Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet8/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Ilgargi nomi

Hozirgi nomi

Leningrad

Sankt-Peterburg

Kalinin

Tver

Gorkiiy

Nijniy Novgorod


Kuybishev

Samara

Sverdlovsk

Yekaterinburg

Jdanov

Mariupol

Selinograd

Ostona

Krasnovodsk

Turkmanboshi

Chorjo'y

Turkmanobod

Ribache

Baliqchi

Prjevalsk

Qorako'l

Jambul

Taraz

Kommunizm ch.

Somoniy ch.

Gurev

Atirau

Aktyubinsk

Oqto'ba

Shevchenko

Oqtov

Kushka

Sarxatobod

Toponimika va terminologiya

Toponimlarni o'rganish avvalo teminlarni o'rganishdan boshlanishi lozim, chunki har bir joy nomi asosida geografik terminlar yotadi. Geografik terminlar toponimlar (joy nomlari) tarkibida ishtirok etadi va uning (ob'yektning) turini belgilab beradi. Bunday terminlar toponimik terminlar (topoterminlar) deb yuritiladi.


Dunyodagi ko'p joy nomlari tarkibida ma'nosi jihatdan bir xil bo'lgan terminlar ishlatiladi, faqat turli tillarda turlicha jaranglaydi.
Masalan, reka, missi, rio, river, yoki, xe-hammasi “daryo” degan ma'noni beradi.
Shuning uchun H. Hasanov “... bordi-yu 10 tacha asosiy tilni biladigan kishi kartadagi nomlarni shu tillarga tarjima qilib o'qisa, aksari shahar, tog', daryo va ko'llarning nomlari deyarli bir ma'noda ekanligini ko'rib, hafsalasi pir bo'lar edi”, deb aytgan edi.
Joy nomlari tarkibida qo'llaniladigan terminlar aksariyat hollarda xalq (mahalliy) terminlari hisoblanadi.
Toponimlar tarkibida ishlatiladigan geografik terminlarni ifodalayotgan ob'yekt turlariga ko'ra geografik o'rinni bildiruvchi, landshaftni, relefni, suv ob'yektlarini, tog' jinslarini (litologiyani), o'simlik va hayvonot dunyosini, iqlimni, tuproqning turini bildiruvchi terminlarga bo'lish mumkin.
Quyida turli tillarda joy nomlari tarkibida ko'p qo'llaniladigan geografik terminlar keltirildi.
Relefni bildiruvchi geografik ob'yektlar nomida tog', tepa, qir, dovon, bel, chuqur, jar, yozi, kungay, tarskay, ort, oshuv, qopchig'ay (dara), qoratov, qurum, ayrim boshqa tillarda maunt, shan, lin, serra, monte, jabal, ko'h va boshqa terminlar ko'p qo'llaniladi.
Suv ob'yektlari nomlari tarkibida arashon (arason–issiq buloq), arna, ariq, buloq, guzar, daryo, duob, yop, idil, kom, qo'l (irmoq), ko'l, pul (ko'prik), qayir, qorasuv, quduq, hovuz va boshqa terminlar ko'p ishlatiladi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling