Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuyamoyin
Turon pasttekisligi-O'rta Osiyo va Qozog'istondagi pasttekislik. Qadimda Kaspiy dengizidan Tyanshangacha, To'rg'ay platosi va Qozog'iston past tog'laridan Kopetdog' etaklarigacha bo'lgan yerlar Turon, mahalliy aholi turlar deb atalgan. Turon-«turlar yeri» ma'nosida.
Turin-Italiyadagi shahar, mahalliy taurin xalqi nomidan olingan. Turku-Finlyandiyadagi shahar. Shvedlar tomonidan 1157-yili asos solingan va Abo («suvli joy») deb nomlangan. Turku nomi esa torg so'zidan olingan bo'lib, «savdo» ma'nosini bildiradi. Tuyabo'g'iz-Ohangaron daryosi bo'yidagi joy, suv ombori. Suv omborini «Toshkent dengizi» deb ham atashadi. H.Hasanov ma'lumotlariga ko'ra, Tuyabo'g'iz-«tuya xalqumi» deyish xato, chunki bo'g'iz so'zi-xashak, bo'g'iz bermoq-«yedirmoq» ma'nosida bo'lib, tuya bo'g'iz-«tuya yeydigan o't» demakdir. Toponim aslida xashar so'zidan olingan. Tuyamo'yin-Amudaryoning quyi oqimidagi tor, qisiq joyi. Tog', daryo va qumlik joylarning tor qismi-yo'lagi «tuya mo'yin» deb atalgan. Tuyaning qing'ir va ingichka bo'yniga o'xshatilgan bo'lsa kerak. Tuyatortar-Zarafshondan Jizzaxga tortilgan kanal. Bu-kanal qurilishida transport sifatida asosan tuyadan foydalanilganidan dalolatdir. Tyumen–G'arbiy Sibirning eng ko'hna shaharlaridan biri. Eski nomi Chingi-Tura. Tuman–turkiy xalqlarda ulus, o'lka, viloyat degani. Shuningdek, “o'n ming”, ya'ni 10 ming (otlik askar) sonini ham bildirgan. Shaharning nomi “viloyat”, “o'lka” ma'nosidagi tuman so'zidan kelib chiqqan. Tyanszin–Xitoydagi shahar. XIII asrgacha baliqchilarning Chjigu nomli shaharchasi bo'lgan. Keyinchalik Xaybin deb nomlangan. XV asrdan boshlab Tyanszin–“muqaddas poytaxt” (xitoycha tyan-“muqaddas”, szin–“poytaxt”) deb yuritiladi. Tyanshan–Osiyodagi yirik tog' sistemasi. Dastlab Tangritog' deb atalgan. Lekin bu tog' sistemasining umumiy nomi bulib, mahalliy aholi–o'zbeklar, qirg'izlar, qozoqlar, uyg'urlar Tyanshan yoki Tangritog' o'rniga har bir tog' tizmasining nomini–Chotqol, Qurama, Talas Olatovi, Kungay Olatovi, Terskay Olatovi, Ketmontog', Xoliqtog', Qorlitog' va h.k. alohida nom bilan ataydilar. Qadimgi turkiycha nom Tangritog'ni xitoylar o'zlariga monand tarjima qilib, Tyanshan (tyan–“osmon”, shan–“tog'”) shaklini yaratgan. Tangri so'zi faqat “xudo” ma'nosidagina bo'lmay, uning “osmon”, “muqaddas”, “ulug'”, “keng” ma'nolari ham bor. Demak, mazkur tog'lar o'zining bahaybatligidan shunday nom olgan. To'ytepa-Toshkent viloyatidagi shahar. Ushbu nomning “to'y”–ruscha svadba so'ziga mutlaqo aloqasi yo'q. H. Hasanovning fikricha, kulollar sopol buyum tayyorlaydigan loy ham to'y deyiladi, shunga asoslanib, “sopol gil” deb izohlash mumkin. Lekin Mahmud Koshg'ariy boshqacha izohlagan: “to'y”–askarlarning turar joyi. Xonto'y–xon askargohi. Shunga asoslanib, To'ytepa–“qal'atepa”, “qo'rg'ontepa”, “lashkartepa” ma'nosida bo'lishi mumkin. To'palang–Surxondaryo viloyatidagi daryo va qishloq nomi. “To'palang” so'zining bir qancha izohlari bor: “chang va yomg'ir”, “qattiq shamol”; “qo'ylar ofati”; “qo'ylarning ko'zi tinib, halok bo'lish hodisasi”. H. Hasanovning fikricha, oxirgi ikki izoh juda o'rinlidir. O'sha daryo vodiysi haqiqatan ham chuqur darali jarlik, so'qmoq yo'llari xatarli bo'lganligidan qo'ylar podasi sirg'anib, jarlikka yiqilgan, qirilib ketgan. To'palang nomi kelib chiqishiga shu hodisa sabab bo'lgan. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling