Geografiyada toponimika


Kalaxari-Janubiy Afrikadagi cho'l. Mahalliy xalq tilida «mayda shag'alli-qumli joy» degan ma'noni bildiradi. Kale-


Download 403.5 Kb.
bet26/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Kalaxari-Janubiy Afrikadagi cho'l. Mahalliy xalq tilida «mayda shag'alli-qumli joy» degan ma'noni bildiradi.
Kale-Fransiya qirg'og'idagi shahar, ya'ni «Kale shahri yonidagi yo'lak, bo'g'oz» degan ma'noni bildiradi. Ushbu bo'g'ozning Angliya qirg'og'ida Duvr shahri bo'lib, inglizlar bo'g'ozni Duvr bo'g'ozi deb atashadi.
Kalimantan-Malayya arxipelagidagi yirik orol. Indoneziya, Malayziya va Bruney davlatlari joylashgan. Malayya xalqlari tilida Kalimantan-«mango daraxti o'lkasi» demakdir.
Kama-daryo, Volga daryosining chap irmog'i. Udmurt tilidagi kom-«katta suv» so'zidan olingan.
Kamerun-G'arbiy Afrikadagi davlat va vulkan nomi. Shu yerdagi Rio-dos-Kamarones-«qisqichbaqalar daryosi» nomidan olingan. Ushbu nom XV asrda portugaliyalik sayyohlar tomonidan qo'yilgan bo'lib, keyinchalik Kamerun deb ataladigan bo'lgan.
Kamchatka-Uzoq Sharqdagi yarim orol. XVII asr o'rtalarida shu yerlarda bo'lga kazak Ivan Ivanovich Kamchatiy nomi bilan bog'liq. Yana boshqa tahminlarga ko'ra, koryaklar dostonidagi Kamchatoy nomi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Lekin yakutcha kamche-«chilim», «vulkan alangasi» ma'nosida bo'lishi ham mumkin ekan.

Kanada-Shimoliy Amerikadagi davlat. Mahalliy indeyeslar «to'p-to'p chayla», «ovul»ni kanata deb atashadi. Fransuz kolonistlari shu yerdagi dastlabki qishlog'ini Kanata (Kanada) deb nomlashgan. Keyinchalik ushbu nom kichik hududga, so'ngra butun mamlakatga yoyilgan.


Kara dengizi-Shimoliy Muz okeanidagi dengizlaridan biri. Shu dengizga quyiladigan Kara daryosi nomidan olingan. Daryoning o'zi nenescha xarayaga-«egri suv», «jarlik» deyiladi, chunki u chuqurlikda ilonizi bo'lib oqadi.
Karakas-shahar, Venesuela poytaxti. Shahar nomi karaka degan qabila nomidan olingan va ispancha ko'plik belgisi – s qo'shilgan.
Karib dengizi-Markaziy Amerikadagi dengiz. Indeyeslarning karib qabilasi nomidan olingan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling