Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dushanbe
- Egey dengizi
- Elba (Laba)
Dunay-Yevropadagi eng uzun daryolardan biri. Germaniya, Avstriya, Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya, Serbiya, Ruminiya, Ukrania davlatlari hududlaridan oqib o'tib, Qora dengizga quyiladi. Ulkan huddan oqib o'tganligi uchun turlicha nomlanadi, lekin daryo nomi o'zagida qadimgi skifliklar tilidagi dan, don-«daryo» yotadi. Bu terminlardan yana Don, Dnepr, Dnestr daryolari nomlari ham hosil bo'lgan. Ayrim qadimgi yunon manbalarida daryoning quyi qismi istr-«kuchli suv oqim», «oqim» degan ma'nolarda ishlatilgan.Dushanbe-shahar, Tojikiston poytaxti. 1925 -yili asos solingan, dushanba kunlari bozor bo'lgan va shuning uchun Dushanbe deyilgan. Ebro–Ispaniyadagi daryo. Iber xalqi nomidan olingan. Qadimda butun Pireneya yarim oroli Iberiya deb atalgan. Efiopiya–Afrikadagi davlat. Ilgarigi nomi Habashiston. Grekcha nomi Aytopiya, ya'ni aytos–“oftobda kuygan”, ops–“yuz”, “bet” degan so'z. “Yuzi kuygan”, “Oftobda kuygan”, “qora tanli” (kishilar mamlakati) ma'nosini anglatadi. Egey dengizi–Gresiya va Turkiya oralig'idagi dengiz. Ushbu nomning kelib chiqishi haqida ikki xil qarash mavjud: Iskandar Zulqarnayn davrida qadimgi Yunoniston poytaxti Egey shahri bo'lgan. Dengiz shu poytaxt shahar nomi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. O'rta asrlarda dengiz Arxipelag (grekcha arxi–“asosiy”, pelagos–“ochiq dengiz”), ya'ni “asosiy dengiz” deb atalgan. Uning orollari ko'p bo'lgan va ushbu dengiz nomi geografik terminga aylangan, deb taxmin qiluvchilar ham bor. Ekvador–Janubiy Amerikadagi davlat. Miloddan avvalgi I ming yillikda mahalliy indeyeslarning kutu qabilasi Kutu davlatini barpo etishgan. XVI asrdan bu yerlarni ispanlar bosib ola boshlashgan. 1830 yilda esa mustaqil davlat barpo etilib, uni Ekvador deb nomlashgan. Mamlakat hududining shimolidan–Kito shahri yaqinidan ekvator chizig'i kesib o'tganligidan shunday atalgan. Ekibastuz–Qozog'istondagi shahar. Shu yerdagi toshko'mir koni asosida vujudga kelgan. Ushbu nom shaharga yaqin yerdagi Ekibastuz ko'li nomidan olingan. Qozoqcha yeki–“ikki”, bas–“bosh”, tuz–“tuz ko'li” ma'nosini bildiradi. Elba (Laba)-Yevropadagi Shimoliy dengizga quyiluvchi daryo. Dastlab qadimgi rim yozma manbalarida Albis shaklida tilga olingan. Elba nemischa bo'lib, Laba uning slavyancha o'zgargan shakli, «oq daryo» degan ma'noni bildiradi. Elbrus–Katta Kavkazdagi baland tog'. Arabcha Alburuz–“tik qoya”, eroncha Albors–“baland tog'”, turkiycha Yolbuz–“muzli yol” deb ataladi. Hind-yevropa tillarida alb–“tog'” demakdir. Demak, yuqoridagi izohlarning barchasi “tog'”, “qoya” degan ma'nolarni beradi. Elburs–Eronning shimolidagi tog'lar, Kaspiy dengizining janubida joylashgan. XIX asrda Elborus deb atalgan. Ushbu nom negizida ham hind-yevropa tillaridagi alb–“tog'” so'zi yotadi. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling