Geografiyada toponimika


Erebus–Antarktidaning Ross yarim orolidagi vulkan. 1841 -yili ingliz sayyohi Ross ekspedisiyaning kemasi nomi bilan atalgan. Eri


Download 403.5 Kb.
bet20/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Erebus–Antarktidaning Ross yarim orolidagi vulkan. 1841 -yili ingliz sayyohi Ross ekspedisiyaning kemasi nomi bilan atalgan.
Eri–Shimoliy Amerikadagi ko'l, Buyuk ko'llardan biri. Indeyes qabilasi eri nomidan olingan.
Eritreya–Afrikadagi yosh, mustaqil davlat. Qizil dengiz bo'yida joylashgan. Ilgari Efiopiya tarkibidagi viloyat bo'lgan. Eritreya Qizil dengizning grekcha nomidan olingan (grekcha Eritr–“Qizil dengiz” demakdir).
Etna–Italiyaning Sisiliya orolidagi vulkan. Grekcha etna–“alanga” degan so'z.
Eyr–Avstraliyadagi ko'l. 1840-yilda Avstraliyaning g'arbiy va sharqiy qismlari oralig'ida quruqlikdan yo'l ochgan ingliz sayyohi Eyr nomiga shunday nomlangan.
Farg'ona vodiysi–O'rta Osiyodagi yirik tog' vodiylaridan biri. Farg'ona nomining bir necha izohlari bor. Lekin haqiqatga yaqini qadimgi tojik tilidagi pargana–“berk vodiy” degan ma'noni beradi, ya'ni “har tarafi tog', bir tomoni ochiq bo'lgan vodiy” ma'nosida. Ammo Pomirdagi rushon shevasida parkana so'zining “to'g'on” ma'nosi ham bor ekan.
Farg'ona bilan bog'liq shahar, tuman va boshqa ko'p ob'yektlar atalgan.
Filadelfiya–AQShning Atlantika sohillaridagi yirik shahri. 1682-yili dindorlar tomonidan asos solingan. Filadelfiya diniy ma'no anglatib, “Birodarlik muhabbati shahri” deb izohlanadi.
Finlandiya–Shimoliy Yevropadagi davlat. Finlandiya aholisi o'z yurtini Suomi deb ataydi. Fin tilida suo–“botqoq”, ya'ni “botqoqlar o'lkasi”. Shved tilida Finland deb ataladi. Qadimgi skandinaviyaliklar tilida fin–“ovchi” degan ma'noni bildiradi. Shvedlar “ovchilar” deb finlarni aytishadi, shuning uchun Finlandiya–“finlar yeri”–mamlakati degan ma'noni beradi.
Florida–Shimoliy Amerikadagi yarim orol va shtat nomi. 1513-yili Xuan Ponse de Leon boshchiligidagi ispan ekspedisiyasi katoliklarning “gul Pasxa” bayrami kuni ilk qadam qo'ygan. Shuning uchun ispancha Florida–“guliston”, “ko'kalamzor” deb atalgan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling