daryo deltasida joylashgan.
Xitoy–Dunyodagi eng yirik davlatlardan biri. Nomi mamlakatning shimolidagi kidan qabilasi nomidan olinib, bizda Xitoy shaklida talaffuz etish va yozish odat tusiga kirgan. Mamlakatning ayrim qismlari Chin, Chin-Mochin, Tabg'och ham deyilgan. G'arbiy Yevropada Xina, Shina, Chayna nomi bilan yuritiladi. Xitoyning mahalliy aholisi esa Chjunxua Jenshen Gunxego deb ataydi.
Xobart–shahar, Avstraliyaning Tasmaniya shtati ma'muriy markazi. 1804 yilda asos solingan, 1881-yildan britaniyalik mustamlakachi Xobart ismi bilan atalib kelinadi.
Xokkaydo–Yapon orollaridan biri. “Shimoliy yer”, “Shimoliy dengiz yo'li” degan ma'noni bildiradi.
Xongxa–Xitoy va Vetnamdagi daryo. Vet tilida “qizil daryo” degani. Musson yomg'irlari yoqqan paytda daryo to'lib-toshib oqadi va qirg'oqlaridagi qizg'ish tusli tog' jinslarini yemirib, olib ketadi. Shuning uchun mahalliy aholi Xongxa–“qizil daryo” deb ataydi.
Xonsyu–Yapon orollaridan biri. Yapon orollaridan eng kattalari–Xonsyu (Xondo), Kyusyu, Sikoku va Xokkaydo nomlari mamlakat hududi mahmuriy birliklarga bo'lingan paytda paydo bo'lgan. Ularning har biri provinsiya yoki tarixiy o'lkalarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan.
Xonsyu–“Ulug' yer”, “Asosiy yer”, “Katta orol” degan ma'noda. Boshqacha Xondo deb ataladi.
Xontangri–Tyanshan tizmasining baland cho'qqilaridan biri. Tizmaning asl, mahalliy nomi Tangritog' bilan bog'liq bo'lib, “Tangritog'ning xoni”, ya'ni eng baland nuqtasi ma'nosini anglatadi va “Osmon xokimi” deb izohlanadi.
Xorazm–Amudaryoning quyi oqimidagi voha. Bu nomning lug'aviy ma'nosi haqidagi fikrlar juda ko'p. Uni “go'sht va o'tin”, “pastlik yer”, “hosildor yer”, “yomon yer”, “urushqoq yer”, “seroftob yer”, “yaxshi qurshalagan yer” deb izohlashadi. S.P. Tolstov uni atroflicha o'rganib: “Mamlakatlarning qadimiy nomlari aksar hollarda etnik guruhlar–xalq, qabila nomi bilan bog'liq, bu ismlar esa afsonalardan olingan”, demak, XorazmXvafri zamini, ya'ni “Xvafri qabilasining yeri”, “quyosh xalqi yeri” ma'nosida bo'lishi mumkin”, deydi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling