Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fudziyama
- Gavayi orollari
Frans-Iosif Yeri–Shimoliy Muz okeanidagi orollar. XIX asr oxirida Avstriya-Vengriya ekspedisiyasi bu orollarni kashf etib, o'sha vaqtdagi imperator Frans-Iosif nomi bilan atagan.
Friz orollari–Shimoliy dengizdagi orollar. German qabilalaridan bo'lgan frizlar nomi bilan bog'liq. Fritaun–Afrikadagi Serra-Leone davlatining poytaxti. Sobiq qullar tomonidan 1787-yilda asos solingan va inglizcha fri–“ozod”, taun–“shahar” so'zlaridan Fritaun nomi paydo bo'lgan. Fransiya–G'arbiy Yevropadagi davlat. “Franklar mamlakati” degan ma'noda. V-VI asrlarda franklar Galliya yerlarini bosib olib, Franklar davlatini barpo etishgan va keyinchalik u kengayib Fransiya deb nomlangan. Farangiston deb atalishi umuman noto'g'ri. Fudziyama–Yaponiyaning Xonsyu orolidagi vulkan. Yaponcha “Ulug' tog'”, “Abadiy tog'” degan so'z. Fudziyama Yaponiyaning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Gavana-shahar, Kuba poytaxti. 1514-yili Kuba orolida shahar barpo etilib, uni Xristofor Kolumb sharafiga San-Kristabal (ispancha «Avliyo Xristofor») deb nomlashgan. Keyinchalik shaharning dastlabki o'rni o'zgarib, yangi shaharni San-Kristobal de-Gavana deb atashgan. Bora-bora Gavana bo'lib ketgan. Gavana so'zi savanna terminidan olingan, deb tahmin qilinadi. Gavayi orollari-Tinch okeanning markaziy qismidagi orollar to'dasi. Ingliz sayyohi Jeyms Kuk tomonidan 1778-yili kashf etilgan. Arxpelagdagi har bir orol o'z nomiga ega. Jeyms Kuk butun orollar to'dasini Sandvichev orollari (admiral lord Sandvichev nomiga) deb nomlagan. Orollardan eng kattasi Gavayi deb nomlanganligi uchun keyinchalik butun arxipelag Gavayi orollari deb nomlanadigan bo'ldi. Gavayi-mahalliy xalq shevasidagi gavaiki-«orol», «quruqlik» degan ma'nolarni beradi. Gaiti-orol va davlat. Karib dengizida joylashgan. Orol 1493-yili X.Kolumb tomonidan kashf etilgan va Espanola-«Ispaniya oroli» deb nomlangan. Lekin mahalliy xalq tilida Axiti-«tog'li», «qoyali», yana bir boshqa karib xalqlari tilida esa Kiskeya-«katta yer» degan ma'nolarni beradi. Galapagos-orollar to'dasi, Janubiy Amerikaning g'arbida, ekvator yonida joylashgan. Ispancha galapago-«toshbaqa» degani, orollarda ulkan toshbaqalar yashaydi, shuning uchun shunday nomlangan. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling