Geografiyada toponimika


Betbahdala-Qozog'istondagi dasht. Betbakdala «Badbaxt dala» so'zining o'zgargan shaklidir. Qozoqcha «botqoqdala» deb izohlanishi noto'g'ri. Bobilmandob-


Download 403.5 Kb.
bet16/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Betbahdala-Qozog'istondagi dasht. Betbakdala «Badbaxt dala» so'zining o'zgargan shaklidir. Qozoqcha «botqoqdala» deb izohlanishi noto'g'ri.
Bobilmandob-Arabiston yarim orolining janubi-g'arbi va Afrika oralig'idagi, Qizil va Arabiston dengizlarini tutashtirib turuvchi bo'g'oz. Arab tilida bob-«darvoza», mandab-«yig'i», «ko'z yoshi» so'zlaridan tashkil topgan. Uni «xatarli bo'g'oz» deb ham talqin qilinsa o'rinli bo'ladi, chunki bo'g'ozdagi marjon poliplari va orolchalar kema qatnovi uchun xatarlidir.
Boltiq dengizi-Shimoliy Yevropadagi, Atlantika okeanning ichki dengizlaridan biri. Aslida Baltika bo'lib, uning ma'nosi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Qadimgi yunon va rim mualliflari asarlarida Baltiya nomi uchraydi. G'arbiy yevropalik olimlarning asarlarida XI asrdan boshlab Baltika dengizi nomi uchraydi. Ko'pchilik bu nomni lotincha baltes-«oq» (dengiz qirg'oqlari oq qumlar qoplangan) so'zidan olingan, deb hisoblaydi.
Bolqon-Yevropaning janubidagi yarim orol. Yarim orolning shimoliy sharqiy qismida Stara-Planina tog'lari bo'lib, uning avvalgi nomi Bolqon tog'laridir. Turkiy tillarda balkan, balxan-«tog'», «tog'li yer» yoki «baland tog'» ma'nosini beradi. Ushbu tog' nomi keyinchalik yarim orol nomiga o'tgan.
Bosfor-Qora dengizdan O'rta dengizga o'tiladigan bo'g'oz. Bosfor grekcha «buqa» degan ma'noni beradi. Qadimda shu bo'g'ozdan suzib o'tadigan kemalarning egalari boj uchun qoramol to'lashgan. Shuning uchun Bosfor-«buqa to'lanadigan bo'g'oz» deb nomlangan. Turkiyada Bo'g'oz, Istanbul bo'g'ozi, Qora dengiz bo'g'ozi, Marmara bo'g'ozi deb ham ataladi.
Brazzavil-shahar, Kongo davlatining poytaxti. Fransuz dengiz ofiseri Savornyan de Brazza sharafiga qo'yilgan bo'lib, «vil»-shahar, ya'ni «Brazza asos solgan shahar» degan ma'noda.
Braziliya-Janubiy Amerikadagi davlat. Brazil daraxti nomidan olingan. Daraxtdan bo'yoq uchun ishlatiladigan suyuqlik olinadi va bu xom ashyo mustamlakachilikning dastlabki yillarida asosiy eksport mahsuloti bo'lgan. Shuning uchun ushbu daraxt nomi davlat nomiga o'tgan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling