Geografiyada toponimika


Missisipi-AQShdagi eng yirik daryolaridan biri. Hindular tilida missi-«ulug'», sipi-«daryo», ya'ni «ulug'», «katta daryo» degani. Murrey-


Download 403.5 Kb.
bet29/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Missisipi-AQShdagi eng yirik daryolaridan biri. Hindular tilida missi-«ulug'», sipi-«daryo», ya'ni «ulug'», «katta daryo» degani.
Murrey-Avstraliyadagi daryo. 1824-yili kolonistlar-Yum va Xovell tomonidan kashf etilgan va avvaliga Yuma daryosi deb nomlangan. 1829-yili avstraliyalik sayyohlar tomonidan o'rganilib, mustamlakachi Jorj Murrey sharafiga Murrey deb nomlangan.
Murg'ob-Tojikistondagi daryo. Bartang daryosining chap irmog'i. Turkmanistondan ham oqib o'tadi. Murg'-«qush» va ob-«suv» so'zlaridan yasalgan, ya'ni «qush suvi». Ba'zilar Murg'obi «o'rdak» degan etimologiyasini keltiradilar. V.A.Nikonov Murg'ob gidronimini «chegaradagi daryo» deb izohlaydi. E.M.Murzayevning fikricha Marg' «o'tloq», Murg'ob so'g'd tilidagi Marg' o'zagi bilan bog'lash ancha ishonchlidir, deb hisoblaydi.
Mo'ynoq-Qoraqalpog'istondagi shahar. Bu nom mo'yin-«bo'yin», oq aslida ak-«kichik» so'zlaridan yasalib, «kichik bo'yin», «bo'yincha», «yarim orol» degan ma'noni bildiradi. Shahar Orol dengizining janubiy sohilidagi yarim orol yaqinida barpo etilgan edi.
Mo'yinqum-O'rta Osiyodagi cho'l. Mo'yin—«bo'yin» va qum so'zlaridan yasalib, uzunasiga 500 km masofada Chuv va Talas daryolari oralig'ida cho'zilib yotganligi uchun shunday atalgan.
Myunxen-Germaniyadagi yirik shahar. Hozirgi shahar o'rnida XI asrda ibodatxona bo'lgan. Shahar nomi munich-«monax» so'zidan kelib chiqqan.
Namangan-shahar, Namangan viloyatining ma'muriy markazi. Shahar nomi turlicha izohlanadi: Namakkon-«tuz koni», Nomiygan-«aziz va nomdor kishilar shahri», namang-«marjon», shundan Namangan-«marjon koni».
H.Hasanov gon shaklini «suv», «daryo» deb tahmin qilib, Namakgon-«sho'rsuv», «mineral suv», «moyli suv» (neft) deb izohlaydi va Naman asosi biror etnonimga (nayman) bog'liq bo'lishi ham ehtimol, deb hisoblaydi.
Namib-Afrikaning janubiy-g'arbiy qismidagi qurg'oqchil yer, cho'l. Mahalliy xalq tilida «hech narsasiz yer», ya'ni «bo'm-bo'sh yer» degan ma'noni bildiradi. Haqiqatan ham shunday-suvsiz, daraxtsiz, baland qum barxanlaridan iborat yerlardir.
Namibiya davlati nomi shundan olingan. Namibiya 1884-yildan 1968-yilgacha Janubiy-G'arbiy Afrika deb yuritilar edi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling